10-mavzu: go‘SHT VA go‘sht mahsulotlari texnologiyasi reja


Qo‘y va echkilarni so‘yish texnologiyasi


Download 34.55 Kb.
bet7/13
Sana19.02.2023
Hajmi34.55 Kb.
#1215083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
4-Maruza

Qo‘y va echkilarni so‘yish texnologiyasi. Qo‘y va echkilarni so‘yishda ularni karaxt qilish tadbirlari olib borilmaydi. Qo‘y va echkilar to‘g‘ri elevatorga uzatiladi va unda ular so‘yiladi.
So‘yiladigan hayvonlar 25-50 boshdan qilib mol saqlash xonasiga kiritiladi va undan harakatlanuvchi mexanizm elevatorga uzatib ularni orqa oyog‘idan zanjir moslamalariga biriktiriladi. Konveyyer usulida harakatga keltiriladigan elevatorga osilgan hayvonlar o‘z navbati bilan birin-ketin so‘yila boshlanadi. Bunda hayvonlarni bo‘yin (jag‘ osti) qismidagi vena qon tomiri ingichka o‘tkir qirrali pichoq bilan kesib yuboriladi. Hayvonlarni tezroq qonsizlantirish maqsadida ularni arteriya qon tomiridan va yuragini o‘ng qorinchasidan pichoq yordamida qoni chiqarib yuboriladi. Qizil o‘ngachni jarohatlamay (kesib yubormasdan) barcha qon maxsus idishga olinadi.
Dastlabki ikki minut davomida olingan qon toza hisoblanib, undan albumin tayyorlanadi. Ifloslangan qon hayvonlar uchun qon uni tayyorlashga yuboriladi. Qonsizlantirish uchun bo‘yinni kesib tashlashga ruxsat berilmaydi. Qonsizlantirish o‘rtacha 5-6 minut davom etadi.
Qonsizlantirish ishlari tugagach bosh qismi tanasidan kesib olinadi. Boshidan tili kesib, sug‘urib olinadi. Bosh qismini qayta ishlash uchun maxsus bo‘limga jo‘natiladi. Qo‘y terisini shilib olish ishlari ham konveyyer usulida mexanik moslamalar yordamida amalga oshiriladi. Terini shilishdan oldin «pistolet» deb nomlangan moslama yordamida qo‘y oyog‘ining sakrash bo‘g‘in qismidan 0,2-0,3 MPa siqilgan havo yuboriladi. Bu esa osonlik bilan terini shilib olish imkonini beradi. Dumbali qo‘ylarga havo dumba ostidagi dum qismidan yuboriladi.
Quruq tozalash jarayonida buyrak yog‘i bilan va dum odatda ajratilmaydi, dumbali qo‘ylarning dumi dumbasi bilan kesib olinadi. Ho‘l tozalashdan keyin har bitta ramaning ilgaklariga butun tushalar 10 dan osiladi. Keyin tushalarga tamg‘a bosiladi, ular tarozida tortiladi va sovutgichga yuboriladi.
GO‘SHTNI TAMG‘ALASH
Go‘sht semizligiga qarab kategoriyalarga bo‘linadi. Barcha turdagi go‘shtning semiz-oriqligi muskul va yog‘ to‘qimalarining rivojlanganligiga, ba’zan skelet suyaklarining chiqib turganligiga qarab belgilanadi.
Har bir tana, nimtalik yoki chorak tushga uning semizlik kategoriyasi uchun ma’lum shakldagi tamg‘a (shtamp) belgilangan. Tamg‘aning rangi go‘shtning turi, semizligi va nimaga mo‘ljanlanganligiga bog‘liq.
Sog‘lom, sotish, saqlash va jo‘natishga mo‘ljallangan mol, qo‘y va cho‘chqa go‘shtlariga (oriq go‘shtdan tashqari) binavsha rangli tamg‘a bosiladi. Barcha turdagi oriq go‘shtlarga, shuningdek, qayta ishlashga mo‘ljallangan go‘shtga, semizlik darajasi va ishlatishidan qat’iy nazar qizil tamg‘a bosiladi.
Yumaloq tamg‘a I kategoriyali semizlikka ega barcha go‘shtning turlariga bosiladi. Kvadrat shakldagi tamg‘a II kategoriyali semizlikka ega barcha go‘shtlarning turlariga bosiladi. Uchburchak tamg‘a oriq tushalar, nimtalik yoki chorak tushalarga bosiladi.
Tamg‘alarning soni va tananing qaysi qismiga bosilishi go‘shtning turi va semizligaga bog‘liq.



Download 34.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling