10-mavzu. Butik mehmonxonalarning shakllanishi, rivojlanishi va afzalliklari, ularni o’zbekistonda yaratish masalalari reja
Download 0.74 Mb.
|
бутик меҳмонхоналар
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.1. Butik mehmonxonalarning tarixi, shakllanishi
10-MAVZU. BUTIK MEHMONXONALARNING SHAKLLANISHI, RIVOJLANISHI VA AFZALLIKLARI, ULARNI O’ZBEKISTONDA YARATISH MASALALARI Reja: 10.1. Butik mehmonxonalarning tarixi, shakllanishi 10.2. Butik mehmonxonalarning rivojlanishi 10.3. Butik mehmonxonalarning afzalliklari va kamchiliklari, butik mehmonxonalarini O’zbekistonda yaratish masalalari 10.1. Butik mehmonxonalarning tarixi, shakllanishi Butun dunyoda turizm va unga bog’liq bo’lgan xizmatlar biznes faoliyati turlari jadal rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunga kelib rivojlangan mamlakatlarda ushbu yo’nalish iqtisodiyotning muhim qismiga aylanib ulgurgan. Mehmondo’stlik sanoati tushunchasi bevosita ko’plab soha va yo’nalishlarga ega bo’lib, turizm uchun zarur mahsulotlarni ishlab chiqarish va yuqori darajadagi xizmatlarni ko’rsatishdan iborat. Uning tarkibiga joylashtirish vositalari – mehmonxonalar, hostellar, motellar kabilarni kiritish mumkin. Ularning har biri o’z vazifasi va maqsadiga ega. Bugungi kunda har qanday sayyoh uchun eng keraklisi – bu qulay sharoit va kechasi yaxshi dam olish hisoblanadi. Shuning natijasida, zamonaviy mehmonxonalar uylarga xos bo’lib bormoqda. Qanchalik mehmonxona oddiy va zamonaviy qulayliklarga ega bo’lsa, shunchalik sayyoh uchun mos va shinam hisoblanadi. Shu bilan birga, sayyohlar oddiy qulayliklar va shinamlikdan ko’ra ko’prog’ini ham xohlashadi. Sayyohlarning aksar qismi taajjubda qolishni xohlashadi. Ular sayohatlarini rejalashtirish mobaynida bir ko’rishda boshqalardan farq qiladigan, lekin brend (zanjir tizimidagi) mehmonxonalaridagidek hisni beruvchi mehmonxonalar qidirishadi. Shuning uchun, butik mehmonxonalari hozirgi kunda ommabop bo’lib bormoqda. Mehmonxonalarda “Butik” uslubi 1984-yil Nyu-Yorkdagi menejerlarlar Ian Shrager va Stiv Ryubellar Medison avenyusida “Morgans”ni ochganlarida yaratilgan. Bu uslub o’sha davr uchun g’alati va individual bo’lgan. Ammo, o’sha paytda yirik brend mehmonxonalar dominant bo’lishgan. “Butik mehmonxona” termini Ryubell tomonidan foydalanilgan bo’lib, u bu yangicha turni xuddiki yirik do’konlarga qarama-qarshi qo’ygandek butik deya ta’rif beradi1. “Butik mehmonxona” tushunchasini umumiy ta’riflash uchun, biz jumladagi har bir so’zni alohida ko’rib chiqishimiz zarur. Demak, “Butik” – bu kichik va hashamadli bo’lgan kamyob turdagi mahsulotlar sotiladigan do’konlar bo’lsa, mehmonxona esa oddiy uylardan farqlanadigan qulayliklarga, shinamlikka va bezaklarga ega bo’lgan xonalarni qisqa muddatlarga taklif qiluvchi, asosan sayyohlarga mo’ljallangan joylashtirish korxonalari hisoblanadi. “Butik mehmonxonalar” yirik zanjirli tizimga ega mehmonxonalarga juda zid tarzda qurilgan va faoliyat yuritadigan bo’lib, ularning hajmi kichik, ajoyib va maftunkor hududlarda joylashgan, noodatiy jihozlar bilan bezatilgan va bir kishi yoki oilaviy dam olish imkonini beruvchi qulayliklarga ega atmosfera shakllangan hisoblanadi. Yirik zanjir tizimli mehmonxonalardan farq qilib, butik mehmonxonalari g’ayrioddiy zavqni va dam olishni in’om etadi. Shunisi aniqki, kichik hajmli ushbu mehmonxonalar mijozlar uchun xavfsiz va o’zlarini erkin his qilish imkonini berdi. Butik mehmonxonalarda hordiq chiqarayotgan mijozlar bir-birlari bilan o’zaro tanishish va muloqot olib borish imkoniga bevosita ega bo’ldi va bir qancha yirik mehmonxonalar uddalay olmaydigan turli xizmatlar ko’rsatildi. Mijozga individual yondashildi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling