10-mavzu. Fermentatorlar. Klassifikatsiyasi, ishlash prinsipi Reja
Download 317.3 Kb.
|
10-mavzu. Fermentatorlar. Klassifikatsiyasi, ishlash prinsipi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-rasm.
dm/D = 0,2¼0,3; hl/dm = 0,2
ll/dm = 0,25 kichik xajmli yoki to‘ldirish balandligi past bo‘lgan fermentatorlarda gazni dispergirlash uchun o‘ziso‘ruvchi turbinali aralashtirgichlardan foydalanish mumkin. O‘ziso‘ruvchi aralashtirgichlarning qo‘llanilishi avoni fermentatorga majburiy uzatishning zaruriyatini yo‘q qiladi. Bu ularning asosiy yutug‘idir. Katta hajmli apparatlarda gazni dispergirlashda mexanik usulning qo‘llanilishi ko‘pvalli aralashtiruvchi tuzilmaga ega fermentatorlarning yaratilishiga olib keladi. Sirkulyasion konturda aralashtirgichga eega fermentatorlar davriy jarayonlarda, qachonki kultural muhit qovushqoqligi vaqt davomida biomassa konsentratsiyasining ko‘payishi bilan o‘zgarganda xamda aralashtirgichning aylanish chastotasini o‘zgartirish hisobiga aralashtirishning kerakli intensivligini ta’minlash mumkin bo‘lganda, effektiv qo‘llaniladi. Apparat ikkita variantda yasalgan bo‘lishi mumkin: sirkulyasion stakan ichidagi vintli (propellerli) aralashtirgich bilan va sirkulyasion stakan tagida joylashgan ochiq turbinali aralashtirgich bilan. 4-rasmda sirkulyasion stakan ichida joylashgan vintli aralashtirgichga ega fermentator ko‘rsatilgan. U balandligining diametriga nisbati L/D = 510 ga teng bo‘lgan idish (3) ko‘rinishda yasalgan. Idish ichida sirkulyasion stakan (4) o‘rnatilgan bo‘lib, uning diametri stakan o‘zining xajmda uning idish devorlari bilan xosil qilgan uzuksimon teshik kesimlari maydonlarining tenglik shartidan xisoblab topiladi. Stakanning pastki qismi kichraytirilgan kesimga ega, va unda o‘q nasosi vazifasini bajaruvchi vintli aralashtirgich (7) xamda oqimni yo‘naltiruvchi tuzilmalar joylashgan bo‘ladi.
Download 317.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling