10-Mavzu: Asinxron dvigatellar Reja
-rasm. Asinxron dvigatelini tuzilishi
Download 287.63 Kb. Pdf ko'rish
|
10.1-rasm. Asinxron dvigatelini tuzilishi.
Bu pazlarga faza rotorli AD larda maxsus chulg’amlar o’raladi, qisqa tutashgan rotorli AD larda esa olmaxon katakchalari singari qilib misdan yoki alminiydan quyib rotor chulg’ami tayyorlanadi. Bu quyilgan o’tkazgichlarni ikki tomoni xalqasi mon qilib bir – biri bilan tutashtiriladi. Qishloq xo’jalik sharoitida o’zgaruvchan tok dvigatellari ko’proq qo’llanila- di, chunki, ularni tuzilishi nisbatan sodda, pishiq, ixcham va arzon. O’zgaruvchan tok dvigatellari uch va bir fazali qilib ishlab chiqariladi. Asinxron dvigatellarni rotor chulg’amlarida esa o’zgaruvchan EYUK induksiyalanadi va o’zgaruvchan tok oqadi. Demak stator va rotor ariqchalarida chulg’amlar joylashgan bo’ladi. Dvigatelni stator chulg’amlari uch fazali tarmoqqa ulanganida manbaadan kelayotgan kuchlanish aylanuvchan magnit maydonini hosil qiladi. Shunday qilib elektr energiyasi elektrodvigatellarda mexanik energiyaga aylanadi. Ular magnit induksiyasiga asosan ishlaydi. Asinxron dvigatellar iqtisodiy ko’rsatkichlari yuqori, tuzilishi sodda, ixcham, bikir, engil va nisbatan arzon. Elektrodvigatellar normal ish rejimida ishlashga mo’ljallangan va u dvigatelya pasportida ko’rsatilgan bo’ladi. Sanoatda uch xil rejimdja ishlaydigan elektrodvigatellar ishlab chiqarilmoqda. 1.davomli (S 1 ), 2. Qisqa vaqtli (S 2 ), 3.qisqa takrorlanuvchan (S 3 ) bo’ladi. 10.3.Qisqa tutashtirilgan va faza rotorli asinxron dvigatellarni ishga tushirish. Uch fazali asinxron elektrodvigatelining statori chulg’ami yulduz yoki uchburchak sxemada ulangan bo’ladi. Chulg’amlarning bosh va oxirgi uchlari klemmalar bilan tugallanib, bu klemmalar elektr dvigateli statoriga maxkamlangan щitga joylashtirilgan bo’ladi. Elektr mashinalariga oid standartga ko’ra stator chulg’amlarining tashqariga chiqarilgan uchlari щitda belgilab qo’-yiladi. Masalan tarmoq kuchlanishi 380 V bo’lganda va nominal faza kuchlanishi 220 V bo’lganda asinxron elektrodvigatelni chulg’amlari faqat yulduz usulida ulanishi kerak. Shunday qilib, xar bir elektrodvigatel chulg’amida bir – biridan 3 marta farq qiladigan tarmoq kuchlanishi bo’ladi. Chulg’amning bosh uchlari S 1 S 2 S 3 va chulg’amning oxirgi uchlari S 4 S 5 S 6 bilan belgilanadi. Asinxron dvigatelining xar bir fazasi chulg’amlari ma’lum nominal faza kuchlanishiga mo’ljallangan bo’ladi. Agar elektr dvigateli ulanishi zarur bo’l-gan tormoqning liniya kuchlanishi, elektrodvigatelning normal faza kuchlanishiga teng bo’lsa, uning chulgamlari uchburchak usulida ulanadi. Agar dvigatel ulanishi kerak bo’lgan tarmoqning liniya kuchlanishi nominal faza kuchlanishidan 3 marta katta bo’lsa, asinxron elektrodvigatelning chulg’amlari yulduz usulida ulanadi. Quyida asinxron dvigatelni tizimga ulanishining prinsipial sxemasi keltirilgan. A B S N AP – 50 K n S K n P PM BK RT 1 RT 2 RT 1 RT 2 Kichik quvvatli elektrodvigatelni yurgizib yuborish uchun rubilnikni tarmoqqa bevosita tutashtirish kifoya. Bunday usulda dvigatelni tarmoqqa ulash mumkin yoki mumkin emasligini tarmoqning belgilangan quvvatiga qarab aniqlanadi va avval tekshirib ko’riladi. Yurgizib yuborishning dastlabki paytida magnit oqimining xarakatsiz turgan rotorga nisbatan juda katta tezlik bilan aylanishi tufayli rotorda juda katta elektr yurituvchi kuch paydo bo’ladi. Asinxron dvigatellarni klemmalari ulanish usuliga qarab ikki xil ulash mumkin, yulduz usulida va uchburchak usulida. Ularni ulanish usullari quyida keltirilgan. Shunga muvofiq rotordagi tok ham nominal tokdan 5 – 7 marta ortiq bo’ladi. Stator toki ham 4 – 7 martagacha ortadi. Dvigatelni yurgizib yuborish toki katta bo’lishiga qaramay uning o’zi uchun xech qanday xavf tug’dirmaydi, chunki bu tok tezda pasayib qoladi va mashina yo’l qo’yib bo’lmaydigan darajada qizishga ulgurmaydi. Qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni ishga tushirganimizda uning statoriga manbaadan kuchlanish keladi va dvigatelni statori chulg’amlarida V Download 287.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling