10-Mavzu: Asinxron dvigatellar Reja
Download 287.63 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.4. Asinxron dvigatellar (AD) ning quvvat va foydali ish koeffitsenti. 10.5. AD larni aylanishlar tezligini rostlash usullari.
10-Mavzu: Asinxron dvigatellar Reja: 10.1. Asinxron motorlar haqida umumiy tushunchalar. 10.2. Uch fazali asinxron motorlarni tuzilishi va ishlash prinsipi. 10.3. Qisqa tutashtirilgan va faza rotorli asinxron dvigatellarni ishlatish 10.4. Asinxron dvigatellar (AD) ning quvvat va foydali ish koeffitsenti. 10.5. AD larni aylanishlar tezligini rostlash usullari. Tayanch so’z va iboralar: tuzilishi, ishlash prinsipi, qisqa tutashtirilgan, faza rotorli asinxron dvigatellar, bir fazali, uch fazali, quvvati, foydali ish koeffitsenti, aylanishlar tezligi, rostlash usullari 10.1.Asinxron motorlar haqida umumiy tushunchalar. Asinxron dvigateli hozirgi zamon elektr dvigatellarini eng ko’p tarqalgan turi hisoblanadi. Yuksak texnik va iqtisodiy ko’rsatkichlari tufayli bu elektr dvigateli sanoatda va xalq xo’jaligida juda ko’p qo’llanilmoqda. AD tuzilishi sodda, foydalanishga qulay, tan narxi arzon va undan foydalanish uchun yuqori malakali personal talab qilinmaydi. AD ni 1889 -yili M.O.Dolivo–Dobrovolskiy kashf etgan. Bu dvigatel ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan elektr mashinalarining 85 % tashkil qiladi. Uni asinxron dvigatel deb nomlanishiga sabab, unda statordagi magnit oqimini aylanishidan rotor aylanishlar tezligi albatta orqada qolishidir 1.2. Uch fazali asinxron motorlarni tuzilishi va ishlash prinsipi. Asinxron elektr dvigateli – ikki qismdan iborat. Qo’zg’almas qism stator va aylanuvchan qism rotor. Dvigatelning statori qalinligi 0,35…0,5 mm li ayrim elektrotexnik po’lat listlardan yig’iladi. Bu listlar bundan tashqari bir – biri bilan lak orqali izolyasiyalanib, shibbalab, laklanib statinaning ichki sirtiga presslab qoqiladi. Statorning ichki sirtiga maxsus pazlar o’yilgan bo’lib ularga statorning chulg’amlari joylashtiriladi. Bu dvigatel ham hamma elektr qurilmalari singari magnit induksiya prinsipiga asosan ishlaydi. AD ning rotori ham maxsus po’lat varaqlardan (qalinligi 0,35…0,5 mm li) tayyorlanib, bir – biri bilan lak bilan izolyasiyalanib, shibbalab, maxsus o’qqa qoqiladi va uning sirtqi qismiga maxsus pazlar o’-yilgan bo’ladi. Download 287.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling