10-ma’ruza temir yo‘llarda ajratish punktlari reja
Oraliq stansiyalar, ularda yo‘lovchi va yuk poezdlari bilan bajariladigan ishlar
Download 152.25 Kb.
|
Маъруза 10
4. Oraliq stansiyalar, ularda yo‘lovchi va yuk poezdlari bilan bajariladigan ishlar
Oraliq stansiyalari raz’ezd va quvib o‘tish punktlaridan farqli, yo‘lovchi va yuk poezdlarini beto‘xtov o‘tkazishlar, to‘xtaydigan poezdlarni qabul qilish va jo‘natish, yo‘lovchilarni poezdlarga chiqarish va tushirishdan tashqari quyidagi ishlarni ham bajaradi: yuklarni ortish-tushirish va saqlash, hamda yuk ho‘jjatlarini tayyorlash; bagajlarni qabul qilish, berish va saqlash; terma poezdlarga vagonlarni qo‘shish va ajratish, ayrim holatlarda stansiyada ortiladigan vagonlardan jo‘natuvchining marshrutini tuzish yoki pog‘onasimon marshrut uchun vagonlar guruhlash; korxona shoxobcha yo‘llariga xizmat ko‘rsatish, vagonlar berish va yig‘ib kelish; ko‘plab to‘kma yuklar ortiladigan ayrim stansiyalarda vagonlarning og‘irligini o‘lchash va boshqalar. Rasm 8.4. Bo‘ylama turdagi oraliq stansiyasining chizmasi Yo‘lning surunkali pasayuvchi qiyaligi oldidan joylashgan, poezdlar texnik ehtiyojlar uchun to‘xtatiladigan stansiyalarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida tormozlar sinovi o‘tkaziladi. Agar raz’ezd va quvib o‘tish punktlarining vazifasi asosan poezdlarni qabul qilish, jo‘natish va o‘tkazib yuborish bo‘lsa oraliq stansiyalarida esa ushbu texnologik jarayonlardan tashqari, yuk va tijorat ishlari ham bajariladi. Oraliq stansiyalarida bajariladigan texnologik jarayonlar quyidagilardan iborat: yo‘lovchi va tranzit yuk poezdlarini qabul qilish, jo‘natish va o‘tkazib yuborish, terma yuk poezdlari bilan manyovr ishlarini bajarish, ular bilan keladigan mahalliy yuk vagonlarini korxona shoxobcha yo‘llariga va yuk frontlariga uzatish va yig‘ib kelish. Ayrim oraliq stansiyalarda pog‘onasimon va jo‘natuvchi marshrutlarini tuzish, zaruriy hollarda poezdlarga tirkama lokomotiv qo‘shish yoki ajratish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar ham bajariladi. Rasm 8.5. Oraliq stansiyasining ishlashi Yo‘lovchilarga xizmat jarayonlari: yo‘lovchilarni poezdlarga chiqarish va tushirish, chiptalarni sotish, yo‘lovchi poezdi tezligida tashiladigan bagaj va yuklarni ortish-tushirish, qabul qilish, berish va saqlash. Yuk va tijorat ishlari: yuklarni qabul qilish, ortish-tushirish, berish va saqlash, tashish hujjatlarini rasmiylashtirish, tashish xizmatlari hisob-kitoblarini bajarish, vagonlar og‘irligini o‘lchash va boshqalar. Oraliq stansiyalarida texnik, yo‘lovchi, yuk va tijorat ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni bajarish uchun tegishli qurilma va inshootlar bo‘lishi kerak. Texnik jaryonlarni bajarish uchun quyidagilar mavjud: Bosh, qabul-jo‘natish, tortish yo‘llari, zaruratga qarab korxona shoxobcha yo‘llarining ulanishi, ehtiyot va tutib qoluvchi berk yo‘llar, stansiya navbatchisining, strelkachilarining xonasi, kirish va chiqish signallari, qo‘shni stansiyalar va poezd dispetcheri bilan aloqa vositalari. Yo‘lovilarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish uchun stansiyalarda yo‘lovchi binosi, platformalari va ularni o‘zaro bog‘lovchi ko‘prik yoki tonnel kabi o‘tish yo‘laklari, bagaj omborxonalari, suv ta’minoti inshootlari va shu kabilar loyihalanadi (rasm 8.5). Yuk ishlarini bajarish uchun stansiyada umum foydalanishli yopiq omborxonalar, usti yopiq va ochiq platformalar, konteyner va to‘kma yuk maydonchalari, ortish-tushirish yo‘llari, yuk mexanizmlari va inshootlari loyihalanadi. Bularning barchasi odatda avtomobil yo‘llari bilan qulay bog‘lanadi. Sanab o‘tilganlardan tashqari oraliq stansiyalarida tegishli yoritish tarmoqlari, ma’muriy texnik binolar, savdo xonalari va vokzal oldi maydonchalari ham nazarda tutiladi. Yo‘lovchi binosi tomonidan stansiya uchun ajratilgan maydon chegarasida odatda temir yo‘l, shu jumladan stansiya xizmatchilari uchun ayrim turar joy manzillari yoki ko‘rg‘onlar quriladi. Oraliq stansiyalar orasidagi masofa 40-60 km ni tashkil etib, mahalliy sharoitlarga qarab ko‘proq yoki kamroq bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonning ko‘pgina mavjud stansiyalari orasidagi masofa 15-20 km dan oshmaydi. Yuk inshootlarini rekonstruksiya qilishda umum foydalanuvli yuk hovlilarining ishini kam sonli stansiyalarda bajarish maqsadga muvofiq. Oraliq stansiyalari temir yo‘l tarmoqlaridagi stansiyalarning eng katta qismini tashkil etadi. Har bir oraliq stansiyasiga u xizmat ko‘rsatadigan ma’lum iqtisodiy nohiya yondoshadi. Oraliq stansiyalarda terma poezdlardan vagonlar uziladi, jo‘natilganlari tirkaladi, yuklar ortiladi va tushiriladi. Har bir ortilgan vagon uchun stansiya tashish hujjatlarini (nakladnaya, dorojnaya vedomost, vagonno‘y list), ayrim yuklar uchun esa tegishli sertifikat rasmiylashtiradi. Yuk ishlarini bajarish uchun ish hajmi va xarakteriga mos bo‘lgan yuk qurilmalari mavjud bo‘ladi. Oraliq stansiyalarining chizmalari asosan qabul-jo‘natish yo‘llarining o‘zaro joylashuvi bo‘yicha bo‘ylama, yarim bo‘ylama va ko‘ndalang turlarga bo‘linadi. Bulardan tashqari oraliq stansiyasi chizmalari bosh va qabul-jo‘natish yo‘llari soni, yuk nohiyasining joylashuvi, korxona tortish shoxobchalarining mavjudligi va yo‘lovchi inshootlarining joylashuvi bo‘yicha farqlanishi mumkin. I va II darajali bir yo‘lli liniyalarda bo‘ylama va yarim bo‘ylama turdagi, III va IV darajali yo‘llarda esa ko‘ndalang turdagi stansiyalar tavsiya etiladi. Ikki yo‘lli liniyalarda ko‘ndalang turdagi, qabul-jo‘natish yo‘llari o‘zaro parallel joylashgan stansiyalar asosiy chizma sifatida tavsiya etilib, ular stansiya inshoot va qurilmalarining ixcham va gavjum joylashishini ta’minlaydi. Oraliq stansiyalarida bosh yo‘llardan tashqari ikkitadan to‘rttagacha qabul-jo‘natish yo‘llari quriladi. Terma poezdlar bilan ishlash uchun ortish-tushirish, olib qo‘yish va tortish manyovr yo‘llari quriladi. Yuk nohiyasi (yuk hovlisi) odatda stansiyaning yo‘lovchi binosiga qarama-qarshi tomonidan qurilib manyovr ishlarida bosh yo‘llar orqali o‘tishlar kamaytiriladi. Download 152.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling