10-Мa’ruza: Suyultirilgan gaz bilan ta’minlash Reja
Suyultirilgan gaz bilan ishlaydigan maishiy qurilmalar
Download 71.68 Kb.
|
10-Maruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
10.7.Suyultirilgan gaz bilan ishlaydigan maishiy qurilmalar
Maishiy jihozlar individual va guruhlangan tarzda suyultirilgan gaz qurilmalari orqali gaz bilan ta’minlanadi. Individual qurilmadan foydalanilganda suyultirilgan gaz ballonini gaz jihozi o‘rnatilgan xonaga o‘rnatish mumkin, guruhlangan qurilmalardan foydalanilganda esa ballonlar xona tashqarisiga, maxsus metall shkaf ichiga qo‘yiladi. Suyultirilgan gaz ballonli qurilmalarni bino ichida yig‘ishda quyidagi talablarni bajarish kerak. Alohida turgan ballonlar bilan gaz jihozi, isitish jihozlari va isitish jihozlari va isitish pechlarigacha bo‘lgan masofa kamida 1 m, ballonni himoya qiladigan ekran bo‘lganda, bu masofani 0,5 m gacha qisqartish mumkin. bino ichida bitta gaz jihozi uchun ballon o‘rnatilganda, jihoz oldiga berkitish qurilmasi qo‘yilmaydi. Agar ballon binodan tashqariga o‘rnatilsa, quyidagi shartlar bajariladi: shkaf va ballonlar balandligi kamida 200 mm bo‘lgan mustahkam jihoz ustiga quyiladi. Ballonlar o‘rnatiladigan joyga bemalol boriladigan bo‘lishi, tashqi ballon qurilmasidan ketadigan gaz quvurda kamida 0,5 m uzunlikdagi gorizontal sim bo‘lishi lozim. agar asos cho‘ksa, shu qism gaz quvurni shikastlanishdan saqlaydi. Qurilmaga ulanadigan har bir gaz jihozi oldiga berkituvchi kran o‘rnatiladi. Suyultirilgan gazning boshqa yoqilg‘ilardan muhim afzalliklaridan yana biri ularda olingugurtning yuqligidir, bu esa gaz yonganda havoda zaharli aralashmalarning ancha pasayishiga olib keladi. Suyultirilgan gaz yuqori antidetonatsiya xossalariga ega (propan-butanning oktan soni 120), shuning uchun ular transportda yonilg‘i sifatida ham ishlatiladi. Suyultirilgan gazlarni-35˚С dan +45˚С gacha haroratda ishlatish mumkin, ammo qish mavsumida butan qo‘llanilmaydi, chunki butan past haroratda bug‘lanmaydi. Tabiiy gaz magistral quvurlaridan uzoqroqda joylashgantumanlardagi iste’molchilar suyultirilgan gaz bilan ta’minlanishmumkin. 1000 kishini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash uchun o‘rta hisobda 14 ming tonna metall, tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun esa 39-500 ming tonna metall sarf qilinadi. Suyultirilgan gaz bilan ta’minlashga ketgan solishtirma xarajat tabiiy gaz bilan ta’minlashga ketgan solishtirma xarajatdan 1,8-2,2 marta kam bo‘ladi. Hozirgi vaqtda gaz sanoatining alohida kichik tarmog‘i sifatida suyultirilgan gazni ishlab chiqarish rivojlanib bormoqda. Propan va butan gazini qayta ishlash zavodlarida yo‘ldosh gazlarni hamda gaz kondensat konlari gazlarini ajratish yo‘li bilan olinadi. Suyultirilgan gazlarni olishning asosiy manbai neftni barqarorlashtirishdir. Neft konlarida neftdan yo‘ldosh gaz ajratilgandan keyin ham gazning bir qismi erigan holda qoladi. Shuning uchun neft konlarida qo‘shimcha qurilmalar qurilgan bo‘lib, ularda tarkibida erigan gaz bo‘lgan neft, unda qolgan barqaror bo‘lmagan gazli benzinni ajratib olish uchun barqarorlashtiradi, gazli benzin tarkibida esa katta miqdorda metan-butan fraksiyasi mavjud bo‘ladi. Ammo suyultirilgan gazlarning yarmidan ko‘pi neftni qaytaishlash zavodlarida olinadi. Ularning tarkibi zavodda qabul qilingan jarayonga bog‘liq. Suyultirilgan gazlar zavodlardan bazalarga va gaz to‘ldiruvchi stansiyalarga bosimli yoki izotermik sig‘imli idishlarga olib boriladi. Olib borish uchun maxsus temir yo‘l yoki avtomobil sisternalaridan yoki kema-tanerlaridan transport vositalari sifatida foydalaniladi. Yirik iste’molchilar, masalan, kimyo zavodlari gazni yoki neftni qayta ishlash zavodlaridan uzoqda bo‘lmasa, ular quvur orqali suyuq gaz bilan ta’minlanadi. Maishiy iste’mol, avtomobil transporti va mayda korxonalar ehtiyoji uchun mo‘ljallangan suyuqlashtirilgan gaz bazalardan va gaz to‘ldiruvchi stansiyalardan tarqatiladi. Gazni yoki neftni qayta ishlash zavodlarida, bazalarda, gaz to‘ldiruvchi stansiyalarda va iste’molchilarda suyultirilgan gazlarni saqlash uchun hajmi 25-200 m3 bo‘lgan silindr rezervuarlardan foydalaniladi. Gazni yoki neftni qayta ishlash zavodlarida ko‘pincha hajmi 4000 m3 bo‘lgan sferik rezervuarlardan ham foydalaniladi. Yer osti qatlamlari bo‘lgan joylarda yer osti gaz omborlari yaratiladi. Nazorat savollari: 1.Suyultirilgan gazlarning turlari va ularni olish yo‘llarini tushuntiring. 2.Gaz to‘ldirish stansiyalari haqida aytib o’ting 3.Kichik hajmli idishdagi suyuq gaz 4.Suyuq gaz ballonlari qanday o‘rnatiladi? 5.Gaz bosimining qanday konstant ushlovchi qurilmalari mavjud? 6.Suyultirilgan gazni markaziy ta’minlash qurilmalari. 7.Suyultirilgan gaz bilan ishlaydigan maishiy qurilmalar. Download 71.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling