10-mavzu. Biznes modellarni ishlab chiqish


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana17.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1706442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
10.3. Canvas yondashuvi asosida biznes modellarni tahlil qilish

Ishni bajarish 
Qiymatni mijozga ma’lum bir ishni bajarishda yordam berish orqali ham 
yaratish mumkin. Rolls-Royce buni juda yaxshi tashkil etgan: aviakompaniyaning 
mijozlari samolyot dvigatellarini ishlab chiqarish va texnik xizmat ko'rsatishda to'liq 
Rolls-Roycega ishonadilar. Bu kompaniya mijozlariga faqat aviaqatnovlarga e'tibor 
qaratish imkoniyatini beradi. O'z navbatida, aviakompaniyalar Rolls-Royce-ga 
dvigatellarini har bir uchish soati uchun haq to'laydilar. 
Dizayn 
Dizayn - bu baholash qiyin bo'lgan juda muhim elementlardan biri hisoblanadi. 
Mahsulot o’ziga o'xshash narsalardan faqat dizayni tufayli ajralib turishi mumkin. 
Moda va maishiy texnika sanoatida dizayn qiymat taklifining eng muhim elementi 
sifatida e’tirof etiladi. 
Brend / status 
Iste'molchi nuqtai nazaridan qiymat shunchaki ma'lum bir tovar belgisida 
(brendida) bo'lishi mumkin. Masalan qo'ldagi “Rolex” soati boy odamga xos 
xususiyatlardan biri sifatida qaraladi. Yana, masalan, iste’molchilar "trend" da 
bo’lish uchun trend voqealari bilan bog’liq kiyimlarini afzal ko'rishadi. 
Narx 
Mavjud sifat va qulayliklarni arzon narxlarda taqdim etish - iste'molchilar 
segmentlari ehtiyojlarini qondirishning standart usulidir. Bunday takliflar umuman 
biznes model uchun katta ahamiyat va ta’sirga ega. Southwest, EasyJet va Ryanair 
kabi arzon kompaniyalar o'z bizneslarini arzon narxlardagi xizmatga bo'lgan talabni 
hisobga olgan holda qurmoqdalar. Yana bir misol - Hindistonning Tata kompaniyasi 


tomonidan ishlab chiqarilgan Nano avtomobilining arzon narxi transport vositasini 
hindistonlik fuqarolarning yangi segmenti uchun qulay qiladi. So'nggi paytlarda 
bepul takliflar - bepul gazetalar, elektron pochta, uyali aloqa xizmatlari va boshqalar 
turli sohalarda tobora ortib bormoqda. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling