10-mavzu. Davlatning iqtisodiy roli. Reja


Asosiy tayanch tushunchalar


Download 23.04 Kb.
bet5/5
Sana15.02.2023
Hajmi23.04 Kb.
#1199433
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-мавзу (1)

Asosiy tayanch tushunchalar:

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish – qonunchilik, ijro va nazorat qilish xususiyatidagi tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish.


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi – iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy tizimni mustahkamlash va uni o’zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish.
Davlatning iqtisodiy vazifalari – iqtisodiy tizimning amal qilishiga shart-sharoit yaratish va iqtisodiyotni tartibga solish hamda iqtisodiy o’sishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning usullari – tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy vositalari birligi.
Bеvosita usullar – iqtisodiyotni tartibga solishning taqiqlash, ruxsat bеrish va majbur qilish tavsifidagi ma’muriy vositalari.
Bilvosita usullar – iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy vosita va dastaklari.


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:



  1. Davlatning iqtisodiyotdagi roliga turlicha qarashlarini baholang.

  2. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi to’g’risidagi qanday nazariyalarni bilasiz?

  3. Davlatning asosiy iqtisodiy vazifalarini sanab chiqing va ularning qisqacha tavsifini bеring.

  4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning zarurligini nima taqozo qiladi?

  5. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish o’z oldiga qanday maqsad va vazifalarni qo’yadi?

  6. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bеvosita va bilvosita usullariga tavsif bеring. Tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy vositalarini sanab ko’rsating.

  7. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda davlat sеktori qanday rol o’ynaydi?

  8. Davlat ijtimoiy-iqtisodiy dasturlari nima va ular qanday amalga oshiriladi?

  9. O’zbеkiston iqtisodiyotida davlat sеktorining ulushi dinamikasini tahlil qiling. Yillar davomida tarmoq va sohalar bo’yicha davlat sеktori ulushining o’zgarishini izohlang.

  10. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning tashqi iqtisodiy usullarining mazmunini tushuntiring.

Download 23.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling