10-mavzu. Biznes modellarni ishlab chiqish


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana17.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1706442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
10.3. Canvas yondashuvi asosida biznes modellarni tahlil qilish

2. Qiymat takliflari. Ushbu blokda biz quyidagi savollarga javob berish orqali 
qiymat taklifiga oydinlik kiritamiz.
Iste'molchiga qanday qiymat taqdim etamiz? Biz mijozlarimizga muammolarni 
hal qilishda qanday yordam beramiz? Biz qanday ehtiyojlarni qondiramiz? Har bir 
iste'molchi segmentiga qanday tovar va xizmatlar to'plamini taklif qila olamiz? 


Qiymat taklifi ushbu segmentning ehtiyojlarini qondirish uchun bir nechta 
elementlarni birlashtirib, ma'lum bir mijoz segmenti uchun foyda keltiradi. Foyda 
miqdoriy (narx, xizmat ko'rsatish tezligi) yoki sifatli (dizayn, mijozning ijobiy 
hissiyotlari) bo'lishi mumkin. 
Quyida iste'molchi uchun mahsulot yoki xizmatning qiymatini tashkil etadigan 
ba'zi bir elementlar keltirilgan. 
Yangilik 
Ba'zi bir qiymat takliflari ilgari bozorda mavjud bo'lmagan butunlay yangi 
ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan. Bunday qiymat takliflari ba'zan texnologik 
yutuqlar bilan bog'liq bo’ladi. Masalan mobil telefonlar, ular mutlaqo yangi sanoat 
bo’lgan mobil aloqaning asosini yaratadi. Ammo har qanday yangi narsa ham yaxshi 
qiymat taklifi bera olmaydi. Masalan taom yetkazishni Lyuks turdagi mashinalarda 
yetkazish yangilik bo’lishi mumkin, lekin qiymat taklifi nuqtai nazaridan hech 
qanday qiymat yaratmaydi.
Samarani oshirish 
Samaradorlik yoki tezlikni oshirish, qiymatlar taklifini yaratishga qaratilgan. 
Masalan, kompyuter sanoati ushbu omilga tayanib, tobora kuchliroq kompyuterlarni 
bozorga olib chiqmoqda. Ammo tezlikning o'sishi o'z chegaralariga ega. So’ngi 
vaqtlarda ishlash tezligi, xotirasi katta va grafikasi yuqori bo'lgan kompyuterlar 
iste'molchilar talabining o'sishiga sabab bo’lmoqda. 
Moslashtirilgan ishlab chiqarish 
Mijozlarning individual ehtiyojlarini qondiradigan mahsulotlar yoki 
xizmatlarning tor doiralari yuqori narxga ega bo’ladi. So'nggi yillarda individual 
buyurtmalarga binoan va mijozning o'zi ishtirokida mahsulot ishlab chiqarishga 
bo'lgan talab doimiy ravishda oshib bormoqda. Ushbu yondashuv mijozlarning 
shaxsiy xohish-istaklarini inobatga olishga va shu bilan birga ishlab chiqarishni 
masshtablashtirish evaziga yaxshi iqtisodiy ko’rsatkichlarga erishish imkonini 
beradi. 



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling