10-mavzu: fanni o’rgatish jarayoning elektron boshqaruv.


Download 42.42 Kb.
bet1/3
Sana19.01.2023
Hajmi42.42 Kb.
#1102788
  1   2   3
Bog'liq
FANNI O’RGATISH JARAYONING ELEKTRON BOSHQARUV


10-MAVZU:FANNI O’RGATISH JARAYONING ELEKTRON BOSHQARUV. (2 SOAT AMALIY)

Reja


  1. Elektron pedagogika asoslari.

  2. O’quv maqsadli elektron vositalar va ularning turlari.

  3. Elektron darslik, uning turlari, yaratish tamoyillari.

  4. Internetdagi elektron o’qitish vositalar.

Elektron pedagogikaning asosiy maqsadi shundan iboratki, zamonaviy AKT muhitda o’qitish-ta’lim jarayonini samarali tashkil etish. Elektron pedagogikaning predmeti pedagogik tizim hisoblanadi. Pedagogik tizim qo’yidagi komponentlarni o’z ichiga oladi: o’qituvchi, o’quvchi, ta’limning maqsad va vazifalari, o’qitish mazmuni, o’qitish shakl, usul va vositalari. Zamonaviy AKT ushbu barcha komponentlariga o’zini hissasini qo’shib kelmoqda.
An’anaviy va zamonaviy AKT muhitida tashkil etilgan ta’limni qiyosiy tahlili




An’anaviy ta’lim

Zamonaviy ta’lim

1

Yangi avlodga bilim va tajriba berish

Talabalarning shaxsiy barkamolligini ta’minlash va rivojlantirish

2

Talabalarni hayotga tayyorlash

Qiyinchiliklarsiz yashashga o’rgatish

3.

Hozirgidan kelgusida yaxshi bo’lishga tayyorlash

Doimiy o’zgarish jarayonida yashashga o’rgatish

4

Ta’lim maqsadi – bilim olish

Ta’lim maqsadi – o’zini rivojlantirish, barkamollilik

5

Talabalar maqsadini tayyor holda oladilar

O’zining huquqiy maqsadlarini qo’yishi va unga erishish yo’llarini tanlash

6

Talabalar nazorat turlaridan qochadilar

Ob’ektiv va o’z vaqtda nazoratga intilish

7

O’quv muassasalari o’zaro o’xshash

Har bir o’quv muassasasi yuksalish sari intiladi.

8

Aniq o’qituvchi

O’qituvchi tanlash imkoniyati

Elektron o’quv-uslubiy majmua – zamonaviy AKT muhitida fanning asosiy komponenti hisoblanadi, chunki unda fanning maqsad va vazifalari, mazmuni, o’qitishning zamonaviy shakl, usul va vositalari hisobga olingan.


O’quv maqsadli elektron vositalarni yaratish quyidagi uchta muhim bosqichning o’zaro bog’liqligini ta’minlaydi:

  • mazmun bosqichi – bu bosqichda elektron vositalarning axborot-ta’lim resurslarini shakllantirish va uning axborot ta’minoti mazmuni yaratiladi;

  • tashkiliy bosqich – bu bosqichda elektron vositalar yaratishning texnik jihatlari bilan bir qatorda, foydalanuvchilarning toifalarini aniqlashtirish, mavjud resurslarni tizimlashtirish va yangilab borish mexanizmlarini ishlab chiqish, ta’lim muassasalaridagi mavjud resurslarni integratsiyalash, elektron ta’limni tashkil etish, axborot-ta’lim resurslariga bo’lgan talabni aniqlash maqsadida foydalanuvchilar bo’yicha statistik ma’lumotlarni yig’ish va tahlil etish amalga oshiriladi;

  • metodik ta’minot bosqichi – bu bosqichda elektron vositalardan o’quv jarayonida foydalanish metodikasini ishlab chiqish, maslahat xizmatlarini bajarish yo’lga qo’yiladi.

O’quv maqsadli elektron vositalarni yaratish quyidagi kontseptual tamoyillarga ega bo’lishi lozim:


  1. Download 42.42 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling