10-mavzu. Butik mehmonxonalarning shakllanishi, rivojlanishi va afzalliklari, ularni o’zbekistonda yaratish masalalari reja


Download 0.74 Mb.
bet5/6
Sana09.09.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1674944
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
бутик меҳмонхоналар

Imkoniyatlar (O)

Tahdidlar (T)

Iqtisodiy tiklana olish

Muqim bo’lmagan global atrof-muhit

Mahalliy va xalqaro turistlarning sonining ko’payishi

Kuchli raqobat

Internetga tezda kira olish

Mehmonxona o’rnini egallovchilarning paydo bo’lishi

O’zbekistonning turizm jahon bozoriga yangidan kirib kelishi

Qo’shni mamlakatlardagi siyosiy holatning keskinlashuvi

Yuqoridagi SWOT tahlilining “Kuchli tomonlar” bandida ko’rsatilgan barcha jihatlar mamlakatimizdagi shart-sharoitdan kelib chiqib tuzilgan. Ya’ni, mamlakatimizda yaratilishi mumkin bo’lgan butik tipidagi mehmonxonaning aynan yuqoridagidek kuchli tomonlari mavjud. Noodatiy dizayn yurtimiz milliy matolari va bezaklaridan foydalangan holda shakllantirilishi mumkin. Albatta, ushbu dizaynning noodatiy deyilishiga sabab, milliy bezaklarning zamonaviy talqinda ishlatilishidir. Xodimlarning mijozlarga individual yondashishi butik mehmonxonalarda xalqaro standart kabi o’rnatilgan bo’lib, O’zbekistonda ham ushbu qoidani joriy qilish imkoniyati mavjud. Shubhasiz, bunday holatda xodimlarning etika-estetika, gigiyena qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilish muhim. Shuningdek, mamlakatimizga tashrif buyuradigan mehmonlarning ko’pchiligi (ayniqsa, qo’shni mamlakatlardan) qayta tashrif buyurishga moyil hisoblanadi. Bunday holda, mehmonxonaning doimiy mijozlarga ega bo’lishi uchun imkoniyat yaratiladi. Doimiy mijozlarning o’zlari bilan do’st va tanishlarini olib kelish imkoniyati ko’proq. Yurtimizdagi turistik shaharlar markazlarida doimiy ravishda joylashtirish vositalarini tashkil qilish uchun imkoniyatlar yaratiladi. Ko’chalar ham obod qilingan. Bu holat butik mehmonxonaning rivojlanishiga sabab bo’ladi. O’zbekistonda 3000 dan ziyod tarixiy yodgorliklar mavjud hisoblanadi. Ushbu omil orqali mamlakatimiz xalqaro turizm bozorida o’z o’rniga ega bo’lib bormoqda. Butik mehmonxonasi faoliyatini tashkil qilishda ushbu jihatni ham hisobga olish zarur. Sababi, tarixiy obidalar yillar o’tgan sayin qadri yuksaladi va yanada ko’proq sayyohlarni o’ziga jalb etadi.


“Kuchsiz tomon” bandidagi ko’rsatilgan omillar ham xuddi yuqoridagidek yurtimiz sharoitidan kelib chiqqan. Butik mehmonxonani yaratishda va uning faoliyatidagi harajatlar juda yuqori hisoblanadi. Ushbu harajatlarni qoplash uchun esa yuqori narx o’rnatilishi mumkin. Odatda, yuqoridagi narxdagi mehmonxonalar daromad topishi qiyin. Nomerlar sonining chegaralanishi butik mehmonxonalarning o’ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. O’zbekiston mehmonxonalari xalqaro ijtimoiy tarmoqlarda juda sust hisoblanadi. Shuni ham unutmaslik zarurki, ijtimoiy tarmoqlar (facebook, twitter, youtube) hozirgi kunda reklamaning eng samarali usulidir. Zamonaviy mehmonxonalarning o’ziga xosligini AKT vositalarining qanchalik darajada qo’llanilganligiga qarab ham belgilash mumkin.
Butik mehmonxona yaratishdagi “Imkoniyat”lar esa mehmonxona faoliyati va kelajak tahlillarida ko’rinadi. O’zbekistondagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga yaratilgan shart-sharoitlar tufayli biznesmenlar iqtisodiy jihatdan qayta tiklana olish xususiyatiga ega bo’lib bormoqdalar. Bundan tashqari yildan-yilga yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar soni ortib bormoqda. Turizmda nu holat ijobiylikdan va taraqqiyotdan dalolat. O’zbekistonning xalqaro turizm bozorida yangi ekanligi unga nisbatan boshqalarda kuchli qiziqish paydo bo’lishini bildiradi.
Albatta, har bir faoliyat doirasida “tahdid”lar uchrashi tabiiy. Butik mehmonxonalarni tashkil qilishda ham turli ko’rinishdagi faoliyatga salbiy ta’sir qiluvchi omillar mavjud. Ular yuqoridagi 2-jadvalda ko’rsatilganidek, global atrof-muhitining, iqlimning o’zgarishi, bozordagi kuchli raqobatning paydo bo’lishi, butik mehmonxonasi shaklidagi o’rindoshlarning ko’payib ketishi, chegaradosh, qo’shni mamlakatlarning siyosiy holati o’zgarishi kabilar turizm rivojiga ta’sir o’tkazadi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling