10 Ma’ruza Oliy ta’lim tizimida kredit baholash


Ta`limni didaktik loyihalash muammosi


Download 17.49 Kb.
bet2/2
Sana17.10.2023
Hajmi17.49 Kb.
#1706672
1   2
Bog'liq
10-mavzu

Ta`limni didaktik loyihalash muammosi
Ta`limni didaktik loyihalash muammosini tasavvur etish
Darajalari
Predmeti
Natijalari
 
Ijtimoiy tajriba
Ta`lim 
konsepsiyasi  
IV
Fan
O‘quv predmeti
III  
Ma`lumot mazmuni
Dasturlar  


Ta'lim mazmunini xarakterlovchi meyoriy hujjatlar. Zamonaviy o‘qitishning ilg‘or tamoyillari xarakteristikasi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalarning samarali echimini to‘liq ta’minlash maqsadida oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash maqsadida Oliy ta’lim tizimini 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Dasturga muvofiq, 2017-2021-yillarda 48 ta oliy ta’lim muassasasida jami 180 ta o‘quv, ilmiy-laboratoriya binosi, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalari ob’ektlarida qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shuningdek, 53 ta oliy ta’lim muassasasida 400 ta o‘quv laboratoriyasi bosqichma-bosqich eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi, 7 ta oliy ta’lim muassasasida barcha oliy ta’lim muassasalari o‘zaro hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi.
Ushbu qaror uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, mamlakatimizning izchil rivojlanib borayotgan iqtisodiyotini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, barcha hududlar va tarmoqlarni strategik jihatdan kompleks rivojlantirish masalalarini hal qilish borasida oliy ta’lim tizimi ishtirokini kengaytirish yo‘lidagi yana bir muhim amaliy qadamdir. Ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazalari mustahkamlandi. Shuni qoniqish bilan aytish mumkinki, zamonaviy ta’lim tizimining joriy etilishi bugungi kunda ijobiy natijalar bermoqda. Endigi, pedagoglarning vazifasi zamonaviy texnik ta’minotga ega ta’lim muassasalarida talablar darajasida innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida yoshlarimizga ta’limtarbiya berishdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Yuqoridagi vazifalarni amaliyotda o‘z ifodasini toptirishda ta’lim texnologiyalari fani muhim rol o‘ynaydi. Kasb ta’lim yo‘nalish mutaxassislarini tayyorlash jarayonida ta’lim texnologiyalari fani kasbiy bilimlarni egallash texnologiyalari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish ustvor o‘rin egallaydi. Mazkur darslik, ta’lim texnologiyalari fan dasturiga asoslangan holda yaratilgan bo‘lib, talabalar uchun zarur materiallar izchil ravishda, muayyan tartibda joylashtirilgan.
Darslikda “Ta’lim texnologiyalari” fani doirasida talabalar ta’lim texnologiyalarining turlari va mohiyati, nazariy asoslari, samarali shakl, metod va vositalari bilan tanishadi. Kasbiy faoliyatda ta’lim texnologiyalarni samarali, maqsadli qo‘llash malakalariga ega bo‘ladi. Ta’lim jarayonini oqilona loyihalashtirishga doir bilimlarini boyitadi. Nazariy va amaliy materiallar nisbatan maqsadga muvofiq taqsimlagan bo‘lib, nazariya bilan amaliyot birligi tamoyiliga to‘la rioya qilingan. Mazkur darslikning yaratilishida xorijiy mamlakatlar va o‘zbekistonlik pedagog-psixolog olimlar tomonidan yozilgan ta’lim texnologiyalarga oid nazariy va amaliy adabiyotlar hamda maqolalardan foydalanganligimiz uchun ularning mualliflariga o‘zimizning samimiy minnatdorchiligimizni izhor etamiz.
Darslik nopedagogik Oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat talabalari, stajyor tadqiqotchilari, izlanuvchilar, mustaqil ilmiy-tadqiqotchilar, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarga mo‘ljallangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi. 2017-yil-20 aprel, PQ-2909-son qarorida Oliy ta’lim tizimini 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan moliyaviy mablag‘lar 1,7 trillion so‘mdan ziyod bo‘lib, ulardan 1,2 trillion so‘mi o‘quv-laboratoriya binolari, sport zallari va talabalar turarjoylarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga, 500 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ esa o‘quv-laboratoriya uskunalari, mebel va inventar bilan ta’minlash, umumiy tartibda foydalanishga mo‘ljallangan, barcha ta’lim muassasalariga xizmat ko‘rsatadigan laboratoriya komplekslarini tashkil etish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga sarflanadi. Bu esa ta’lim tizimini zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash va pedagogik amaliyotda yangi yo‘l va vositalarini jadal tatbiq etishni talab etadi.
Download 17.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling