10-mavzu. Biznes modellarni ishlab chiqish


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana17.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1706442
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
10.3. Canvas yondashuvi asosida biznes modellarni tahlil qilish



 
 
 
10-MAVZU. BIZNES MODELLARNI ISHLAB CHIQISH 
10.3. Canvas yondashuvi asosida biznes modellarni tahlil qilish 
 
Dastlab biz Canvas biznes modelining mazmun va mohiyatini tushunib, 
to’qqizta blokning har biri nima maqsadlarga yo’naltirilganligi va ularning tavsifi 
bilan tanishib chiqdik. Ushbu bo’limda Canvas modelining to’qqizta bloke asosida 
biznes modelni tahlil qilish uchun savollar va savollarga javob toppish mumkin 
bo’lgan izohlarni keltirdik. Quyida har bir blok uchun savollar ketma-ketligi 
keltirilgan. 
1. Mijozlar segmentlari. Biznes model tuzayotganda bozor segmentini yaxshi 
tushunish uchun quyidagi savollarga javob berish kerak. Kim uchun qiymat taklifi 
yaratiladi? Kompaniya uchun qaysi mijozlar muhimroq? Biznes modellarda 
iste'molchilar segmentlarini tanlash turli yo'llar bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Bunga bir nechta misollarni ko'rib chiqamiz: 
Ommaviy bozor. Keng Iste'mol tovarlari taklifi bilan bog'liq biznes modellar 
iste'molchilar segmentlarini farqlamaydi. Bunda qiymat taklifi, sotuv kanallari va 
mijozlar bilan munosabatlar tizimi o'xshash talab va ehtiyojlarga ega bo'lgan 
iste'molchilarning katta guruhiga qaratiladi. Ushbu turdagi biznes modeli, masalan, 
maishiy texnika sanoatida odatiy holdir. 
Maxsus 
bozor. 
Ehtiyot 
qisimlar 
bozoriining 
biznes 
modellari 
iste'molchilarning alohida segmentlariga yo'naltirilgan. Qiymat takliflari, savdo 
kanallari va mijozlar bilan munosabatlari bozor talablariga muvofiq ravishda 
quriladi. Shunga o'xshash biznes modellarini ko'pincha resurslar va ehtiyot qismlarni 
yetkazib berishda kuzatish mumkin. Misol uchun, ko'plab avto ehtiyot qismlar ishlab 
chiqaruvchilar katta avto kompaniyalarning xaridlariga bog'liq. 



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling