10-Mavzu. Bolalar tarbiya jamoasi va


Download 37.43 Kb.
bet1/17
Sana02.11.2023
Hajmi37.43 Kb.
#1740594
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
1-maruza


10-Mavzu. Bolalar tarbiya jamoasi va yagona pedagogik jarayon
Deviant xulq -ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida.

Reja:

  1. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi ekanligi.

  2. Boshlangʻich ta’limda tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash.

  3. Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalari.

  4. Shaxsning jamoada qaror topishi. Jamoa haqida tushuncha.

Tayanch tushunchalar: tarbiya, tarbiya jarayoni, tarbiyaning maqsadi, tarbiya mazmuni, tarbiyaning umumiy vazifalari, tarbiya turlari, tarbiya tamoyillari, tarbiya qonuniyatlari, jarayon, aqliy, axloqiy, tafakkurni shakllantirish, dunyoqarash, jismoniy tarbiya, jamoa, bolalar kollektivi, jamoa tarbiyasi, Suxomlinsliy, milliy model, shaxs, davlat va jamiyat, fan, uzluksiz ta’lim, ishlab chiqarish, jamoa, bolalar kollektivi, jamoa tarbiyasi, Suxomlinsliy, milliy model, shaxs, davlat va jamiyat, fan, uzluksiz ta’lim, ishlab chiqarish.
Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi ekanligi.
Tarbiya pedagogikadagi asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha yondashuvlar yuzaga keldi.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad va ijtimoiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama oʻstirish, uning ongi, xulq-atvori, dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Keng ma’noda tarbiya shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uygʻunlashadi.
Tor ma’nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi. Ushbu holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish deb ataladi.

Download 37.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling