10-ma’ruza Mavzu: Manometrik va termoelektrik termometrlar. Nurlanish pirometrlari. Reja


Tavsiya etiladigan uzaytiruvchi termoelektrod simlari


Download 0.8 Mb.
bet5/5
Sana23.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1223423
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-Maruza tayyor

Tavsiya etiladigan uzaytiruvchi termoelektrod simlari

Termopara

Uzaytiruvchi termoelektrod simlari

Belgilar

Juft — simlar

rangi

Mis- kopelli

MK

Mis-kopel

Qizil (pushti)- sariq (to‘q sariq)

Mis-misnikelli

Xromel-kopelli



M

XK


Mis-konstantan

Qizil (pushti)- jigarrang

Xromel-kopel

binafsha (qora)- sariq (to‘q sariq)

Nikelxrom-nikel alyuminiyli
Platinorodiy- platinali

M
MT-NM
P

mis-konstantan,
mis-titan — nikel mis

Qizil (pushti)- jigarrang
Qizil-yashil qizil-ko‘k

mis qotishma TP

Qizil (pushti)-yashil

Volframreniy- volframreniyli

M-MN

mis-qotishma MN, 2,4

Qizil (pushti) — ko‘k(zangori)


3. Nurlanish pirometrlari
Nurlanish pirometrlarining ishlash prinsipi qizdirilgan jismning issiqligi ta’sirida hosil bo‘lgan nurlanish energiyasini o‘lchashga asoslangan. Nurlanish pirometrlari 20 dan 6000°С gacha bo‘lgan temperaturalarni o‘lchashda ishlatiladi.
Issiqlik nurlanishi nurlanayotgan jism ichki energiyasining elektromagnit to‘lqinlari tarzida tarqalish jarayonidan iborat. Bu to‘lqinlar boshqa jismlar tomonidan yutilgandz ular qaytadan, yana kaytadan issiqlik energiyasiga aylanadi. Jismlar uzunligi λ ga teng bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlarni 0 dan ∞ gacha bo‘lgan oraliqda tarqatadi. Qattiq va suyuq jismlarning ko‘pi nurlanishning uzluksiz spektriga ega, ya’ni barcha uzunliklardagi to‘lqinlarni tarqatadi. Boshqa ji­smlar (sof metallar va gazlar) nurlanishining selektiv spek­triga ega, ya’ni ular to‘lqinlarni spektrning ma’lum uchastkalaridagina tarqatadi. To‘lqin uzunligi λ =0,4 dan λ =0,76 mkm gacha bo‘lgan uchastka ko‘rinadigan spektrga mos keladi. Ko‘rinadigan spektrning har bir to‘lqin uzunligi ma’­lum rangga mos keladi.
λ ≈ 0,4 dan λ ≈0,44 mkm gacha bo‘lgan to‘lqin uzunliklari to‘q binafsha rangga, λ ≈ 0,44 dan λ ≈ 0.49 mkm gacha — ko‘k-zangori; 0,49 dan λ ≈ 0,59 mkm gacha to‘q va och yashil; λ ≈ 0,58 dan λ ≈ 0,63 mkm gacha — sariq — to‘q sariq; λ ≈ 0,63 dan λ ≈ 0,76 mkm gacha — och va to‘q qizil rangga mos keladi.
λ ≈ 0,76 uzunlikdagi to‘lqinlar ko‘rinmaydigan infraqizil issiqlik nuriga kiradi.
Qizdirilgan jism temperaturasini orttirib borgan sari uning rangi o‘zgarib borishi bilan spektral energetik ravshanlik, ya’ni ma’lum uzunlikdagi to‘lqinlar (ravshanlik) tezda ortadi, shuningdek, yig‘indi (integral) nurlanish sezilarli ortadi. Qizdirilgan jismlarning ko‘rsatilgan xossalaridan ularning temperaturasini o‘lchashda foydalaniladi. Shu xossalarga qarab nurlanish pirometrlari kvazimonoxromatik (optik), spektral nisbatli (rangli) va to‘liq nurlanishli radiatsion) pirometrlarga bo‘linadi.
Nazariy jihagdan absolyut qora jismning nur chiqarishi hodisasigina asoslanishi mumkin, unda nur chiqarish koeffitsiyenti deb 1 ni qabul qilinadi. Agar jism o‘ziga tushayotgan nur energiyasini butunlay yutsa, u jismni absolyut qora jism deyiladi. Barcha real fizik jismlar o‘ziga tushayotgan nurlarning biror qismini qaytarish qobiliyatiga ega. Shuning uchun jismning nur chiqarish koeffitsiyent birdan kichik, shu bilan birga u ma’lum jism tabiatiga ham, uning sirtqi holatiga ham bog‘liq. Tabiatda absolyut qora jism yo‘q, ammo o‘z xossalariga ko‘ra absolyut qora jismga yaqin bo‘lgan jism­lar mavjud. Masalan, qora g‘adir-budur bo‘yoq (neft qurumi) bilan qoplangan jism barcha nur energiyasini 96% gacha yutadi.
Spektral energetik ravshanlik va integral nurlanish moddaning fizik xossalariga bog‘liq. Shuning uchun pirometrlar shkalasini absolyut qora jism nurlanishi bo‘yicha darajalanadi. Temperatura ortishi bilan spektral energetik ravshanlikning ortishi turli uzunlikdagi to‘lqinlar uchun turlicha va nisbatan uncha yuqori bo‘lmagan temperaturalar sohasida absolyut qora jism uchun Vin tenglamasi bilan tavsiflanadi:
(10.1)
bunda Е0λ — λ uzunlikdagi to‘lqin uchun absolyut qora jismning spektral energetik ravshanligi; T—jismning absolyut temperaturasi; С1, va С2 nurlanishning qabul qilingan birliklar sistemasiga bog‘liq bo‘lgan konstantalari qiymati; h — Plank doimiysi;С—yorug‘lik tezligi; С2 = NhC/Rг , N—Avogadro doimiysi; Rгuniversal gaz doimiysi; е—natural logarifm asosi.
Turli uzunlikdagi to‘lqinlarning spektral energetik rav­shanligi bir xil bo‘lmagani uchun Vin tenglamasini optik pirometriyada ma’lum uzunlikdagi to‘lqinlar uchun qo‘llaniladi (odatda to‘lqin uzunligi 0,65 yoki 0,66 mkm bo‘lgan qizil rang uchun). Vin tenglamasidan taxminan 3000 K gacha bo‘lgan temperaturalar uchun foydalansa bo‘ladi. Undan ham yuqoriroq temperaturalarda absolyut qora jismning nurlanishi jadalligi Plank tenglamasi bilan xarakterlanadi:
(10.2)
Absolyut qora jismning integral nurlanishi Stefan — Bolsman tenglamasi bilan tavsiflanadi:
(10.3)
bunda С0 —absolyut qora jismning nurlanish doimiysi; T — nurlanayotgan sirtning absolyut temperaturasi, K.
Real fizik jismlar energiyani absolyut qora jismga Ka­raganda kamroq jadallik bilan nurlantiradi. Kvazimonoxromatik pirometr bilan ham to‘la nurlanish pirometri bilan o‘lchash natijasida shartli temperatura deb ataladigan temperaturaga ega bo‘linadi. Shartli temperaturadan (ravshanlik temperaturasidan) haqiqiy temperaturaga o‘tish uchun Vin tenglamasini o‘zgartirishdan foydalaniladi.
Fizik jismning kvazimonoxromatik pirometr yordamida o‘lchangan yorug‘lik temperaturasi Тяbo‘yicha haqiqiy tempera­turasi T qiymati quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
(10.4)
bundaТя jismning pirometr yordamida o‘lchangan ravshanlik (shartli) temperaturasi, К; λ—to‘lqin uzunligi, mkm; С2—Vin tenglamasi doimiysi; ελ— jismning berilgan to‘lqin uzunligi uchun qoralik darajasi.
Real jism temperaturasi T ning to‘liq nurlanish pirometri yordamida o‘lchangan haqiqiy qiymati quyidagi formula bilan ifodalanadi:
(10.5)
bunda Ту—to‘liq nurlanish pirometri bilan o‘lchangan shartli temperatura,ε —barcha uzunlikdagi to‘lqinlar uchun jismning qoralik darajasi.
Nazorat savollari

1. Manometrik termometrlar ishlash prinsipini tushuntiring.


2. Termoelektr termometrlar ishlash prinsipini tushuntiring.

3. Nurlanish pirometrlari ishlash prinsipini tushuntiring.



Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati

  1. Yusupbekov N.R. va boshqalar. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Toshkent: O‘qituvchi. 2011.

  2. Farzane N.G. i dr. Texnologicheskiye izmereniya i pribori. –M.: Visshaya shkola. 1989.

  3. Yusupbekov N.R. va boshqalar. Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari. –Toshkent: O‘qituvchi. 1997.

  4. YusupbekovN.R., MuxitdinovD.P., AvazovY.SH. Avtomatika va nazorat o‘lchov asboblarining tuzilishi va vazifasi. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. –T.: Iqtisod-moliya, 2010.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling