10-mavzu. Biznes modellarni ishlab chiqish


Ishlab chiqarishni optimallashtirish va iqtisod qilish


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana17.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1706442
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
10.3. Canvas yondashuvi asosida biznes modellarni tahlil qilish

Ishlab chiqarishni optimallashtirish va iqtisod qilish 
Bu resurslarni taqsimlash va xo’jalik operatsiyalarini optimallashtirish 
maqsadida mijoz va yetkazib beruvchi o’rtasidagi sheriklik yoki munosabatlarning 
asosiy shakli. Kompaniyaning barcha resurslarga egalik qilishi yoki o'z 
mahsulotlarini chiqarish bilan bog'liq barcha tadbirlarni amalga oshirishi 
mantiqsizdir. Optimallashtirish va iqtisodiy tejamkorlik bilan hamkorlik qilib
kompaniya xarajatlarni tejashga erishadi. Ko'pincha ushbu hamkorlik shakli 
autsorsing yoki infratuzilmadan birgalikda foydalanishni o'z ichiga oladi. 
Xavf va noaniqlikni kamaytirish 
Hamkorliklar noaniqlik bilan tavsiflangan raqobat muhitida xavfni 
kamaytirishga yordam beradi. Kompaniyalarning bir sohada strategik ittifoq tuzishi, 
boshqalarda esa raqobatdosh bo'lib qolishi odatiy holdir. Masalan, optik disklar 


uchun Blu-ray formati maishiy texnika, shaxsiy kompyuterlar va elektron 
tashuvchilar ishlab chiqarishda yetakchi kompaniyalar guruhi tomonidan birgalikda 
ishlab chiqilgan. 
Resurslarni yetkazib berish va birgalikdagi faoliyat 
Faqatgina sanoqli kompaniyalar o'zlarining biznes modeli tarkibiga kiradigan 
barcha resurslarga egalik qiladilar yoki barcha faoliyatni amalga oshiradilar. Odatda 
ular ma'lum resurslarni qazib olish va yetkazib berish va muayyan harakatlarni 
amalga oshirish funktsiyalarini hamkorlariga topshiradilar. Bunday hamkorlik bilim 
olish, litsenziyalash huquqlari yoki iste'molchi bozorlariga erishish uchun bo’lishi 
mumkin. Masalan telefon kompaniyalari o’z operatsion tizimlarini ishlab 
chiqarishdan ko’ra, uni hamkorlarga topshirib o’zlari esa boshqa muhim 
jarayonlarga e’tibor qaratishlari mumkin. Sug'urta kompaniyasi o'z polislarini sotish 
uchun xodimlarni jalb qilmasdan, mustaqil agentlarga topshirishlari mumkin. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling