10-mavzu. Banklar xalqaro operatsiyalari va bitimlarini huquqiy jihatdan muvofiqlashtirish


Valyuta operatsiyalari tushunchasi va amalga oshirilishining umumiy qoidalari


Download 0.55 Mb.
bet2/3
Sana17.11.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1782842
1   2   3
Bog'liq
10 MAVZU BANKLAR XALQARO OPERATSIYALARI VA BITIMLARINI HUQUQIY JIHATDAN

2. Valyuta operatsiyalari tushunchasi va amalga oshirilishining umumiy qoidalari

  • Valyuta operatsiyalari deganda valyuta boyliklariga nisbatan mulk xuquqini bir shaxsdan boshqa shaxsga o‘tkazish, xususan, ulardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish, uni sotish yoki sotib olish, O‘zbekiston xududiga olib kirish yohud chetga olib chiqish, xalqaro pul jo‘natmalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan amaliyotlar nazarda tutiladi.
  • Valyuta operatsiyalari vakolatli banklar yoki boshqa muassasalar orqali amalga oshirilishi mumkin. Rezidentlar bilan norezidentlar o‘rtasida milliy valyutada amalga oshiriladigan operatsiyalar ham valyuta operatsiyalari bo‘lib hisoblanadi.

Joriy xalqaro operatsiyalar va kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari o‘zaro farqlanadi.

  • Joriy xalqaro operatsiyalarga quydagilar kiradi:
  • tashqi savdo, boshqa joriy faoliyat olib borilishi, shu jumladan xizmatlar ko‘rsatilishi munosabati bilan, shuningdek odatdagi qisqa mudatli bank va kredit mexanizimlari ishlashi munosabati bilan to‘lanishi zarur barcha to‘lovlar;
  • foizlar va boshqa daromadlar ko‘rinishida, shu jumladan bank omonatlari, kriditlar hamda lizing bo‘yicha olinadigan foizlar va boshqa daromadlar shaklida, shuningdek boshqa investitsiyalardan olinadigan sof daromad shaklida to‘lanishi zarur to‘lovlar;
  • kriditlarni, qarzlarni uzish uchun yoki to‘g‘risidan – to‘g‘ri investitsiyalar amortizatsiyasi uchun maqbul summalarni to‘lash;
  • savdo bilan bog‘liq bo‘lmagan pul jo‘natmalarining maqbul summalari.

Savdo bilan bog‘liq bo‘lmagan pul jo‘natmalariga quydagilar kiradi:

  • Savdo bilan bog‘liq bo‘lmagan pul jo‘natmalariga quydagilar kiradi:
  • ish xaqi, stipendiyalar, pensyalar, alimentlar to‘lash;
  • xodimlarni O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safariga yuborish bilan xarajatlarni to‘lash;
  • talim va davolanish uchun haq to‘lash;
  • O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlaridagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo yoki hukumatlararo tashkilot huzuridagi doimiy vakolatxonalari ta’minoti uchun haq to‘lash.
  • Notarial va tergov xarakatlari bilan bog‘liq to‘lo‘vlar, shuningdek bunday xarakatlarni amalga oshirish va ishlarni sudlarda ko‘rish munosabati bilan davlat boji to‘lash;
  • sudning, arbitrajning, shuningdek tergov va boshqa huquqini muhofaza qiluvchi organlarining karorlari asosida pul mablaglari to‘lash;
  • xalkaro kongresslar, simpoziumlar, konferensiyalarda, sport va madaniy tadbirlarda shuningdek boshqa xalqaro uchrashuvlar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etganlik uchun to‘lovlar investitsiya bilan bog‘liq va moddiy xarajatlar bundan mustasno;
  • dafn qilish bilan bog‘liq to‘lovlar;
  • mualiflik haqini to‘lash, patent bojlarini to‘lash va intellektual mulk sohasidagi litsenziya shartnomalari bo‘yicha haq to‘lash;
  • xalqaro notijorat tashkilotlariga badallar;
  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan boshqa operatsiyalar.
  • Joriy xalqaro operatsiyalar va chet el valyutasini ular bilan bog‘liq holda sotib olish yoki sotish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling