10-Мa’ruza: Suyultirilgan gaz bilan ta’minlash Reja


Kichik hajmli idishdagi suyuq gaz


Download 71.68 Kb.
bet3/7
Sana31.01.2024
Hajmi71.68 Kb.
#1828561
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-Maruza (2)

10.3.Kichik hajmli idishdagi suyuq gaz

Har bir gaz qurilmasi 3 asos tizimidan tashkil topgan. Buning uchun energiya manbasi, gaz iste’molchi va energiya manbasidan iste’molchigacha bo‘lgan ulash quvuri kerak bo‘ladi (10.2-rasm).


Ballondagi yonuvchi gaz. Suyuq gazlar neftni, yer osti gazini qazishda va ularni qayta ishlashda, asosan, propan va butan aralashmasidan hosil buladi. Bu gazlar aralashma bo‘lishiga qaramay, atmosferada gaz ko‘rinishida uchraydi. Ular bosim ostida suyuq ko‘rinishga o‘tadi (10.3-rasm) va gaz holatiga qaraganda 1/260 barobar oz joyni egallaydi. Katta miqdordagi enegiyani nisbatan kichikidishlarda tashish va saqlash imkoni tug‘iladi. Bunda boshqa gazlarni suyultirish quyidagicha amalga oshiriladi:

Ballondagi gaz bosimi. Uy xo‘jaligi va sanoatda ballonlardagi gazlar 95% propan va 5% butandan tashkil topgan bo‘ladi. Ikkala gaz ham quyi haroratda qaynovchi gazlar hisoblanadi (10.3-ram). Atmosfera bosimida shu gazlar quyidagi haroratlarda bug‘lanib ketadi:

  • propan – 4200C haroratda;

  • butan – 0,500C haroratda.

Bo‘shab qolgan suyuq gaz idishlari xavfli. Gaz ozayishi bilan idish ichidagi bosim kamayadi. Bosimning pasayishi propan bilan butanni aralashishiga olib keladi. Sovuq kunlarda deyarli bo‘shab qolgan idishdagi butan bug‘lanmaydi. Shuning uchun bu idishni bo‘shagan hisobda chetga surib qo‘yiladi. Harorat ko‘tarilishi bilan butan bug‘lana boshlaydi.

10.2-rasm. Suyultirilgan gaz bilan iste’molchini ta’minlash sxemasi.



10.3-rasm. Suyuq holatdagi (a) gaz va gaz holatdagi (b) hajmlari nisbati.

Butan shu havo bilan aralashib, yong‘in hosil qilishi mumkin. Shu paytgacha bunday hollardan ko‘p zararlar ko‘rilgan. Bo‘sh ballonlarning ventilini doimo yopib qo‘yish va himoya qalpog‘ini kiygizish kerak.


Gaz ballonining qurilmalari iste’molchilarini suyultirilgan gaz bilan ta’minlashda keng qo‘llaniladi. Bu qurilmalar bitta yoki ikkita gaz balloni, bosim sozlagich, jo‘mrak va bog‘lovchi quvurlardan iborat bo‘ladi. Gaz ballonlari, odatda po‘latdan ishlanib, 1.6 MPa bosimga mo‘ljallangan.
Ularning sig‘imi 0.9-50 l gacha bo‘lishi mumkin. Hajmli 27 va 50 l gaz ballonlari eng ko‘p tarqalgan.

10.4-rasm. Propan va butan gazlarining bug‘lanish darajasining bosimga bog‘liqlik sxemasi.

27 l hajmli gaz ballonlari o‘zi yopiladigan klapanlar hajmi 50 l bo‘lganlari esa burchakli ventillar bilan ta’minlangan. Bu qurilmalar bino ichida yoki tashqarisida o‘rnatilishi mumkin. Bitta ballonli qerilmalar xona ichida, gaz plitasi va radiatorlaridan kamida 1 m masofada o‘rnatiladi.


Qurilmalarning asosiy afzalliklari shundaki, ular yil davomida 200 С haroratli xonada joylashganligi sababli gaz bug‘lanishini bir tekis ta’minlay oladi. Ularning asosiy kamchiligi xona intereni buzadi va foydalanish uchun bir muncha xavfli bo‘ladi. Xona tashqarisidagi gaz ballonlari, odatda, ikkita bo‘lib, metall shkaf ichiga o‘rnatilib, sozlagich va jo‘mrak bilan ta’minlanadi.
Ballonlar bosim sozlagich bilan mis yoki latun (jez) naychalari yordamida tutashtiriladi. Gaz xona ichiga po‘lat quvurlar orqali uzatiladi. Ular yerdan kamida 2.0 m balandlikdagi devorga mahkamlanadi.

10.5-rasm. Gazlarning aralashmalari.
Ko‘p xonadonli bir qavtli binolarni suyultirilgan gaz bilan ta’minlash uchun odatda, bir necha gaz ballonlaridan tashkil topgan qurilmalar ishlatiladi. Bu holda tekis devorlar yoniga o‘rnatilgan maxsus metall shkaf ichiga umumiy hajmi 600 l dan ortiq bo‘lmagan, binodan 8-25 m uzoqlikda joylashgan bo‘lsa -1000 l dan oshmagan gaz ballon guruhlari ishlatiladi. Har bir guruh bosim sozlagich, saqlovchi klapan, bekitish armaturasi va manometr bilan ta’minlanadi.
Guruhdagi balonlar soni gazning hisoblangan sarfi va bug‘lanish intensivligiga ko‘ra tanlanadi. 50 litrli gaz balonining hisoblangan bug‘lanishi 0.25 m3/soat etib qabul qilingan. Bunda hisoblangan gaz sarfi binodagi barcha gaz asboblarini bir vaqtda ta’minlash uchun yetarli bo‘lishi zarur.
Ko‘p qavatli binolarni suyultirilgan gaz bilan ta’minlash uchun ikki yoki undan ortiq yer osti rezervuarlari guruhidan foydalaniladi.
Bitta guruh tarkibidagi rezervuarlar yer ostida saqlanganda ularning umumiy hajmi 300 m3, yer ustida saqlanganda esa 5 m3 dan oshmasligi kerak.
Bu qurilmalardan iste’molchi binogacha bo‘lgan masofa rezervuarlarning geometrik hajmi va binoning yong‘inga chidamlilik darajasiga bog‘liq bo‘lib, kamida 8-25 m bo‘lishi lozim. yer osti rezervuarlaridan boshqa yer osti inshootlarigacha bo‘lgan masofa kamida 2-5 m bo‘ladi.
Yer osti rezervuarlarining har birining geometrik hajmi 2,5 m3 bo‘lib, 1 MPa ishchi bosimga mo‘ljallangan. Bunday rezervuarlar bosim sozlagich bilan ta’minlangan bo‘lib, gaz undan o‘tganda bosimi iste’molchilarga kerakli darajagacha (4000 Pa) pasaytiriladi va quvurlar yordamida binoga uzatiladi.
Odatda, yer osti rezervuarlari ikki va undan ortiq bo‘ladi. Agar ikkita rezervuar o‘rnatilgan bo‘lsa, ularning har biri armatura tuguni (bosim sozlagich, rezervuarga gaz to‘ldirish va uningsathini nazorat qilish, saqlash-bekitish klapan va boshqa uskunalar) bilan jihozlangan bo‘ladi, ular birgalikda yoki alohida ishlashi mumkin. agar uchta rezervuar o‘rnatilgan bo‘lsa, ulardan ikkitasi bir blok tashkil qilib, umumiy armatura tuguniga ega bo‘ladi, Boshqa bir rezervuarda esa alohida armatura tuguni mavjud. Bu blok va alohida rezervuar birgalikda hamda alohida ishlashi mumkin.
Bunday ulanish ta’mirlash yoki profilaktik ishlar olib borish jarayonida iste’molchilarni ikkinchi rezervuar orqali gaz bilan ta’minlash imkonini beradi.

Download 71.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling