10-Мa’ruza: Suyultirilgan gaz bilan ta’minlash Reja


Download 71.68 Kb.
bet1/7
Sana31.01.2024
Hajmi71.68 Kb.
#1828561
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-Maruza (2)


10-Мa’ruza: Suyultirilgan gaz bilan ta’minlash
Reja:

10.1. Suyultirilgan gazlar va ularni olish yo‘llari


10.2.Gaz to‘ldirish stansiyalari (GTS)
10.3.Kichik hajmli idishdagi suyuq gaz
10.4.Suyuq gaz ballonlarni o‘rnatish
10.5. Gaz bosimining konstant ushlovchi qurilmalari
10.6.Suyultirilgan gazni markaziy ta’minlash qurilmalari
10.7.Suyultirilgan gaz bilan ishlaydigan maishiy qurilmalar


10.1. Suyultirilgan gazlar va ularni olish yo‘llari
Propan, butan va ularning aralashmalari suyultirilgan uglevodorodlar deb ataladi. Bu gaзlar, asosan tabiiy gaz yetib bormagan aholi punktlarida-turar joy binolari hamda kichik kommunal-maishiy korxonalarda ishlatiladi. Propan va butan gazlari oddiy sharoitda gaz holida bo‘lib, uning bosimi oshirilsa oson suyuq holatga keladi. Masalan, propan gazi harorat 0С va bosim 0,47 Mpa da, butan gazi esa 0,115 Mpa da suyuqlikka aylanadi. Ularning xususiyatlari suyultirilgan gazlarning saqlashni va iste’molchilarga yetkazishni osonlashtiradi.
Suyultirilgan gaz olishda yo‘ldosh gazlar asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Bu gazlar gaz-benzin zavodlarida propan, butan va gaz benzinga ajratiladi. Bundan tashqari, neftni qayta ishlash zavodlarida chegaralangan va chegaralanmaganuglevodorodlar olinadi. Chegaralanmagan uglevodorolardan sintetik mahsulotlar olishda, chegaralangan uglevodorodlardan esa (propan-butan fraksiyasi) aholi gaz ta’minotida foydalaniladi. Yo‘ldosh neft gazlaridan gaz benzini va suyultirilgan gaz olish jarayoni quyidagi ikki operatsiyadan iborat bo‘ladi:

  1. Gazni benzindan tozalash jarayonida xom benzin va benzindan tozalangan gaz ajraladi.

  2. Xom benzinni qayta ishlab barqaror benzin va propan hamda butan ajratib olinadi.

Gazni benzindan tozalash usuli 3 хil bo‘ladi:

  1. Kompressiya usuli.

  2. Absorbsiya usuli.

  3. Adsorbsiya usuli.

Kompressiya usulda gaz siqilib, so‘ngra maxsus sovitgichlarda sovitiladi. Buning natijasida og‘ir uglevodorodlar suyuqlikka aylanadi va bu suyultirilgan gaz maxsus separatorlarda ajratib olinadi.
Absorbsiya usulida propan, butan va boshqa og‘ir uglevodorodlar maxsus moy yordamida yuritiladi. Keyinchalik bu moydan propan, butan ajratib olinadi.
Absorbsiya usulida og‘ir uglevodorodlar aktivlangan ko‘mir yordamida yuritiladi, so‘ngra ko‘mirdan uglevodorodlar qizdirilgan bug‘ yordamida puflab ajratib olinadi.
Texnikada asosan ikkinchi usul, ya’ni absorbsiya usuli qo‘llaniladi.
Suyultirilgan gaz ta’minotida propan-butan aralashmasidan foydalaniladi. Yilning fasliga qarab, issiq davrlarda propan-butan aralashmasi yoki texnik butan (97%) ishlatiladi. Qishda esa asosan propan ishlatiladi.
Buning sababi-butanning sovuq davrda bug‘lanishi qiyinlashadi. Shuning uchun qishda gaz balloniga butan quyilib jo‘natilsa, ballon to‘la bo‘lsa ham bug‘lanish bo‘lmasdan, iste’molchilar gazsiz qoladi. Shuning uchun qishda gaz balloniga butan quyilib jo‘natilsa, ballon to‘la bo‘lsa ham bug‘lanish bo‘lmasdan, iste’molchilar gazsiz qoladi. Shuning uchun qish davrida ballonlarga propan quyiladi. Suyultirilgan gazning quyi issiqlik berish quvvati 93000-123000 Kj/m3, zichligi esa 2 kg/m3 atrofida bo‘ladi. Quyi portlash chegarasi -1,98%, yuqori portlash chegarasi-9,8%.
Odatda, gaz ballonlari 5; 12; 27; 50; 80; 1 ga mo‘ljallab chiqariladi. Ular 1,6 Mpa ishchi bosimga mo‘ljallangan bo‘ladi. Suyultirilgan gazning hajm kengayish koeffitsiyenti katta bo‘lganligi sababli (suvnikidan 16 baravar katta)gaz ballonlari 80-85% hajmgacha to‘ldiriladi va suyuq gaz ustida gaz bug‘lari (15%) hosil bo‘ladi.
Gaz ballonlarini suyuq gaz bilan butun hajmini to‘ldirish mumkin emas, chunki harorat ko‘tarilsasuyuq gazning hajmi kengayib, gaz balloni yorib yuboradi.

Download 71.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling