10-Мa’ruza: Suyultirilgan gaz bilan ta’minlash Reja


Gaz bosimining konstant ushlovchi qurilmalari


Download 71.68 Kb.
bet5/7
Sana31.01.2024
Hajmi71.68 Kb.
#1828561
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-Maruza (2)

10.5. Gaz bosimining konstant ushlovchi qurilmalari
Bosim o‘zgarishi natijasida alanga yoki ko‘tariladi yoi pasayadi. To‘g‘ri sozlangan gaz yoquvchi (gorelka) doim bir xil alanga beradi (10.11-rasm). Bunda yana gazning doimo bir xil kelishi va balandligi talba qilinadi. Bu talablarni gaz- bosim sozlash qurilmasi qondiradi (10.12-rasm). Qurilma qanday ishlaydi va qanday idishlarga o‘rnatiladi?

10.11-rasm. Gazning to‘g‘ri yonish sxemasi.

10.12-rasm. Gaz rostlash qurilmasi.

Past bosimli gaz. Ulanish quvuridagi bosim deganda kelayotgan gaz bosimining gaz qurilmasi bilan bog‘langandagi bosimi tushuniladi.


Ulanish quvuridagi bosim 5000 Pa ni tashkil qilishi kerak. Bu vazifani esa ballon ventilidan keyin qo‘yilgan rostlash qurilmasi bajaradi:

  • ventildan chiqish joyidagi gaz bosimini pasaytirish;

  • pasaytirilgan gaz bosimini bir meyorda ushlash.

Rostlash qurilmasiga quyyiladigan talablar. Rostlash qurilmasi avtomatik tarzda texnik jarayonda yuz beradigan xato kattaliklarni sozlaydi. Qurilma rostlangan kattalikni doimo o‘lchab, berilgan kattalik bilan solishtiradi. Ular orasidagi farqni esa rostlaydi. Rostlash texnikasidagi bu atamalar standartlangan (10.2-jadval).
10.2-jadval
Rostlash texnikasidagi kattaliklar



Atama

Ma’nosi

Rostlash kattaligi, x

Rostlagichdan keyingi bosim

Rostlash obyekti

Gaz quvuri tizimi

Rostlagich

Drossel qurilmasi

Berilgan qiymat

Ushlanishi talab qilingan qiymat

Aktual qiymat

Aktual vaqtdagi qiymat

Xatolik, z

Bosim o‘zgarishlari

Rostlash farqi,

Berilgan qiymat bilan aktual qiymat orasidagi farq

Boshqarish kattaligi

Rostlash uchun kuch

Gaz bosim rostlash qurilma chiqish bosimini kirish bosimi o‘zgarishiga yoki tashqi ta’sirlarga qaramay bir meyorda ushlash kerak.


Gaz-bosim rostlash qurilmalarini (Gaz-BRQ) o‘rnatish. Suyuq gaz qurilmalarida Gaz-BRQ lar yordamchi energiyasiz ishlaydi. ular energiyani ballondagi gaz bosimidan oladi. Rostlagich prujinali rostlash qiymati beruvchiga ega bo‘lib, undagi membrana chiqish bosimi rostlangan qiymatga qarshi tortilib qo‘yilgan (10.13-rasm).

10.13-rasm. Gaz-bosim rostlash qurilmasining konstruksiyasi.
Qurilmaning ishlash jarayoni. Yuqori bosimdagi gaz qurilma kamerasiga kiradi va ventilning tor tirqishiga qarab harakatlanadi. Shunday qilib, yuqori kameradan qurilma chiqishida past bosimli gaz olinadi. Yuklanishli prujina rostlash qiymatini beruvchi sifatida F1 kuch bilan membranaga ta’sir o‘tkazadi. Shu paytda F2 gaz kuchi quyidan ta’sir qiladi. Bu ikki kuch tashqi xato kuchlari ta’sir etmaguniga qadar muvozanatda turadi. Tashqi ta’sirlar sifatida yoki gaz qurilmasidagi gazning pasaytirish yoki umuman o‘chirilishi mumkin. Doimiy o‘lchash, solishtirish va rostlash uzluksiz teskari bog‘lanish bilan amalga oshiriladi. (10.15-rasm).



10.15-rasm. Rostlashning yopiq zanjiri.

HBVli va HPVli Gaz-BRQlar. Tashqi suyuq gaz qurilmalari uchun 11 kg dan ortiq bo‘lgan bir yoki bir necha ballon kerak bo‘ladi. Shuning uchun ularni xavfsizlik qurilmalari bilan ta’minlash kerak. (10.16-rasm).



10.16-rasm. Ko‘p ballonli tizim.

Agar qurilmada chegaradan ortiqcha yuqori bosim hosil bo‘lsa, xavfsizlik blokirovka ventili (HBV) shunday holatda yopiladi. U yopilganda so‘ng o‘zi ochilmaydi. Xavfsizlik puflash ventili (HPV) qurilma kamerasidagi ortiqcha bosimni tashqariga chiqarib yana o‘zi yopiladi.





Download 71.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling