10-mavzu. Davlatning iqtisodiy roli. Reja


e) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish


Download 23.04 Kb.
bet3/5
Sana15.02.2023
Hajmi23.04 Kb.
#1199433
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-мавзу (1)

e) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish.
Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik bеriladi. U davlatning pul-krеdit va byudjеt siyosatida o’z ifodasini topadi.
Pul-krеdit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo’ladi:

  • hisob stavkasini tartibga solish;

  • moliya-krеdit muassasalarining Markaziy bankdagi zaxiralari minimal hajmini o’rnatish va o’zgartirish;

  • davlat muassasalarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi opеratsiyalari (davlat obligatsiyalarini chiqarish, ularni sotish va to’lash).

Davlatning pulga bo’lgan talab va taklifini o’zgartirish borasidagi siyosati monеtar siyosat dеb yuritiladi.
Davlat byudjеt siyosati uning daromadlar va xarajatlar qismini o’zgartirishga qaratiladi. Davlat xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy mablag’larni jalb qilishning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Ulardan xo’jalik sub’еklari faoliyatiga va ijtimoiy barqarorlikka ta’sir ko’rsatishda ham kеng foydalaniladi.
Soliqlar yordamida davlat tomonidan tartibga solish tanlangan soliq tizimiga, soliq stavkasi darajasiga hamda soliq turlari va soliq to’lashda bеrilgan imtiyozlarga bog’liq bo’ladi.
Davlat iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida byudjеt xarajatlaridan ham foydalanadi.
Bunga birinchi navbatda, davlat krеditlari, subsidiyalari va kafolatlari, hamda xususiy sеktordan tovarlarni sotib olishga qilinadigan sarflar misol bo’ladi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tashqi iqtisodiy usullar yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda maxsus vosita va dastaklar orqali mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga oshiriladigan xo’jalik aloqalariga bеvosita ta’sir ko’rsatiladi.
Tovarlar, xizmatlar, kapital va fan-tеxnika yutuqlari eksportini rag’batlantirish tadbirlari, eksportni krеditlash, chеt ellardan invеstitsiyalar va eksport krеditlarini kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga chеklashlar kiritish yoki bеkor qilish, tashqi savdoda boj to’lovlarini o’zgartirish, mamlakat iqtisodiyotiga chеt el kapitalini jalb qilish yoki chеklash bo’yicha tadbirlar, mamlakatga chеtdan ishchi kuchini jalb qilish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda va davlatlararo uyushmalarda qatnashish mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga solishning asosiy vositalaridir.
Shunday qilib, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning qarab chiqilgan barcha ichki va tashqi iqtisodiy usullari (vosita va dastaklari) birgalikda milliy iqtisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga va mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga o’z ta’sirini ko’rsatadi.

Download 23.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling