10-Mavzu. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijobiy fazilatlarni shakllantirish mexanizmi


Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi


Download 0.5 Mb.
bet4/6
Sana05.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1750028
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-Mavzu. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijobiy fazilatlarni shakllantirish mexanizmi (1-4 sinf tarbiya darsi)

Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi jamiyat talablariga bog’liq bo’lib, bu talablar o’z navbatida ishlab chiqaruvchi kuchlaraing rivojlanish darajasi va jamiyatda yoshlarni o’qitish va tarbiyalash ishlarining hammasi yosh avlodda ma’naviy axloq va e’tiqodni shakllantirishga, ularni Vatanga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi lozim.
Ma’naviy axloqiy tarbiya – ma’naviy ongni bir maqsadni ko’zlab tarkib toptirish, axloqiy tuyg’ularni rivojlantirish hamda xulq – atvor ko’nikmalari va odatlarini xosil qilishdan iborat.
Tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, insonparvarlik, mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash kabi fazilatlarni shakllantirish mazmuni
Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati bu - iqtisodiy foydadir) — oʻz tavakkalchiligi ostida amalga oshiriladigan, mulkka egalik qilish, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatishdan muntazam ravishda daromad olishga qaratilgan mustaqil faoliyat hisoblanadi.
Iroda — odamning oʻz faoliyati va psixik jarayonlarini oʻzi boshqarishda namoyon boʻladigan qobiliyatidir. 
Mafkuraviy immunitet - shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g’oyaviy ta’sirlardan himoya qilishga xizmat qiladigan g’oyaviy-nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimi.
Immunitet (lot. immunitaq - ozod bo’lish, qutilish) tibbiy tushuncha bo’lib, organizmning doimiy ichki muayyanligini saqlashi, o’zini turli ta’sirlardan, tashqi infeksiyalar kirib kelishidan himoya qilishga qodir bo’lgan reaksiyalar majmui tushuniladi.
Mafkuraviy immunitet tizimining, asosiy va birinchi elementi bu bilim. Ammo, bilimlarning turi ko’p. Buyuk davlatchilik shovinizmi yoki agressiv millatchilik mafkurasi tarafdorlari ham muayyan “bilim”larga tayanadilar, albatta. Shunday ekan, mafkuraviy immunitet tizimidagi bilimlar ob’ektiv bo’lishi, voqelikni to’g’ri va to’liq aks ettirishi, inson ma’naviyatining boyitishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Ular, o’z mohiyat e’tiboriga ko’ra, Vatan va millat manfaatlari bilan uzviy bog’liq bo’lmog’i kerak. Mafkuraviy immunitet tizimining ikkinchi asosiy elementi ana shunday ilg’or bilimlar zamirida shakllanadigan baholar, qadriyatlar tizimidir. Zero, bilimlar qanchalik ob’ektiv va chuqur bo’lsa, uning zamirida yuzaga kelgan qadriyatlar ham shunchalik mustahkam bo’ladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling