Milliy ma’naviyat esa- muayyan millatga, uning ajdodlariga xos bo’lgan qimmatli ma’naviy boylikdir. Milliy ma’naviyat avvalo tarixiy hodisa ekanligi bilan ajralib turadi.
Shaxs ma’naviyati- bu har bir shaxsga tegishli bo’lib ,uning ichki ruhiy holati, xatti-harakatlarini oz’ ichiga oladi.
Mintaqaviy ma’naviyat esa- muayyan geografik mintaqa millatlariga xos, ular uchun umumiy bo’lgan manaviy boylikdir.
Umuminsoniy ma’naviyat- bu butun insoniyatga, jahon xalqlariga tegishli bo’lgan ma’naviy- axloqiy boylikdir.
Buyuk sharq allomalarining milliy-ma’naviy merosi bola tarbiyasida muhim ahamiyatga egadir. Buyuk o’zbek shoiri Alisher Navoiy badiiy merosi juda boy va kop qirralidir. U she’riy devonlar va yirik dostonlar yaratish bilan birga Markaziy Osiyoning XV asrdagi ma’naviy hayotni aks ettiradigan nasriy asarlar va ilmiy risolalar ham yozgan. Navoiy ilmiy va adabiy asarlarni yaratishda o’z davridagi olimlar, adiblar va shogirdlariga namuna bo’lgan. Uning deyarli barcha asarlari tarbiyaviy-marifiy ahamiyatga ega. Shoirning besh dostondan iborat shoh asari, “Xamsa”da inson kamolotining barcha masalalari qamrab olingan.Unda o’sha davr uchun dolbzarb axloqiy, tarbiyaviy, ijtimoiy-falsafiy fikrlar bayon qilingan. Adolat, muruvvat, saxiylik, odob, kamtarlik, qanoat, insof, ishq-vafo, rostgo’ylik, do’stlik, o’zaro yordam va boshqa ajoyib fazilatlar, oddiy mehnatkashning jamiyatdagi o’rnini ifodalashda foydalanilgan. Ana shu olijanob fazilatlar ta’rifida alohida-alohida hikoyalar berilgan. Navoiyning didaktikaga oid asarlaridan eng muhimi yuqorida aytilgan “Mahbubul qulub”dir. Kitob uch qismdan iborat. Birinchi qismda jamiyatning turli tabaqalari to’g’risida, ikkinchi qismda axloq va olijanoblik fazilatlar to’g’risida so’z yuritilgan. Uchinchi qismda esa tarbiyaviy va marifiy ahamiyatga ega bo’lgan hikmatli so’zlar va maqollar berilganligi bilan ahamiyatlidir.
Davlatimiz mustaqillikka erishgan hozirgi davrda buyuk bobomiz Navoiy merosini yosh avlodga chuqur o’rgatishimiz zarur. Zeroki,u o’z asarlarida milliy iftixor, xalqqa, ona tiliga, Vatanga mehr-muhabbat bilan qarash g’oyalarini targ’ib qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |