10 Mavzu : Ko’pburchaklar Sana
Download 48.33 Kb.
|
очиқ дарс математика
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlantiruvchi
- I Tashkiliy qism.
- III Yangi mavzu bayoni 6.Har bir shaklning nomini ayting
- IV Yangi mavzuni mustahkamlash
- VI. Uyga vazifa
10 Mavzu :Ko’pburchaklar Sana 24.01.2020y. Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish. Matematik tayyorgarlikni belgilash Ta’limiy: O’quvchilarning sanoq texnikasini, to’g’ri va teskari sanash qobiliyatlarini boyi- tish. Sonlarni o’zaro taqqoslash , masala yechish orqali ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy munosabatini bildira olish; amaliy vaziyatlarda o‘rganilgan matematik tushunchalar va algoritmlarni qo‘llay oladi. Tarbiyaviy: O’quvchilarda jonivorlarga nisbatan mehr uyg’otish. O’quvchilarda topqirlik va zukkolik fazilatlarini tarbiyalash. o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqish. milliy bayramlarimizga oid sana va vaqtlarni bilish, ularni kundalik hayotda qo‘llay olish;zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘sh gan hissalarini tushuna olish. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish. o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi; Dars turi: Yangi tushuncha berish. Metodi: aralash, savol-javob , mustaqil ish.. Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi. Darsning borishi. I Tashkiliy qism. a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish b) ma’naviyat daqiqasi Kun yangiligi II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.O’tilgan mavzularni savol-javob orqali takrorlash. O’tilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish. III Yangi mavzu bayoni 6.Har bir shaklning nomini ayting: Hamma shakllarni bir so‘z bilan nima deb aytish mumkin?
7. Jadvaldan javobi bir xil bo’lgan misollarni toping. 1) 60+9=69 4) 54-4=50 7) 60+20=80 10) 47-7=40 2) 95-5=90 5) 68+1=69 8) 45-10=35 11) 30+5=35 3) 20+20=40 6) 82-2=80 9) 70+20=90 12) 58-8=50 1) va 5), 2) va 9), 3) va 10), 4) va 12), 6) va 7), 8) va 11). 8. Masalani yeching. Kutubxonada 18 ta «Bilimdon» jurnali bor edi. Kutubxonachi bir nechta jurnalni o‘quvchilarga o‘qish uchun tarqatgandan keyin 8 ta jurnal qoldi. Kutubxonachi nechta jurnal tarqatgan? Javob:18-8=10 ta jurnal. O’quvchilar javoblarini nazorat qilish xatolar ustida ishlashni o’rgatish. (O’quvchilar javoblarini mustahkamlash, ularni fikrlarini to’g’riligini tasdiqlash). IV Yangi mavzuni mustahkamlash 9.Qanday ko‘pburchak tushib qolgan? 10. 20+8= 28 44-4= 40 50+9= 59 95-5 = 90 50+5= 55 76-6=70 V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish. O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi. VI. Uyga vazifa: 92-sahifa 11– misol. KOGON TUMAN 2 – UMUMTA’LIM MAKTABI 1 – B SINF O’QITUVCHISI L.I.SAFAROVANING MATEMATIKA FANIDAN 1 SOATLIK OCHIQ DARS ISHLANMASI 2020 - yil Download 48.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling