10-mavzu: detallarni plastmassa va elimlardan foydalanib ta’mirlash va kavsharlash. Umumiy ma’lumotlar


Download 125.82 Kb.
bet3/6
Sana15.02.2023
Hajmi125.82 Kb.
#1201637
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu

10.1-jadval

Tekshirish usuli

Nuqsonlar to‘g‘risidagi axborot sifati

qalinlik bo‘yicha sezgir-ligi

joylashgan o‘rni

Toifasi

shakli

O‘lcham-lari

Orien-tatsiya

Ultratovush

1

2

4

3

4

3

Radiografiya(radios kopiya)

2

2

1

1

2

2

Elektr magnit

4

1

1

4

2

4

Magnit

3

1

1

2

2

2

Kapilyar

4

1

1

2

2

2

Belgilar: 1-sifati juda a’lo; 2- yuqori; 3- o‘rtacha; 4- past.
Bo‘yoq usuli suyuq bo‘yoqlarning o‘zaro diffuziyalanish xossalariga asoslangan. Bunda detalning tekshirilayotgan sirti organik eritkich (ko‘pincha, benzin ) bilan yog‘dan tozalangandan keyin unda kerosinda suyultirilgan rang bo‘yoq surtiladi. So‘ngra bo‘yoq eritkich bilan yuvib ketkaziladi va detal sirtiga oq bo‘yoq surtiladi. Bir necha minutdan keyin oq bo‘yoqli sirtda avvalgi bo‘yoq rangidagi dog‘ paydo bo‘ladi. Bu dog‘ning shakli detaldagi darz shaklida, lekin o‘lchamlari darznikidan katta bo‘ladi. Turli tekshirish usullaridan olingan axborot sifati 5 - jadvalda keltirilgan.
Bo‘yoq usulining boshqa bir turida bo‘yoq aralashtirilgan kerosin va suv suspenziyasidan foydalaniladi. Bu usul avvalgi usulga nisbatan ko‘p mehnat talab qiladi, lekin arzon ashyolardan foydalaniladi. Bu usul yordamida eni kamida 20 mkm li darzlarni aniqlash mumkin.
Lyuminessent usuli ba’zi moddalarning ultrabinafsha nurlar o‘tkazilganda yorug‘lanish xossalariga asoslangan. Sirtqi nuqsonlarni aniqlash uchun detal fluoressensiyalanuvchi suyuqlikka (50 foiz kerosin, 25 foiz benzin, 25 foiz transformator moyiga fluoressensiyalanuvchi bo‘yoq- defektol yoki OP-7 emulgator 1 m3 aralshmaga 3 kg miqdorda qo‘shiladi) botiriladi. So‘ngra detal suv bilan yuviladi, issiq havo bilan quritiladi va unga selkagel kukuni sepiladi. Selkagel fluoressensiyalanuvchi suyuqlikni darz ichidan sirtga tortib chiqaradi. Detal ultrabinafsha nurlar bilan nurlanganda fluoressensiyalanuvchi suyuqlik shimilgan selkagel kukuni ravshan nurlanib, darzning chegaralarini ko‘rsatadi. Odatda bu usul magnitlanish xususiyatiga ega bo‘lmagan ashyodan tayyorlangan detallardagi eni 10 mkm dan katta bo‘lgan darzlarni aniqlashda qo‘llaniladi.
Magnit defektoskopiya usuli magnit maydonining detaldagi nuqson ustida ko‘proq yeyilishiga asoslangan. Bu usul ferromagnit ashyo (po‘lat,Cho‘yan) dan tayyorlangan detallardagi darzlarni aniqlashda qo‘llaniladi. Buning uchun detal avval magnitlanadi, magnit maydonining yoyilganligi detalga suspenziya (transformator moyining kerosindagi 50 foizli eritmasiga temir oksid kukuni –magnetin qo‘shilgan aralashma) sepib aniqlanadi. Shunda magnit kukuni darzning chetlariga tortilib, uning chegaralarini aniq ko‘rsatadi.
Detallardagi bo‘ylama darzlarni aniqlash uchun aylana magnitlanish defektoskoplaridan, ko‘ndalang darzlarni aniqlash uchun esa, tashqi maydon bilan bo‘ylama magnitlanish defektoskoplaridan foydalaniladi. Ixtiyoriy joylashgan darzlarni aniqlash uchun aralash magnitlanish defektoskoplaridan foydalaniladi. Aylana magnitlanish defektoskoplarida magnit maydon detal orqali katta kuchli o‘zgaruvchan tok (2-4 kA) o‘tishi hisobiga paydo qilinadi. Defektoskoplar yuqorida tasvirlangan ikkala sxema xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Bularga MED-2 va UMD-9000 defektoskoplari kiradi. MED-2 defektoskopi diametri 90 mm va uzunligi 900 mm gacha bo‘lgan detallarni tekshirish uchun mo‘ljallangan. Bu defektoskopda aylanuvchi tokning eng katta kuchi 4,5 kA gacha boradi. UMD-9000 universal defektoskop katta detallarni tekshirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda aylanasiga magnitlanish tokining kuchi 10 kA ga etadi. Detallar magnit usuli bilan tekshirilgandan keyin ularni magnitsizlantirish kerak.
Elektr magnit usuli (uyurmali toklar usuli) metallarning sirtqi qatlamdagi darzlarni (yaxlitmas joylarni) aniqlashda qo‘llaniladi. Bu usul elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchashga asoslangan bo‘lib, elektr o‘tkazuvchanlik bilan bog‘liq bo‘lgan xossalarni tekshirish uchun xizmat qiladi. Elektr magnit usulda o‘lchash uchun ishlatiladigan datchiklar ustqo‘yma, o‘tish va ekranlilarga bo‘linadi. Datchikning turi tekshirilayotgan ko‘rsatkichning xususiyatlariga va detal shakliga bog‘liq. Mayda detallarni tekshirish uchun ko‘pgina o‘tish datchiklari ishlatiladi.
Ustqo‘yma datchiklar ko‘pincha ferrodielektrik o‘zaklar (ferritlar) ga o‘rab qo‘yiladi, bu esa 1 mm2 li maydonlarni nazorat qilish imkonini beradi. Uyg‘otish tokining chastotasi bir necha KGs dan yuzlab MGs gacha bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatkichlarni qayd etish uchun defektoskoplarda elektron-nur naychalari, milli indikatorlar, o‘zi yozarlar yoki releli buyruq beruvchi qurilmalardan foydalaniladi. Bu qurilmalar tovushli yoki yorug‘likli signallar uchun buyruq beradi. O‘lchash g‘altagidan kelgan signal turli axborotga ega bo‘ladi. Bu axborot elektron nur naychasining ekranida ellips, sinusoida, gisterezis sirtmog‘i, Dissaj shakli va h.k. ko‘rinishida tasvirlanadi. Signal shaklining etalon shakldan farqlanishiga qarab, operator detalda nuqson borligini aniqlaydi. Bu usulda tekshirish uchun kam vaqt talab etiladi, lekin signalning o‘zgarishi ko‘p omillarga bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun bu usuldan shartli ravishda yaroqsizga chiqarilgan detallarni saralashda foydalanish maqsadga muvofiqdir. SHundan keyin bu detallar ko‘p mehnat talab qilsa ham nuqsonlarni tanlab topadigan boshqa usullar bilan teshiriladi. Elektr magnit usullar yordamida detallarni tekshirish uchun DNM-500, EMND-2, EMND-8, DNM-15, PPD-1, VD-1, VD-1GA, EDM-66 defektoskoplari ishlatiladi.
Payvand choklar sifati radiatsion instroskopiya usuli bilan ham tekshiriladi. Bu usul payvand choklardan o‘tkazilgan nurni yorug‘likka aylantirib, radiatsion-optik o‘zgartkichning ekranida tasvirlashga asoslangan. Hosil bo‘lgan tasvir tekshirish jarayonining o‘zida tahlil etiladi. Bu usuldan suyultirib qoplangan metall sifatini tekshirishda ham, detallardagi yashirin nuqsonlarni aniqlashda ham foydalaniladi.
Fluoroskoplar – radiatsion introskopiyaning eng oddiy asboblaridir. Bu asboblarda asosiy axborot elementlari sifatida faqat nurlanish manbaidan va fluoroskop ekranidan foydalaniladi. Tekshirish jarayonida nurlanish manbai bilan ekran orasiga tekshiriladigan ob’ekt joylashtiriladi. Fluoroskop ekranining yorug‘ligiga ko‘zni o‘rgatish uchun operatorga 15-20 min. vaqt kerak bo‘ladi. Detalning oq-qora tasvirini tahlil etish uchun odatda 3-10 sekund vaqt sarflanadi.
Ta’mirlash fondidagi detallar nuqsonlarining xilma-xilligi bilan bir-biridan ancha farqlanadi. Quyida paxta terish mashinalarining detallarida uchraydigan asosiy nuqsonlar ro‘yxati keltirilgan:

  1. Tashqi silindrik sirtning yeyilishi.

  2. Sferik va konus sirtlarning yeyilishi.

  3. Shlitsalar, ariqchalar sirtining yeyilishi.

  4. Rezbaning shikastlanishi va yeyilishi.

  5. Teshiklar sirtining yeyilishi.

  6. Tekis sirtlarning qiyshayishi va yeyilishi.

  7. SHakldor sirtlarning yeyilishi.

  8. Silindrik tishli g‘ildiraklar tishlari sirtining yeyilishi.

  9. Konussimon tishli g‘ildiraklar tishlari sirtining yeyilishi.

  10. Chervyaklar va chervyak g‘ildiraklari ish sirtlarining yeyilishi.

  11. Darzlar.

  12. Sinishlar.

  13. Buralish.

  14. Egilish.

Nuqsonlarni tahlil etishda nuqson paydo bo‘lgunga qadar ishlash muddatining taqsimlanish qonunlarini yoki ularning qo‘shilmasini aniqlash muhimdir. Bu holda konkret detal uchun bartaraf etiladigan nuqsonlar soniga qarab sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash, shuningdek nuqsonlar turini va ularning qo‘shilmalarini bilib, ularni bartaraf etish yo‘lini tanlash mumkin. Texnologik yo‘llarni muvofiqlashtirish darajasi detallarni tiklash tannarxini belgilaydi, bu esa jarayon samaradorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.


Download 125.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling