10-Мa’ruza: Suyultirilgan gaz bilan ta’minlash Reja


Suyuq gaz ballonlarni o‘rnatish


Download 71.68 Kb.
bet4/7
Sana31.01.2024
Hajmi71.68 Kb.
#1828561
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-Maruza (2)

10.4.Suyuq gaz ballonlarni o‘rnatish

10.6-rasm gaz plitasining suyuq gaz balloni bilan ulanish ko‘rsatilgan. Bu oddiy ko‘ringan holat ish jarayonida bir qancha savollar tug‘diradi: ballon qanday kattalikda bo‘lishi kerak? Qo‘shimcha ballon ham o‘rnatilishi mumkinmi? Ballondan 1 soatda maksimal qancha gaz olish mumkin?



10.6-rasm. Ballonli gaz qurilmasining ulanish sxemasi.



10.7-rasm. Turli o‘lchamdagi gaz ballonlar
Gaz ballonlarini yashash xonalariga o‘rnatish. Har bir gaz ballon bombaga aylanishi mumkin. Shuning uchun suyuq gaz ballonlari uchun qat’iy qoidalar keltirilgan.
Suyuq gazlarning texnik tavsifnomalarida quyidagi qoidalar keltirilgan. TRF 1996 bo‘yicha yashash binolariga qo‘yiladigan gaz ballonlari soni va kattaligi cheklangan:

  • ballonlar to‘ldirilgan holda maksimal 14 kg ni tashkil qilishi kerak;

  • bir uyda maksimal 2 ta to‘la ballon va 1 ta bo‘sh ballon turishi mumkin;

  • bir xonada maksimal 1 ta ballon turishi mumkin;

  • yotoqxonalarda ballon saqlash mumkin emas;

  • mexanik buzilishlardan himoya qilinishi kerak.

Ballonlarni ortiqcha issiqlikdan himoyalash. Suyuq gazlar isitilganda sezilarli darajada kengayganligi uchun ballonlar maksimal 85% gacha to‘ldiriladi. Shunga qaramasdan bug‘ bosimi hisobiga harorati 40˚С dan ortmasligi kerak. Kichik o‘rnatilishi shart (10.8-rasm). Minimal oraliq masofa issiqlik tarqatuvchi manbaga bog‘liq (10.1-jadval).
10.1-jadval
Issiqlik taratish manbalari orasidagi masofa



Issiqlik taratish manbasi

Minimal masofa

Taralish himoya to‘sig‘isiz, sm da

Taralish himoya to‘siqli, sm da

Isitish asboblaridan, o‘choqdan va shunga o‘xshash manbalardan

70

30

Issiq jismlardan

50

10

Gaz plitalardan va o‘xshash manbalardan

30

10

Suyuq gazlar havodan og‘ir bo‘ladi. Gazlarning zichligi kg/m3 da belgilanadi. 1 m3 hajmdagi propan 1,97 kg, butan 2,59 kg va havo 1,29 kg. Og‘ir gazlar cho‘kadi va chuqurlikda gaz-havo portlovchi qotishmasini hosil qiladi. Tashqaridagi suyuq gaz ballonlarini himoyalangan holda saqlanadi (10.8-rasm).

10.8-rasm. Gaz balonining joylashtirish sxemasi.
Himoya sohasida hech qanday yer to‘la chiqishlari, shaxtalar va kanalizatsiya quvurlari bo‘lmasligi kerak.
Bundan tashqari, bu sohada hech qanday yong‘in manbasi va yonuvchan moddalar saqlanmasligi lozim. Himoya sohadagi elektr qurilmalarida portlashning oldini olish choralari ko‘rilgan bo‘ladi. Tashqari joylarda turgan ballonlarni yot kimsalardan himoyalash kerak.

10.9-rasm. Gaz xavfsizlik zonasi.



10.10-rasm. Ballonlarning xavfsizligini ta’minlash sxemasi.



Download 71.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling