10-mavzu: detallarni plastmassa va elimlardan foydalanib ta’mirlash va kavsharlash. Umumiy ma’lumotlar


Elimlar, zamazka (yopishqoq qorishma) va pastalardan foydalanish


Download 125.82 Kb.
bet6/6
Sana15.02.2023
Hajmi125.82 Kb.
#1201637
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu

Elimlar, zamazka (yopishqoq qorishma) va pastalardan foydalanish. Ta’mirlash ishlarida detallarni yopishtirish, darz va yoriqlarni yamash, qo‘zg‘almas va rezbali birikmalarni tiklash uchun elimlar, yopishqoq qorishmlar va pastalardan tobora ko‘proq foydalanilmoqda. Sintetik elimlar bir jinsli va turli jinsli ashyolarni bir-biriga mustahkam biriktirish imkonini beradi. Elim o‘z tarkibidagi asosiy modda mikdoriga qarab: fenolli, karbinolli, eposkidli, poliamidli guruhlarga bo‘linadi. Metall qismlar plastmassalar va gazlamalar ko‘pincha fenolli,epoksidli va karbinolli elimlar bilan yopishtiriladi.
BF-2, BF-4, BF-6, VS-10T, BF 52T va boshqa fenolli elimlar sanoatda tayyor holda chiqariladi. Ular germetik idishda va qorong‘i binolarda saqlanadi.
BF-2 elimi metallarni o‘zaro va ularni plastmassalar, shisha va ko‘pi bilan 800S haroratda ishlaydigan boshqa ashyolar bilan yopishtirish uchun ishlatiladi. Metall qismlarni elimlashda tayyorlangan sirtlarga ketma-ket ikki qavat qilib elim surkaladi. Har qaysi qatlam elim surkalgach, uy haroratida quruq parda hosil bo‘lgunga qadar 10-20 minut saqlanadi. So‘ng yopishtiriladigan sirtlar bir-biriga yotqiziladi va strubitsalar (qisqichlar) bilan siqib, 0,3 -1,0 MPa bosim ostida 120-1800S haroratda 1,5 soat quritiladi.
BF-4 elimining tarkibi taxminan BF-2 nikga o‘xshaydi, lekin u ancha mustahkam birikma hosil qilish imkonini beradi. BF-6 elimi egiluvchan chok hosil qiladi. U to‘qima ashyolarni metall sirtlarga yopishtirish uchun ishlatiladi.
VS-10T va BF-52T sintetik smolalarning organik eritkichlardagi eritmasidan iborat. Bu elimlar mustahkam va issiqqa bardoshli birikmalar hosil qiladi hamda ishqalanma (friksion) ustqo‘ymalarni ilashish muftasining disklariga va tormozlash qurilmalarining kolodkalariga yopishtirish metallar, plastmassalar, tekstolit kabi boshqa ashyolarni o‘zaro va istalganlariga yopishtirish uchun ishlatiladi. Birinchi elim qatlami sirtlarga surtilgandan keyin u quruq parda hosil bo‘lgunga qadar uy haroratida 15-20 minut saqlanadi, so‘ngra navbatdagi qatlam surtilib,u ham shuncha vaqt quritiladi. So‘ng detallar birlashtiriladi va qisqich bilan siqib 0,2-0,4 MPa bosim ostida 1800S haroratgacha qizdirilib, shu haroratda 1-2 soat saqlanadi va uy haroratigacha sovitiladi.
Epoksid elimlar va pastalar darzlarni, yorilgan joylarni yamashda, singan detallarni bir-biriga yopishtirishda ishlatiladi, yopishtirilgan detallarni bir-biriga siqish talab etilmaydi va ular uy haroratida quritiladi.
Epoksid elimlar bevosita ishlatish oldidan ED-16 va boshqa epoksidli smolalar asosida tayyorlanadi. Buning uchun ED smolasi suvli idishda 60-800S gacha isitilib, suyuq oquvchan holatga keltiriladi. Bu idishdan zarur miqdorda smola olinadi, uning 100 vazniy ulushiga plastifikator qo‘shiladi, yaxshilab aralashtiriladi. So‘ngra unga to‘ldirgich (temir yoki alyuminiy kukuni, grafit va boshqalar) qo‘shilib, yana yaxshilab aralashtiriladi. Olingan tarkibni uzoq saqlash mumkin. Bevosita ishlatishdan oldin tarkibga qotirgich ( polietilen, poliamid) qo‘shiladi va u 30-40 minut ichida ishlatilishi lozim.
Nazorat savollari

  1. Mashina detallarini ta’mirlashning qanday usullarini bilasiz?

  2. Payvandlash bilan detallarni ta’mirlash orasida qanday bog‘liqlik bor?

  3. Mashina detallarini gaz alangasida payvandlash yo‘li bilan ta’mirlashning mohiyatini tushuntiring.

  4. Detallar qanday holatlarda metallash yo‘li bilan ta’mirlanadi?

  5. Detallar qanday belgilariga ko‘ra yaroqli va yaroqsizga ajratiladi?

  6. Darz ketgan va yorilgan detallar qanday ta’mirlanadi?

Ta’mirlash jarayonida polimer materiallardan foydalanish mumkinmi?
Download 125.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling