10-mavzu: Dastlabki ilmiy tadqiqot yozish


Download 380.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana16.06.2023
Hajmi380.16 Kb.
#1496493
1   2   3   4   5
Bog'liq
10- Мavzu ona tili

Havola shakllari. Kurs ishi mavzusiga qarab, havolaning turli shakllaridan 
foydalanish mumkin. O‘qituvchi sizga yo‘nalish beradi, siz esa o‘qituvchi aytgan 
ma’lumotlarni kutubxona vebsaytidan topishingiz mumkin. Har qanday holatda 
me’yorga amal qilish juda muhim hisoblanadi. Quyida havolaning asosiy shakllari 
keltirib o‘tilgan: 
a) 
Garvardcha shakl, bu havola shakli odatda fan va biznesga doir mavzularda 
ko‘p qo‘llaniladi. 
b) 
Vankuvercha shakl, ilm-fan va tibbiyot mavzulari doirasida keng 
qo‘llaniladi. Sitatadan so‘ng biror son yozib qo‘yilgan holda, ish so‘ngida unga havola 
yozib qo‘yiladi. (Jasanoff zaharlanish (infeksiyalanish) xavfi ortib borayotganidan 
xavotirda ekanini aytmoqda). 
s)Kolontitul usuli, eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biri bo‘lib, bu usulda 
olingan manba bet so‘ngida keltirib o‘tiladi: 
Fransiya revolutsiyasi ta’siri butun Yevropa bo‘ylab sezildi. Karl Vildavsky, 


Eraning yakunlanishi: Ispaniya 1785-1815 (Dublin: Dublin Universititeti 
nashriyoti, 2006), 69-bet. 
Havola murakkab jarayon hisoblanib, bunda talaba yo‘riqnomaga 
ehtiyoj sezishi mumkin. Bunda sizga universitetingiz sayti ko‘makchi bo‘lishi 
mumkin. 
Sitatalardan foydalanish. Sitatalardan foydalanish deganda, biror 
bir shaxsning ma’lum mavzu doirasidagi fikrlarini aynan keltirish 
tushuniladi. Sitatalardan me’yorida foydalanish ishingiz qadrini oshiradi. 
Sitatalardan quyidagi hollarda foydalanish maqsadga muvofiqdir: 
• 
Sitata muallifining aynan gapi o‘zgacha ma’noni anglatsa; 
• 
Muallifning aynan gapi siznikiga qaraganda qisqa va lo‘nda 
bo‘lsa; 
• 
Muallifning aynan gapi barchaga ma’lum va mashhur bo‘lsa. 
Barcha sitatalar manbaga ishora qiluvchi qisqa frazachalar bilan 
berilishi va sizning fikringizga mos bo‘lishi kerak. 
Ishora qiluvchi 
Sitata muallifi 
Ishora fe’li 
Sitata 
Havola 
fraza 
Bu fikr 
ko‘pchilikka 
ayondir. 
Fridman 
aytganidek; 
“Inflatsiya - bu soliq 
solishni 
qonuniylashtirish 
talab qilinmaydigan 
shakli hisoblanadi” 
(1994:93) 
a) 
Qisqa sitatalar bittalik qo‘shtirnoq ichiga, sitata ichidagi sitatalar 
esa ikkitalik qo‘shtirnoq ichiga olib yoziladi: 
Jeyms aytib o‘tganidek: ‘Martinning “ichki makon” to‘g‘risidagi 
konsepsiyasi chuqur tahlilni talab qiladi.” 
b) 
Uzunroq sitatalar satr boshidan boshlanadi, yoki kichikroq qilib 
yoziladi. Bu holatda, hech qanday qo‘shtirnoq qo‘llanilmaydi.Sanadan 
so‘ng, bet raqamining berilishi zarurdir. 
s)Sitatalar asl manbadagiday bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish 
zarur. Agar ma’lum bir qismlar keraksiz bo‘lsa, shu joyda (...) belgisidan 
foydalanishingiz mumkin: 
“Tarixda juda kam ixtirolar ... mobil telefoniday ahamiyatga ega 
bo‘lgan” 
d)Ba’zi bir so‘zlar izoh talab qilishi mumkin va bunday hollarda 
to‘rtburchak qavslardan foydalanish maqsadga muvofiqdir: 
Yangi g‘oyalar [ozodlik haqidagi] qadimgi dunyo g‘oyalaridan 
butunlay farq qiladi.”

Download 380.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling