10-Мa’ruza: Suyultirilgan gaz bilan ta’minlash Reja
Suyultirilgan gazni markaziy ta’minlash qurilmalari
Download 71.68 Kb.
|
10-Maruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suyultirilgan gaz uchun quvurlar.
10.6.Suyultirilgan gazni markaziy ta’minlash qurilmalari
10.17-rasm. Suyuq gaz quvurining xonadonga kiritilish sxemasi. Bir oila xonadonini (10.17-rasm) energiya bilan ta’minlash uchun 14 kg li ikki ballon yetarli emas. Katta hajmdagi idishlarni esa yashash uylariga saqlab bo‘lmaydi. Bu muammoni tashqariga joylashtirilgan katta gaz saqlash idishlariga ulash orqali hal qilish mumkin. Bu idishlarga gaz qurilmasi qanday qilib ulanadi? Doimiy mahkamlangan idishlar energiya zaxirali bo‘lib, ularni yer ostiga yoki yer ustiga o‘rnatish mumkin. Idish poydevori betondan bo‘lishi zarur. 3 m atrofda himoya zonasini hosil qilish kerak. bu zonada hech qanday yong‘in manbalari. yonuvchan narsalar va qurilmalarbo‘lmasligi shart. Himoya zonasini ko‘rsatma doskalari bilan belgilab qo‘yish kerak. Suyuq gaz qurilmalariga begonalar yaqinlashishi mumkin. emas. Atrofi to‘silmagan joylarda joylashgan gaz idishlarini temir to‘rlar bilan begona shaxslar yaqinlashishidan himoya qilinadi. Gaz idishi bilan bog‘liq bo‘lgan hamma ishlar gaz ta’minlovchi korxona mutaxassisi tomonidan tekshirib turilishi lozim. Gaz idishdan binogacha bo‘lgan gaz quvurlarini yotqizish. Tashqi quvurlar yer osti yoki yer usti orqali o‘tkazilishi mumkin. Yer osti orqali o‘tkazilgan quvurlarni kamida 60 sm chuqurlikdan o‘tkaziladi. Quvurdan 20 sm balandlikda butun quvur uzunligida ogohlantirish tasmasi tortilib chiqilishi kerak. Ikkinchi Gaz-BRQ bino tashqarisiga o‘rnatilishi mumkin (10.18-rasm). Bino ichidagi birinchi Gaz-BRQsi HBV va HPV orqali o‘tkaziladi (10.19-rasm). Gaz-BRQsi qo‘shimcha qurilmalar bilan birgalikda maxsus himoya qutisiga o‘rnatiladi (10.20-rasm). Tashqariga o‘rnatiladigan Gaz-BRQ lar F belgili bo‘ladi. 10.18-rasm. Tarqalish quvuri tuzilishi. 10.19-rasm. Gaz quvurlarini bino ichiga kiritish. 10.20-rasm. Rostlagich: Regler-Rostlagich sxemasi. Suyultirilgan gaz uchun quvurlar. Suyuq gaz qurilmalarini montaj qilish suyuq gaz texnikasi qoidalari TRF 1996ga asosan amalga oshiriladi. Tashqi quvurlar po‘lat, mis va yuqori zichlikdagi polietilen (PE-HD) dan bo‘lishi mumkin. Plastmassa quvurlardan yer osti quvurlari sifatida 4 ar bosimigacha foydalanishi mumkin. Ulanishlar esa issiq elementli mufta payvandlash yoki elektr muftali payvandlashorqali amalga oshiriladi. Mis quvurlarni ulash esa fitinglar va kumush payvandlash orqali amalga oshiriladi. Diametri D 50 dan katta bo‘lgan quvurlar payvandlash orqali ulanadi. payvandlash mutaxassis tomonidan ruxsat etilgan usullar bilan amalga oshiriladi. Download 71.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling