10-mavzu: Dastlabki ilmiy tadqiqot yozish
Download 380.16 Kb. Pdf ko'rish
|
10- Мavzu ona tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-MAVZU: Dastlabki ilmiy tadqiqot yozish
REJA: Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlari: kirish asosiy qism xulosa adabiyotlar perefraza (havola, iqtibos, sitata, abzas). Amaliy mashg‘ulot №10 10-MAVZU: Dastlabki ilmiy tadqiqot yozish Dastlabki ilmiy tadqiqot haqida ma lumot: Kirishning samaradorligi maqsadni va ma’lumotning qo‘llanilish ko‘lamini kitobxonga tushuntiradi. Xulosa sarlavhada berilgan ixtiyoriy savolga javobni va asosiy punktlarning yakunini o‘zida aks ettirishi lozim. O‘qish faoliyatida, odatda, kirish ham, xulosa ham, asosiy qismdan so‘ng yoziladi. Kirish va asosiy qism (Asosiy tarkibni kiritish) Kirish, odatda, vazifaning umumiy hajmining 10%ini tashkil qiladi. Shu sababli, 2000 ta so‘zdan iborat esselarda kirish 200 ta so‘zdan iborat bo‘lishi lozim. ■ Essening kirishi, odatda, nimadan iborat bo‘ladi? Quyidagi ro‘yxatga e’tibor bering va ulardan qo‘shiladigan punktlarni tanlang. Kirishning tarkibiy tuzilishi Barcha kirishlar ham yuqoridagi elementlarni o‘zida mujassamlashtirmaydi. 1 ■ Quyidagilarning qaysi biri asosiy va qaysi biri ixtiyoriy bo‘lishini tanlang. Kirishga aniq bir na’muna mavjud emas, chunki ko‘p narsa siz olib borayotgan va davom etayotgan ishning turiga bog‘liq. Lekin quyidagilar uning umumiy xususiyati: (a) Kerak bo‘lsa kalit so‘zlar ta’rifining berilishi. (b) Kerak bo‘ladigan axborot. (c) Bu mavzu haqidagi boshqa mualliflarning ishlaridan namuna. (d) Ishning maqsad va vazifalari. (e) Sizning tadqiqot uslubingiz. (f) Siz tomoningizdan belgilanadigan biror-bir chegaralar. (g) Ishingizning rejasi. Esselarni boshlash, asosan, imtihonlarda juda qiyin bo‘ladi, ikkilanish esa qimmatli vaqtiningizni behuda sarflanishiga sabab bo‘ladi. Birinchi gaplar umumiy bo‘lishi lozim, ammo kitobxonning mavzuga diqqatini qaratishi uchun noaniqroq bo‘lishi lozim, ular odatda quyidagi qonuniyatda bo‘ladilar: Iboraning vaqti Mavzu Rivojlanish Hozirda Suv resurslarini boshqarish Xalqaro kelishmovchiliklar buning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi 2008-yildan beri Elektron transportlar Muhim tijorat taklifi bo‘ldi Juda ham umumiy va noaniq kirish gaplarini qo‘llashning oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi. Solishtiring: “Oliy o‘quv muassasalarida elektron ta’limning tajribasini baholash” mavzusidagi essening kirishidan olingan parchani o‘rganing: a) Sarlavhadagi bir necha so‘z va iboralarni aniqlashtirish kerak bo‘ladi, chunki ular keng tushunilmasligi mumkin: Bu terminning bir qator talqinlari mavjud, ammo bu maqolada “elektron ta’lim” internet orqali ma’lumot almashiladigan ixtiyoriy turdagi ta’limga tegishli. b) Kitobxonga sizning ishingizning kengroq matni haqida ogohlantirish foydali. Bu ham sizning olib borgan ishingizning qadrini ko‘rsatishi mumkin: O‘rganish bilimlarga asoslangan zamonaviy iqtisodiyotning muhim ajralmas qismi hisoblanadi. Hisoblash mashinalari va texnologiyaning taraqqiyoti natijasida, internet bilimlar almashishning muhim vositasiga aylandi. c) Uzun maqolalar alohida adabiyotlar sharhiga ega bo‘lgan bir paytda, qisqa esselar uchun bu mavzu haqida tanish bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘z ishini oqlaydigan ilmiy tadqiqotlarda bo‘shliqlar yaratishi mumkin: Ko‘plab tadqiqodchilar (Veb va Kirstin, 2003; Honiga va boshqalar, 2006) sog‘liqni saqlash va biznesda elektron ta’limni baholashgan, ammo hozirgacha oliy ta’lim muassasalarida talabalarning bunday ta’lim tizimiga yetarlicha e’tibor berilmagan. d) Kitobxon siz nimani tushuntirmoqchiligingizni anglashi uchun o‘z tadqiqotingiz maqsadini aniq shakllantiring: Bu tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalaridagi elektron ta’lim tizimi bo‘yicha o‘qiyotgan talabalarning tajribalarini o‘rganish edi. e) Uslub - bu siz qo‘ygan maqsadga erishishni ko‘rsatuvchi jarayondir: Avvalo, bir necha tadqiqotlar olib borildi, keyin esa 200 ta talabaning elektron ta’lim tizimidagi tajribalarini o‘rganish uchun so‘rov o‘tkazildi. f) Siz esseingizning har bir aspekti bilan alohida ish ko‘ra olmaysiz, shuning uchun o‘z ishingizni chegaralashingiz lozim: Shu narsa aniqki, bu tadqiqot ma’lum bir chegaralar bilan cheklandi, asosan, talabani tanlash, bu farmatsevtika va qishloq xo‘jaligidagi talabalar bilan cheklangan. g) Kitobxonga sizning munozaralaringizni tushuntirish uchun ishingizning tarkibiy tuzilishini tushunishingiz lozim: Ish quyidagicha shakllangan. Birinchi bo‘lim, asosan, talabalarning tajribasi borasida chegaralarga e’tibor qaratilgan tadqiqotlarning tahlilini o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi esa so‘rovning metodologiyasi bilan natijalarning tahlilini o‘zida mujassamlashtiradi va oxirgisi elektron ta’lim dasturlarini olib borishning oqibatlarini qamrab oladi. Download 380.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling