10 Ma’ruza Oliy ta’lim tizimida kredit baholash


Download 17.49 Kb.
bet1/2
Sana17.10.2023
Hajmi17.49 Kb.
#1706672
  1   2
Bog'liq
10-mavzu


10 - Ma’ruza


Oliy ta’lim tizimida kredit baholash.

O‘quv materiali qator xususiyatlarga ega: u bilimlarning O‘qituvchidan o‘quvchilarga siljishini aks ettiradi; unda ma`lumot va ta`lim mazmuni moddiylashadi; o‘quv materiali darslikning bir qismi; ta`lim o‘quv materialini o‘rganishdan boshlanadi; o‘quv materiali ma`lumot mazmuni va ta`lim mazmuni o‘rtasidagi oraliq zveno hisoblanadi; ta`lim mazmuniga pedagogik ishlov berish o‘quv materialidan boshlanadi.


Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, didaktik loyihalashning barcha ko‘rinishlari ma`lumot mazmuni ta`lim mazmuni tushunchalari bilan bog‘langan. «Ma`lumot mazmuni -ularning ma`lumoti, taraqqiyoti, tarbiyasini mo‘ljallab hozirgi zamon fani, texnikasi, ishlab chiqarishi, fikrlashining umumiy asoslarini didaktik ishlov berish yo‘li bilan tanlangan bilimlar, ko‘nikma-malakalar, ijodiy faoliyat tajribasi va munosabatlardir» (Didaktika, T., «Fan», 1997, 85 b) 
Ma`lumot mazmuni o‘quv rejalari, dasturlari, predmetlari, darsliklari, qo‘llanmalarida moddiylashtiriladi. Shunga qo‘ra bular ma`lumot mazmunini loyihalash vositalari hisoblanadi.
Ta`lim mazmuni ma`lumot mazmunidan tanlab olinadi. O‘qitish va o‘qish uchun sinfga olib
kiriladigan bilim, ko‘nikma- malaka ijodiy faoliyat tajribasi, shakllantiriladigan munosbatlarni «ta`lim mazmuni»tushunchasia 
qaraymiz. quv materiallari, o‘quv elementlari, o‘quv savollari, o‘quv ko‘rsatmalari, o‘quv topshiriklari ta`lim mazmunining shakllari bo‘lib, ularni loyihxalashda topshiriq, savol, muammo, test, mustaqil ish kabilar ta`lim mazmunini loyihalash vositasi bo‘lib hisoblanadi.
Ta`limni didaktik loyihalash muammosi murakkab tizim sifatida quyidagicha tarkibiy qismlardan iborat: ma`lumot mazmuniga ijtimoiy talab -komil insonni yetishtirib chiqarish maqsadiga ko‘ra didaktik ishlov berish.
Didaktik loyihalash muammosini tasavvur qilish darajalarini pastdan yuqoriga qarab raqamlab chiqamiz: I o‘quv materiali darajasi. Bunda «ta`lim mazmuni o‘quv materialida moddiylashadi». Moddiylashtirish shakllari: o‘quv topshirigi, muammosi, savoli, ko‘rsatmalar, misol va masalalar, test, texnik vosita, chizma, jadval va boshqalar. II Ta`lim mazmuni darajasi. Bu erda « ta`lim mazmuni darsliklarda moddiylashadi» degan ezisga asoslanamiz. III ma`lumot mazmuni darajasi, «ma`lumot mazmuni dasturlarda moddiylashadi» degan tezisga asoslanamiz. IV fan darajasi. Bunda «fanning umumiy asoslari o‘quv predmetlarida moddiylashadi» degan tezisga asoslanamiz. V ijtimoiy tajriba didaktik loyihalashning so‘nggi, eng yuqori darajasida «ijtimoiy tajribaning 
mazmuni pedagogik konsepsiyalarda moddiylashadi» degan tezisda ish ko‘riladi.
Buni qo‘yidagi jadvalda ifodalashimiz mumkin:

Download 17.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling