10-mavzu: go‘SHT VA go‘sht mahsulotlari texnologiyasi reja


Download 34.55 Kb.
bet1/13
Sana19.02.2023
Hajmi34.55 Kb.
#1215083
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4-Maruza


10-MAVZU: GO‘SHT VA GO‘SHT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI


REJA:



  1. So‘yiladigan hayvonlarning tavsifi

  2. Go‘shtning tarkibi, oziqaviylik qiymati va ovqatlanishdagi ahamiyati

  3. Go‘shtning morfologik tuzilishi

  4. Chorva mollarini so‘yish texnologiyasi

  5. Go‘sh go‘sht va go‘sht mahsulotlarini sovutish,

  6. Muzlatish va saqlashtni tamg‘alash

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning barcha viloyatlarida go‘sht sanoati o‘zining texnikaviy potensialini tiklab oldi va taraqqiy eta boshladi. Yangi kichik kushxonalar va go‘shtga dastlabki ishlov berish korxonalari barpo etildi. Mahsulot ishlab chiqariladigan asosiy bo‘limlar qurilma va uskunalar bilan jihozlandi. Umuman hozirgi vaqtda barcha jarayonlar uskuna va texnik vositalar yordamida ishlashga o‘tgan.
Bulardan tashqari sanoat korxonalarda texnik mahsulotlar, hayvonlar uchun oqsil, ozuqalar, meditsina uchun turli preparatlar va galanteriya anjom va buyumlari tayyorlash ishlari ham amalga oshirilmoqda.
So‘nggi yillarda go‘sht sanoati tizimida barcha texnologik jarayonlarni takomillashtirish, sotuv tashkilotlariga sifatli go‘sht va go‘sht mahsulotlari yetkazib berish tadbirlari tobora jadallashmoqda. Shuningdek, so‘yilgan hayvonlarning qoni, suyagi, iste’molga yaroqsiz bo‘lgan hayvon chiqindilaridan foydalanish, texnik yog‘, oqsil tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Fizika, kimyo, biokimyo va mikrobiologiya fanlari yutuqlaridan amaliyotda keng foydalanilmoqda. Bu esa chiqindi mahsulotlardan unumli foydalanish imkonini bermoqda.
Umuman, hozirgi zamonaviy go‘sht korxonasi - murakkab, agregat, avtomatlar va konveyyer liniyalarga ega bo‘lgan sanoat kompleksi hisoblanadi. Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini suniy usulda sovutib berish va muzlatish imkoniga ega bo‘lgan sovuqxonalari mavjuddir.
Bulardan tashqari ular keng miqyosda yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotini tayyorlab berish, texnik mahsulot yetishtirish va hayvonlar uchun to‘la qiymatli ozuqa ishlab chiqarish imkoniga ega.
Go‘sht korxonalaridagi ishlab chiqarish bo‘limlari asosan quyidagilardan iborat:

  • hayvonlarni so‘yishdan oldin saqlash bo‘limi;

  • so‘yish va terini shilish, yoki tanaga ishlov berish bo‘limi (bunga yog‘-moy, teri va ichak bo‘limi va hayvon go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash bo‘limlari kiradi);

  • kalla-pocha mahsulotlarini yig‘ish va qayta ishlash bo‘limi;

  • kolbasa va konserva tayyorlash bo‘limi va sovuqxona;

  • qadoqlab o‘lchash va yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlash bo‘limi;

  • texnik mahsulotlarni ishlab chiqarish va qayta ishlash, hamda hayvonlarga ozuqa tayyorlash bo‘limi shular jumlasidandir.

So‘nggi yillarda keng quloch yozayotgan, yangi tashkil etilayotgan fermerchilik harakati, shaxsiy dehqon xo‘jaliklari o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda turli xil chorva hayvon va parrandalarini ko‘paytirib boqib semirtirish, olinadigan mahsulot sifatini yaxshilash tadbirlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada viloyatlarda ham ko‘plab fermer xo‘jaliklari ulkan natijalarga erishmoqdalar. Ular chorva sonini tobora ko‘paytirish, naslini yaxshilash, yem-xashak bazasini barqarorligini oshirish kabi tadbirlarga alohida e’tibor berganlari holda astoydil mehnat qilmoqdalar.
Umuman mamlakatimizda go‘sht ishlab chiqarish sanoati uchun xom ashyo bazasi sifatida fermer va jamoa xo‘jaliklarining tutgan o‘rni nihoyatda salmoqlidir.
Go‘sht sanoati korxonalarida qayta ishlanadigan asosiy xom ashyolarga qoramol, quy-echki, cho‘chqa, quyon, parranda va boshqalar kiradi. Shuningdek, go‘sht uchun ot, tuya va boshqa hayvonlar ham qayta ishlanadi.
Go‘sht uchun hayvonlarlarni so‘yish ma’lum darajada jamoa xo‘jaliklari va dehqon-fermer xo‘jaliklarining o‘zida bajariladi va mahsulotnnng qayta ishlash tadbirlari amalga oshirilmoqda. Lekin, bunday xo‘jaliklar nihoyatda oz miqdorda bo‘lib, ularning rivoj topishida ko‘plab muammolarga duch kelinmoqda. Chunonchi, kichik so‘yish maydonchalarini qurish, kushxonlarni va ixchamlashtirilgan mol so‘yish sexlarini tashkil etish, ularni maxsus asbob-uskunalar bilan ta’minlash, shuningdek eng asosiysi, malakali texnolog kadrlarning yetishmasligi eng muhimlaridan hisoblanadi.



Download 34.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling