10-Mavzu: A. Asqarov, N. A. Avanesova, T. Shirinov, Sh. Shaydullaevlarning O‘zbekiston bronza davrini o‘rganishga ko‘shgan hissasi
Download 14.63 Kb.
|
10-mavzu
10-Mavzu: A.Asqarov, N.A.Avanesova, T.SHirinov, Sh.Shaydullaevlarning O‘zbekiston bronza davrini o‘rganishga ko‘shgan hissasi A.Asqarov, N.A.Avanesova, T.SHirinov, Sh.Shaydullaevlar Surxandaryo vohasida Sopolli bronza davri madaniyatini o`rganishgan. Sopollitepa aholisi otashparastlar bo‘lgan. Olov ularda asosiy sig‘inish, topinish ob’ekti bo‘lgan. Zardushtiylikda (uning ildizi otashparastlikda) olov qatorida yer, ona zamin muqaddas bo‘lgani bois, otashparast kohinlar murdasi dastlab xumlarga solib ko‘milgan. Ularning farzandlari esa, xumchalarga solib ko‘milgan. Sopollitepa davrida totemizm, animizm, magiya kabi totemlarga sig‘inish uchramaydi. Ammo, ularning toshga, terrakota va metallga ishlangan siymolari (shakli-shamoyili) tumor, tosh munchoq naqshlari, katta patriarxal oila va qishloq sardorining muhrlarida ramziy ma’noda uchraydi. Masalan, Sopollitepada ilon, burgut, tuya, to‘qay mushugi, arxar, tog‘ takasi, yo‘lbars, to‘ng‘iz kabi jonzotlar, turli xil giyohlar tumor va jamoa muhrlarida keng aks etgan. Sopollitepada hatto 8ta urug‘ jamoasini birlashtiruvchi bronzadan ishlangan qishloq jamoasining muhri-tumori topilgan (Rasm 5-1). Uning bir tomonida 4 xil ilon tasvirlansa, ikkinchi tomoniga 4 ta yovvoyi hayvon (to‘ng‘iz, yo‘lbars, to‘qay mushugi va tog‘ takasi) surati tushirilgan. Sopollitepa topilmalari orasida giltoshdan ishlangan tumorlar uchraydi. Uning yuz tomonida odam surati, orqa tomonida esa ikki urkachli baqtriana tuyasi aksi tushirilgan. Bu tumorda Zardusht va u bilan bog‘liq baqtriana tuyasining ramzi aks etgan (Rasm 5-2). Shunday qilib, Sopollitepaning tarixiy topografiyasi, u yerdan topilgan ashyoviy dalillar, qala maydonida joylashgan oddiy uy-joylar qoldiqlarining rejasi shuni ko‘rsatmoqdaki, Sopollitepa hali shahar darajasiga o‘sib chiqmagan protoshahardir. Chunki, uning hududiy doirasida hukmdor qarorgohi joylashgan Arki A’lo hali shakllanmagan. Ko‘xna tarixdan ma’lumki, o‘tmishi uzoq, tarixi va madaniyati boy, o‘troq xalqning dastlabki davlatchiligi zaminida shaharsozlik madaniyati yotadi. Bu xulosa yer qurrasida, birinchi bor eng qadimgi davlatlar tashkil topgan qadimgi Sharq mintataqalari misolida ilmiy isbotlangan. Jarqo‘ton. Shaharlarning tashkil topishida asosan aholining o‘troq xo‘jalik hayoti va u bilan bog‘lik yana uch omil mavjudligi tarixan zarur hisoblanadi. A.Asqarovning ta`rificha bu omillar quyidagicha: Birinchisi, qulay tabiiy sharoit, ya’ni unumdor tuproq, suv va boshqa geografik omillar; ikkinchisi, hosildor sug‘orma dehqonchilik va uni ta’minlovchi agrotexnika. Bular shaharlarning paydo bo‘lishidagi iqtisodiy omillar hisoblanadi. Uchinchisi, anashu iqtisodiy omillar asosida vujudga kelgan tabaqalashgan jamiyatning diniy, harbiy va siyosiy jihatdan boshqaruv tizimini tug‘ilishiga sharoit yetilgan bo‘lishi kerak., ya’ni iqtisodiy hayotda yuz bergan tub o‘zgarishlar (dehqonchilikda sun’iy sug‘orish sistemasining kashf etilishi, daryolardan magistral kanallar orqali yangi yerlarga suv chiqarish, yerni ishlashda omoch va hayvondan foydalanish, xunarmandchilikning to‘qimachilik sohasida yig‘iruv va to‘quv dastgohining kashf etilishi, kulolchilikda charhning va ikki yarusli xumdonning kashf etilishi, metal eritish va quyish texnologiyasining kashf etilishi, uy hayvonlaridan transportda foydalanishga o‘tish, qurilishda reja asosida uy-joy va monumental binolar qurishga o‘tish, atrof muhit haqida to‘plangan bilimlar asosida astranomiya, astrologiya, quyosh soati, kalendar, murakkab hisoblash sistemasini ixtiro etish va boshqalar) tufayli ijtimoiy hayotda tabaqalanish yuz beradi. Anashu tabaqalanish jarayoni ma’lum nuqtaga yetgach, jamiyatni boshqarish zaruriyati tug‘iladi. Download 14.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling