10 mavzu. Hayot sug‘urtasi buyicha asosiy sug‘urta polislari. Hayot sug‘urtasining majburiy turlari. Annuitet sug‘urtasi


Download 52.74 Kb.
bet2/6
Sana25.02.2023
Hajmi52.74 Kb.
#1227824
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10 Mavzu

Ulushli (hissali) polislar.
Ulushli polislar investorlarga daromad darajasi bevosita hayotni sug‘urta qilish bo‘yicha kompaniyalarning investitsion faoliyat samaradorligi bilan bog‘liq bo‘lgan polislar taklif qilish usuli sifatida paydo bo‘lgan. Odatda bunga ulushli polislar qiymatini sug‘urta kompaniyasi yoki boshqa boshqaruvchi tomonidan boshqariladigan trast fondidagi ulushlar qiymatiga bog‘lab qo‘yish yo‘li bilan erishilgan. Ulushli polislar bo‘yicha olinadigan mukofotlarning hammasi yoki bir qismi joriy narx bo‘yicha trast fondida ulushlar xarid qilish uchun foydalanilgan. Polislarning joriy qiymati bu ulushlar qiymati bilan birgalikda o‘zgarib boradi. Garchi chaqqon bozorda u o‘sadigan bo‘lsada, narx tushab ketgan hollarda ularningegalari yutqazib qo‘yishi ham mumkin. Ushbu bosqichda investitsion polislarning bu jihati haqida batafsil to‘xtalib o‘tishga zarurat yo‘q.

  1. Hayot sug‘urtasi buyicha boshqa turdagi sug‘urta polislari. Investitsion polislar, daromadli polislar, ulushli (xissali) polislar, daromadsiz umrbod polislar, daromadli umrbod polislar, arzon umrbod polislar, hayotni sug‘urta qildirish bo‘yicha universal polislar, shartli tanlanadigan polislar, kushimchalar kiritilgan polislar.

Umrbod polislarni ikkita asosiy jihat ajratib turadi:

  • polis bo‘yicha sug‘urta summasi sug‘urta qildiruvchi shaxs o‘lganidan so‘ng to‘lanadi;

  • sug‘urta mukofotlari muddatli sug‘urta holatidan ko‘ra yuqori bo‘ladi, chunki da‘vo albatta o‘ringa ega bo‘ladi.

Bu doimiy polislar bo‘lib, yakunlanish muddati bilan chegaralanmaydi va ushbu polis bo‘yicha baribir pul to‘lanishi sababli u ssuda uchun durustgina ta‘minot bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Umrbod polislarning bir necha xil turlari mavjud.
Daromadsiz umrbod polislar.
Daromadsiz umrbod polislar uchun quyidagilar xosdir:

  • amal qilish muddati davomida sug‘urta mukofotlari to‘lab borilishi;

  • qayd qilib qo‘yilgan sug‘urta summasi.

Ayrim polislarda 80 yoki 85 yoshdan keyin sug‘urta mukofotlari to‘lash ko‘zda tutilmaydi, lekin agar bunday polisni shu yoshda xarid qilinadigan bo‘lsa, sug‘urta mukofotlari ancha unchalik yuqori bo‘lmaydi, chunki ular qisqa vaqt davomida to‘lanish ehtimoli katta.
Daromadli umrbod polislar
Polislarning ushbu turi daromadsiz umrbod polislarga o‘xshab ketadi va faqatgina polisda kelishib olingan va sug‘urta qildiruvchi o‘lganida to‘lanadigan qo‘shimcha bonuslar bilan farq qiladi. Sug‘urta mukofotlari shartnoma amal qiladigan butun muddat davomida to‘lanishi yoki u 80-85 yoshga etganda to‘xtatilishi mumkin.
Arzon umrbod polislar
Polislarning ushbu turida o‘lim holatida kafolatlangan sug‘urta summasi,
lekin polisning amal qilish davri davomida bonuslar hisobiga yildan-yilga o‘sib
boradigan va nihoyat, belgilangan paytga kelib kafolatlangan sug‘urta summasiga
etadigan va undan ortib ham ketib ketadigan bazaviy sug‘urta summasi kichikroq
bo‘lishini ko‘zda tutadi. O‘lim holatida sug‘urta to‘lovi o‘lim ro‘y bergan paytga kelib to‘plangan katta summadan kelib chiqib belgilanadi. Sug‘urta mukofotlari oddiy daromadli umrbod polislar bo‘yicha sug‘urta mukofotidan kam.
Qolgan umrni sug‘urta qildirish bo‘yicha asosiy sug‘urta polislar.
Polislaning yana bir asosiy turi qolgan umrni sug‘urta qildirish polislari hisoblanadi. Ularning asosiy xususiyatlari quyidagicha:

  • sug‘urta summasi polis amal qilishi yakun topadigan oldindan kelishib olingan sanada yoki sug‘urta qildiruvchining o‘limi undan oldinroq ro‘y bergan paytda to‘lanadi;

  • ushbu polisga teng keladigani yo‘q – uning qayta xarid qilish summas yoki joriy qiymati mavjud;

  • sug‘urta mukofotlari polis amal qiladigan muddat davomida to‘lab boriladi.

Qolgan umrni sug‘urta qildirish bo‘yicha sug‘urta mukofotlari umrbod polislar bo‘yicha sug‘urta mukofotlaridan katta, chunik polisning amal qilish muddati yakunlanadigan sana belgilanishi shuni anglatadiki, da‘volarning kata qismi oldinroq bildiriladi va shunday ekan, sug‘urta mukofotlari kamroq vaqt davomida toplab boriladi, sug‘urta mukofotalri to‘lanadigan muddat qanchalik kichik bo‘lsa, ularning miqdori shunchalik katta bo‘ladi. Ko‘plab polislarda o‘lim holati ro‘y berganda yoki polisning amal qilishi yakun topadigan sanada yakuniy bonus to‘lanishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu to‘lov shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan hollarda to‘lanmaydi.

Download 52.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling