10-ma’ruza Mavzu: Manometrik va termoelektrik termometrlar. Nurlanish pirometrlari. Reja
- rasm. Termoelektr zanjirlar: a - termometrni o‘lchov asbobiga ulash
Download 0.8 Mb.
|
13-Maruza tayyor
10.3- rasm. Termoelektr zanjirlar: a - termometrni o‘lchov asbobiga ulash;
b -termobatareya; v - differensial termometr. termometr hosil qiladigan TEYK lar ham teng bo‘ladi. Bunday holda termometrdagi zanjir toki nolga teng bo‘ladi, chunki qarama-qarshi ulanganda bir termoparaning TEYKi boshqa termoparaning TEYKi bilan kompensatsiya qilinadi va o‘lchov asbobi nolni ko‘rsatadi. Agar va temperaturalar turlicha bo‘lsa, u holda qaysi temperatura yuqori bo‘lishiga qarab, temperaturalar farqiga proporsional bo‘lgan zanjir toki biror yo‘nalishda oqadi, buni o‘lchov asbobi ko‘rsatadi. Termoelektr materiallar va termoelektr o‘zgartkichlar Turli o‘gkazgichlarning ixtiyoriy jufti termoelektr o‘zgartkichni tashkil etishi mumkin, ammo har bir juftlik ham amalda qo‘llanishga yarayvermaydi. Zamonaviy o‘lchash texnikasi termoelektr o‘tkazgichlar tayyorlanadigan materiallarga ko‘pdan-ko‘p talablar qo‘yadi, ammo bu talablarni juda kam sonli matershllargina kondiradi. Asosiy talablar quyidagilardan iborat: yuqori temperaturalar ta’siriga chidamlilik, TEYK ning vaqt bo‘yicha o‘zgarmasligi, uning iloji boricha katta qiymatga ega bo‘lishi va temperaguraga bir qiymatli bog‘liqligi, qarshilik temperatura koeffitsiyentining katta bo‘lmasligi va katta elektr o‘tkazuvchanlik. Barcha materiallar va qotishmalar uchun TEYK ning temperaturaga funksional bog‘liqligi murakkab bo‘lib, uni analitik ifodalash ancha qiyin. Platinorodiy-platina jufti bundan istisnodir. Bu juftlik uchun TEYK bilan temperatura orasidagi bog‘lanish 300° dan gacha bo‘lgan oraliqda sovuq ulanma temperaturasi bo‘lganda yetarlicha aniqlikda parabolaga mos keladi: (6.12) bunda a, b va s surma (630,5°С), kumush (960,8°С) va oltin (1063,0°С) larning qotish temperagurasi bo‘yicha aniqlanadigan doimiylar. Metall termoelektrodli termoelektr termometrlarning quyidagi turlari qo‘llanadi. Ularning xarakteristikalari 6.1-jadvalda keltirilgan. Xromel-kopelli termoelektr termometrlar standart termometrlar orasida eng katta o‘zgartish koeffitsiyentiga ega (70 — 90 mkV/°S). Termoelektrod diametri 1 mm dan kam bo‘lgan termometrlar uchun chegaraviy qo‘llanish davri 600°С dan kam va, masalan, diametri 0,2…0,3mm bo‘lgan termoelektrodlar uchun faqat 400°С ni tashkil etadi. Yuqorigi o‘lchash chegarasi kopelli elektrodlar xarakteristikalarining barqarorligiga bog‘liq. Nikelxrom-nikel alyuminiyli ( qo‘shilma) termometrlar turli muhit temperaturalarini keng chegaralarda o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Ular avval xromel-alyumelli termometrlar deb yuritilar edi. Nnkel-alyuminiy simdan tayyorlangan termoelektrod oksidlanishga nikel-xromga nisbatan kamroq chidamli. Qo‘llanishning yuqorigi chegarasi termoelekgrod diametriga bog‘liq. Diametri 3—5 mm bo‘lgan termoelektrodlar uchun qo‘llanishning yuqorigi chegarasi nikel-xrom-nikel-alyuminiyli termometrlarda 1000°С ni tashkil etadi. 0,2 — 0,3 mm diametr uchun 600°С dam ortiq emas. Uzatuvchi termoelektrod simlari Termoelektr termometrni o‘lchov asbobi bilan ulaydigan simlar shunday materiallardan tayyorlanadiki, ular o‘zaro juft bo‘lib, o‘zlari ulangan termoelektr termometrlar hosil kiladigan Uzaytiruvchi termoelektr simlar bir va ko‘p simli qilib, izolyatsiyada va tashqi qoplama yoki qobiqlik qilib ishlab chiqariladi, bu montaj qilish va yotqizishda qulay. Izolyatsiyalash uchun polivinilxlorid, polietillentereftalat va ftoroplast plyonkalardan foydalaniladi. Izolyatsiyadan tashqari simlar ko‘pincha polivinilxlorid qobiq yoki lavsan ip yoxud shisha ip bilan chirmab o‘raladi. Agar tashqi elektr magnit maydondan va mexanik ta’sirdan saqlanish talab etilsa, unda mis, po‘lat simli (GOST 24335-80) qoplama yoki ekranlar qo‘llaniladi. Har bir sim materiali izolyatsiyaning o‘z rangiga yoki simlarning o‘ramasida va qoplamasi rangidagi simlarga ega bo‘ladi. 10.1-jadvalda termoparalar, tavsiya etiladigan uzaytiruvchi termoelektrod simlar, ularning belgilari va ranglari keltirilgan. 10.1- jadval Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling