10-ma’ruza temir yo‘llarda ajratish punktlari reja


Raz’ezdlar va quvib o‘tish punktlari


Download 152.25 Kb.
bet3/6
Sana19.04.2023
Hajmi152.25 Kb.
#1366341
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Маъруза 10

3. Raz’ezdlar va quvib o‘tish punktlari

Raz’ezdlar faqat bir yo‘lli liniyalarda qurilib, qarama-qarshi yo‘nalish poezdlarini o‘zaro o‘tkazib yuborish (kesishuv) va bir yo‘nalishdagi poezdlarni o‘zaro quvib o‘tishi uchun xizmat qiladi. Raz’ezdlar bosh yo‘l va bir-ikki qabul-jo‘natish yo‘llaridan iborat bo‘ladi.
qarama-qarshi yo‘nalish poezdlarini o‘zaro o‘tkazib yuborish uchun birinchi kelayotgan poezd qabul-jo‘natish yo‘llarining biriga (asosan o‘ng tomon yo‘liga) qabul qilib to‘xtatiladi, qarama-qarshi tomondan kelayotgan ikkinchi poezd bosh yo‘l bo‘ylab to‘xtatmay o‘tkazib yuboriladi. Ikkinchi poezd kirish strelkali bo‘g‘izidan o‘tgan zahoti to‘xtatilgan birinchi poezd uchun yo‘l hozirlanib, chiqish signali ochiladi va poezd jo‘natiladi.
Poezdlarning o‘zaro quvib o‘tishi birinchi kelayotgan poezdni qabul-jo‘natish yo‘liga olib to‘xtatish va shu yo‘nalishda kelayotgan ikkinchi tezkor poezdni to‘xtatmay o‘tkazib yuborishdan iborat. Agar quvib o‘tuvchi yo‘lovchi poezdi bo‘lib, uning to‘xtashi va yo‘lovchilar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda qulaylik va xavfsizlik maqsadlarida birinchi poezdni yo‘lovchi binosining qarama-qarshi tomonidagi yo‘lga olib to‘xtatish lozim bo‘ladi.
Raz’ezdlarda kesishuv va quvib o‘tishdan tashqari ayrim yo‘lovchi va shaharatrof poezdlariga yo‘lovchilar chiqarish-tushirish, ayrim hollarda kam miqdorda yuk ishlarini bajarish mumkin. O‘zbekistondagi raz’ezdlarning aksariyat qismi aholi gavjum va qishloq xo‘jaligi rivojlangan hududlardan o‘tgani sababli ko‘pchilik raz’ezdlarda yo‘lovchi va yuk ishlari bajariladi.
Raz’ezdlarning chizmalari qabul-jo‘natish yo‘llarining o‘zaro joylashuviga qarab bo‘ylama, yarimbo‘ylama va ko‘ndalang turlarga bo‘linadi.
Bo‘ylama turdagi qabul-jo‘natish yo‘llari o‘zaro ketma-ket joylashgan raz’ezdlar (rasm 8.1a) tutash peregonlar uzunligini bir oz qisqartirish va raz’ezd orqali uzaytirilgan va qo‘shma poezdlarni o‘tkazish imkonini berib, yo‘lning poezd o‘tkazish qobiliyatini oshiradi. Ushbu afzalliklar va bosqichli rivojlanish imkoniyatlarini hisobga olib bo‘ylama turdagi raz’ezdlar yaqin kelajakda ikkinchi bosh yo‘l yoki ikki yo‘llik qo‘shimchalar qurilishi, hamda uzaytirilgan va qo‘shma poezdlar o‘tkazilishi mo‘ljallangan liniyalarda asosiy chizma sifatida tavsiya etiladi.



Rasm 8.1. Raz’ezdlar chizmasi






Rasm 8.2. Raz’edlarning ishlash prinsipi


Ushbu holatlarda stansiya maydoni uzunligi yetarli bo‘lmasa bo‘ylama turdagi raz’ezd imkoniyatlari va qulayliklariga yaqin bo‘lgan yarim bo‘ylama turdagi (rasm 8.1b) raz’ezdlarni qurish tavsiya etiladi. Yarim bo‘ylama turdagi raz’ezdlarda yo‘lovchi poezdlari, shu jumladan to‘xtab o‘tadigan yo‘lovchi va shaharatrof poezdlarini ham bosh yo‘l orqali o‘tkazish ko‘zda tutiladi. Shuning uchun bosh yo‘l bo‘ylab muomaladagi yo‘lovchi poezdlari sig‘adigan uzunlikda yo‘lovchi platformasi va stansiya binosi quriladi. qabul-jo‘natish yo‘llarining biri yo‘lovchi inshootlariga parallel va ikkinchisi (qarama-qarshi tomon uchun) yo‘lovchi poezdlarining chiqish signalidan keyin ketma-ket quriladi.



Download 152.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling