10-Mavzu: Asinxron dvigatellar Reja


Asinxron dvigatellar (AD) ning quvvat va foydali ish koeffitsenti


Download 287.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana18.02.2023
Hajmi287.63 Kb.
#1211972
1   2   3   4
 
10.4.Asinxron dvigatellar (AD) ning quvvat va foydali ish koeffitsenti. 
Xar – bir elektr qurilmasida hamma vaqt birga yaqin bo’lgan cos

hosil 
qilishga intilish kerak. Asinxron dvigatel bilan jihozlangan elektr qurilmasini 
quvvat koeffitsentini turli usullar bilan yaxshilash mumkin:
1.Elektr motorni quvvatiga qarab to’g’ri tanlash. Bu usulda elektr dvigatelini 
shunday tanlash kerakki, u ishlash vaqtining ko’p qismida nominal quvvatga yaqin 
yuklama bilan ishlaydigan bo’lsin. 
2.Agar asinxron motorning yuklamasi nominal quvvatining 40 % ga etmasa 
va stator chulg’amlari uchburchak usulda ulangan bo’lsa, u holda chulg’amlarning 
yulduz sistemasiga qayta ulangani maqul bo’ladi. 
3.Dvigatelga parallel ulangan kondensatorni ishlatib ham quvvat 
koeffitsentini yaxshilashga erishish mumkin. 
4.Quvvati ancha katta bo’lgan asinxron dvigatelni Sos

sini yaxshilash 
uchun fazalar siljishini hosil qiluvchi sinxron kompensatorni ishlatish kerak 
bo’ladi. Yuqoridagi usullardan foydalanib asinxron dvigatelni foydali ish 
koeffitsentini ham orttirish mumkin.
Aylanuvchi magnit oqimini uch fazali tok yordamida ham, bir fazali tok 
yorda mida ham hosil qilish mumkin. Bir fazali tok yordamida magnit oqimini 
hosil qilish uchun statorda bir – biriga nisbatan 90
0
burchakka siljigan ikkita AX va 
VU chulg’am joylashtiriladi. Agar xar bir fazadagi g’altaklar sonini ikki marta 
ko’paytirsak, oqim to’rt qutbli bo’ladi, uning aylanishlar tezligi ikki martaga 
kamayadi. 
Aylantiruvchi oqim xuddi uch fazali dvigateldagi singari qisqa tutashtirilgan 
rotorni 
aylantiradi. 
Rotorni 
aylanish 
yo’nalishini 
o’zgartirish 
uchun 
chulg’amlardan birini tokini yo’nalishini o’zgartirish kifoya. Buning uchun 


chulg’amni tok manbaasiga boruvchi uchlarini almashtirib ulanadi. Asinxron 
dvigatelni tezligini uning juft qutblar sonini o’zgartirish bilan ham rostlash 
mumkin. Elektr dvigatelidagi juft qutblar sonini masalan, ikki marta orttirish bilan 
magnit maydonining va, demak elektr dvigateli aylanishlar tezligini ikki martaga 
kamaytiramiz. Tezlikni rostlashning bunday usulida stator chulg’amining xar bir 
fazasini ketma – ket yoki parallel ulash mumkin bo’lgan ikkita bir xil qismdan 
iborat bo’lishi kerak. O’zaro mos ikkita qismni katma – ket ulanganda stator 
chulg’amlarini qutblarining sonini parallel ulangandagiga nisbatan ikki marta ko’p, 
aylanishlar tezligi esa ikki marta kam bo’ladi. 
 

Download 287.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling