10-mavzu. Ijod jarayonida ilmiy izlanishning ahamiyati reja


Download 388.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana08.01.2022
Hajmi388.58 Kb.
#237169
1   2   3   4
Bog'liq
10-mavzu

atamasi  faoliyatning  qabul  qilingan  va  shakllangan  standartlardan  chekinish  demakdir.  Bunda 

haqiqat  qiyoslash,  etalon  va  namunalarga  tayanish  bilan  emas,  balki  ilmiy  jamoatchilikning 

aksariyat normalari bilan taqqoslashda namoyon bo’ladi. Deviant bilimning o’ziga xos xususiyati 

shundaki, u bilan odatda ilmiy tayyorgarlik ko’rgan, biroq ma’lum sabablarga ko’ra tadqiqotning 

boshqa  metodi  va  obyektlarini  tanlagan  kishilar  shug’ullanadi.  Deviant  bilim  vakillari  odatda 

yakka yoki kichik guruhlarda ishlaydilar. Ular faoliyatining natijalari shu yo’nalishning o’zi kabi 

juda ham kam vaqt saqlanib qoladi. 

Noilmiy  bilimga  faqat  fandagi  yanglishish  sifatida  qaralmaydi.  Modomiki,  noilmiy 

bilimning  turli  shakllari  bor  bo’lar  ekan,  demak,  ular  ilgaridan  mavjud  bo’lgan  qandaydir 

ehtiyojlarga  javob  beradi.  Zamonaviy  fikrlovchi  olimlarning  rasionalizmni  cheklanganligi 

haqidagi  xulosalari  quyidagicha  ifodalanadi:  noilmiy  bilim  shakllarining  rivojini  ta’qiqlash, 

shuningdek, psevdoilmni suiiste’mol qilish, ayni paytda boshlang’ich davrida qanchalik shubhali 

bo’lishidan  qat’i  nazar,  ular  negizida  paydo  bo’lgan  yangi  g’oyalarni  butunlay  inkor  qilish 

noto’g’ridir.  Chunki,  u  yoki  bu  tarixiy  voqyea  va  hodisa  g’oyalar  «inofondi»,  kutilmagan 

analoglar bo’lsa-da, ularga intellektual elita va  olimlarning juda katta ehtiyoji seziladi. 

Hozirgi  kunda  an’anaviy  fan  rasionalizmga  yon  bosib,  insoniyatni  boshi  berk  ko’chaga 

olib  kirdi,  endilikda  undan  chiqish  yo’lini  esa  faqat  noilmiy  bilim  ko’rsata  oladi,  degan  fikr 

shakllangan.  Noilmiy  bilimlarga  irrasional  faoliyat,  ya’ni  afsonalar,  urf-odatlarga  asoslangan 

tajriba  kiradi.  Bu  ma’noda  hozirgi  zamon  fan  falsafasi  namoyondalari,  xususan, 

P.Feyerabendning  «norasionallik  elementlari  fanning  ichida  mavjud  bo’lish  huquqiga  ega», 

degan  fikri  diqqatga  sazovordir.  Bu  nuqtai  nazar    Dj.Xolton  ijodida  ham  ko’zga  tashlanadi.  U 

XX  asrning  oxirida  Yevropa  fanining  inqirozga  uchraganligini  e’tirof  qiluvchi  harakatning 

paydo bo’lganligi va kengayganligi haqidagi xulosaga keladi.  

Fan  noilmiy  bilimga  nisbatan  «kam  bilishi»  mumkin,  chunki  u  egallagan  bilimlar 

dalillarga, gipotezalarga, qat’iy tekshiruvlarga, tushuntirishlarga asoslangan bo’lmog’i lozim. Bu 

tekshiruvlarga  dosh  bera  olmagan  bilim  rad  qilinishi  va,  hattoki,  ilmiy  maqomga  ega  haqiqiy 

informasiya ham fan doirasidan chetga chiqishi mumkin.  

Ba’zida noilmiy bilim haqiqatni bilishning boshqacha vositasi ham deb yuritiladi. Shunga 

ko’ra,  noilmiy  bilimning  shakllariga keyingi  yillarda qiziqish ma’lum darajada  ortmoqda.  Ayni 

paytda  ba’zi  mamlakatlarda  muhandis  va  olimlik  kasbining  mavqyei  biroz  pasaygani  sari 

noilmiy bilimga hayrihohlilik kuchaymoqda. 

XX  asrning  oxirida  fanda  katta  o’zgarishlar  sodir  bo’ldi.  Bir  tomondan  ilmiy 

oqilonalikning  qat’iy  normalaridan  chekinishga  ko’proq  yo’l  qo’yila  boshlandi.  Qabul  qilingan 

va eskirgan  standartlarni buzishga ilmiy  bilishning zaruriy  sharti va  o’sishning ko’rsatkichi  deb 

qarala  boshlandi.  Bilish  faqat  fan  bilan,  bilim  esa  faqat  ilmiy  faoliyat  natijasi  bilan 

tenglashtirilmay  qo’ydi.  Boshqa  tomondan,  ko’pgina  mavhum  ilmiy  nazariyalarning  sohalariga 

tabiatshunoslikning asosiy g’oyalari va tamoyillari kirib keldi, ularda fanga xos bo’lgan aniqlik, 

tizimlilik va izchillik namoyon bo’ldi.  

                                                           

1

 



Поппер К. Логика и рост научного знания. М:, 1983. С. 53.

 



Fanning  gnoseologik  mutlaqligi  g’oyasining  cheklanishi  ilmiy  qiziqish  sohasini 

kengaytirish  imkoniyatlarining  ko’pligi  bilan  muvozanatga  keltirildi.  Ilmiy  izlanishlarning 

obyektlari  maydoniga  yangi hodisalar kirib kela  boshladi,  fan bilish  faoliyatining ilgari rasman 

e’tirof  etilmagan  sohalariga  yuz  tutdi.  Astrologiya,  parapsixologiya  va  boshqa  «xalq»  fanlari 

ularga  salbiy  baho  berish  nuqtai  nazaridan  emas,  balki  ularning  noan’anaviy  yondashuvlari, 

usullari, bilish mo’ljallari nuqtai nazaridan e’tiborni  o’ziga qarata boshladi. Fanning o’zida ham 

«deviant»  yo’nalishlar,  ya’ni  ilmiy  tadqiqotning  umumiy  e’tirof  etilgan  normalari  va 

standartlariga bo’ysunmaydigan yo’nalishlar paydo bo’ldi. Keng qo’llaniladigan «noilmiy bilim» 

atamasidan  tashqari  «anormal  bilim»  atamasi  ham  qo’llanila  boshlandi.  U  qabul  qilingan 

paradigmaga  mos  kelmaydigan,  shuning  uchun  ham  hamisha  inkor  etib  kelingan  bilimning 

mavjudligiga ishora qiladi.  

Fan  tarixi  «g’ayritabiiy  g’oya  va  farazlar»ni  inkor  etishga  shoshilish  noto’g’riligini 

ko’rsatadi.  Masalan,  Nils  Borning  to’ldiruvchanlik  tamoyili  g’oyasini  mutlaqo  xayoliy  deb 

hisoblaganlar  va  u  haqda:  «Agar  N.Bor  e’lon  qilgan  bu  xomxayol  to’g’ri  bo’lsa,  fizikani 

butunlay  tashlab  ketish  mumkin»,  deb  fikr  bildirganlar.  Termodinamikaning  vujudga  kelish 

bosqichida  uni  «Fan  tamoyilidagi  uydirma»,  deb  ataganlar.  Klassik  fan  bu  bilan  o’zini  tabiiy 

tarzda  himoya  qilishga  intilganligini  tushunish  mumkin.  Zotan,  har  bir  yangi  g’oyaning 

yashovchanligi mana shunday qattiq va mufassal tekshiruvdan o’tadi.  

Protofenomen, ya’ni ko’zga ko’rinadigan qonun to’g’risida fikr yuritgan Gyotening ilmiy 

romantizmini  mana  shunday  «nonormal»  bilimga  o’xshash  deb  hisoblash  mumkin.  A. 

Puankarening  intuitivizmi,  M.  Polanining  noaniq,  shaxsiy  bilim  nazariyasi,  P.  Feyerabandning 

epistemologik  anarxizmi  ham  ilmiy  oqilonalikning  qat’iy  chegaralarini  buzishga  ko’maklashdi. 

Bilish  faoliyatining  noan’anaviy  shakllariga  bo’lgan  munosabat  asta-sekin  o’zgardi,  ular  ilmiy 

konsepsiyalar  bilan  «til  topa»  boshladilar,  chunki  metodologlar  ularni  tahlil  qilib  jiddiy 

natijalarga erishishga umidvor bo’ldilar.  

Bunday  «til  topish»  ilmiy  bilishning  relyativligiga  olib  keldi.  Metodologik  qiziqishlar 

sohasining  kengayishi  ilgari  bir-biriga  qarshi  qo’yilgan  fanlar  –  astronomiya  va  astrologiya, 

an’anaviy  va  noan’anaviy  tibbiyot  gnoseologik  maqomining  tengligini  asoslashga  xizmat  qildi. 

XX  asrgacha  hukm  surgan  qarashlarga  ko’ra,  astrologiya  e’tiborga  noloyiq  soxta  fan,  deb 

hisoblangan bo’lsa, XX asrda bunday fanlarni tanqid qilishga ancha bosiqlik bilan, ilmiy asosda 

yondashiladigan  bo’ldi.  Jumladan,  Karl  Popper  astrologiyani  fan  deb  tasniflash  mumkin  emas, 

chunki  u  soxtalashtirish  tamoyiliga  bo’ysunmaydi:  «astrologiya  ijobiy  shohidliklarga  ortiqcha 

urg’u beradi va qarshi misollarni inkor etadi

1

», deb ko’rsatdi.  



Edvard Jeyms  soxtalashtirish tamoyili astrologiyada amal  qilmasligini inkor  etdi.  Uning 

fikriga ko’ra, tarixiy taraqqiyot jarayonida astrologiyaning mazmuni  o’zgarmay  qolgan va unda 

soxtalashtirish  yetakchi  o’rinlardan  birini  egallagan.  Ro’yobga  chiqmagan  goroskoplar  bilan 

bog’liq  shov-shuvlar  soxtalashtirish  tamoyilining  o’ziga  xos  tarzda  amal  qilishi  emasmi? 

«Yulduzlar  aldamaydi»,  degan  fikrni  astrologik  taxminlarni  amalda  tekshirishga  qo’yiladigan 

metodologik talab,  shu jumladan,  soxtalashtirish tartib-taomili deb talqin qilish  mumkin. Bunda 

yulduzlar chindan ham aldamasligi, balki astrologlar adashishi ayon bo’ladi.  

Astrologiyani  e’tirof  etuvchi  boshqa  bir  yondashuvda  uning  vujudga  kelishi  ijtimoiy 

amaliyot  ehtiyojlari  va  moddiy  manfaatlar,  ya’ni:  ovning  baroridan  kelishi,  dehqonchilik  va 

chorvachilik mashg’ulotlari bilan bog’liq bo’lgan. Bularning barchasi, tabiiyki, osmon burjlariga 

bo’ysungan.  Burjlarning  o’zaro  ta’sirga  kirishishi,  ularning  Yerdagi  jarayonlarga  ta’siri 

astrologiyaning,  shuningdek,  astronomiya  va  kosmologiyaning  rivojlanishiga  umumiy  turtki 

bergan.  Astrologiya  o’zining  matematik  apparatini  ham  takomillashtirib,  hisoblash  texnikasiga 

aniqlik  kiritib  borgan.  Goroskop  texnikasini  o’zlashtirish  talab  etilganida  astrologlar  aniq 

trigonometrik  hisoblashlarni  qo’llay  boshlaganlar  (Rimda  astrologlarni  matematiklar  deb 

ataganlar). 

                                                           

1

 



К.Поппер. Логика и рост научного знания. М.: 1983. -С 34.

 



Astrologiya  ilmiy  maqomining  eng  so’nggi  isboti  kosmistlarning  qiziqarli  fikr-

mulohazalari, jumladan, L. Gumilyovning kishilik tarixi maromlarini «yaqin koinot»dagi kosmik 

faollik maromlariga bog’lovchi konsepsiyasi bilan bog’liq.  

Barcha  tabiiy-ilmiy  dalillardan  tashqari,  astrologiya  insonning  qadimgi  ehtiyoji  –  o’z  taqdirini 

bilish  ehtiyojini  ham  qondirib  kelgan.  U  ma’lumotlar  to’plash,  hisoblashlar  o’tkazish, 

muvofiqliklarni  ta’riflash  orqali  mazkur  ehtiyojni  qondirish  usulini  ancha  izchil  ilmiy  shaklga 

solgan.  

Fanni  hamda  bilimning  noilmiy  shakllarini  chegaralash  (demarkasiya  qilish)  hamisha 

ilmiy  mezonlar  yordamida  amalga  oshirilgan.  Ammo  aniq,  izchil  va  bir  ma’noli  bo’lishi 

kerakligiga ishonch faqat XX asr faniga xosdir. Shundan so’ng fanning u yoki bu mezonlarining 

muhimligi  masalasi  yuzasidan  munozaralar  boshlandi.  XX  asrning  70-yillariga  kelib  haqiqiy 

fanni  identifikasiya  qilishning  bir  ma’noli  uzil-kesil  mezoni  yoki  o’lchovini  belgilash 

mumkinligi  haqidagi  qarash  anaxronizm  deb  e’tirof  etildi.  Ilmiylik  tushunchasini  ma’lum  bir 

mezon  yoki  mezonlar  to’plamiga  bog’lash  kerak  emas  degan  qarash  paydo  bo’ldi.  Mezonlar 

erkin xususiyatga ega bo’ladi, ilmiylikning chegaralari esa ijtimoiy-madaniy ko’rsatkichlar bilan 

belgilanadi.  Fan  muttasil  rivojlanib  boradi  va  mazkur  mezonlarga  berilgan  ta’riflar  doimiy 

jo’shqinlik va o’zgaruvchanlik vaziyatiga javob berishi kerak. Rivojlanish sur’ati klassik qonun-

qoidalarni muqarrar tarzda vayron qiladi.  

Tavakkalchilik  -  yuzaga  kelishi  mumkin  bo’lgan  xavf-xatarga  karamay  amalga 

oshiriladigan faoliyatdir. Shuning uchun tavakkalchilik deganda bevosita u bilan bog’liq bo’lgan 

xavf-xatar tushuniladi. Tavakkalchilik tushunchasi murakkab va ko’p qirralidir, uni bir so’z bilan 

ifodalash  qiyin. Tavakkachilik bu inson  faoliyatidagi  noaniqlik va ziddiyat xolati o’lchovidir, u 

xavf-xatar,  omadsizlik,  yo’ldan  chalg’ish  va  zarar  ko’rish  bilan  tavsiflanadi.  D.  P.  Alginaning 

fikriga ko’ra, tavakkalchilik guyoki tanlash majburiy bo’lgan sharoitda noaniqlikni bartaraf ztish 

bilan  bog’lik  faoliyatdir.  Bunda  maqsadga  erishish  maqsaddan  og’ish,  yoki  omadsizlik 

extimolini miqdori va sifati bo’yicha baxolash imkoni bo’ladi.  

Yuzaga kelish  extimolli bo’lgan yutuq  va yo’qotishlarning kompleks  taxlilini  o’tkazishda 

xavf  –  xatar  tavakkalchilik  baholash  uchun  tavakkalchilik  faoliyatining  barcha  manbalarini  va 

ular ichida eng kuchlilarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Kutilayotgan natijalarni aniqlovchi 

(asosiy) va yondosh (ikkinchi darajali) turlarga bo’lish kerak.  

Yuqori  natijalar  keltiruvchi  qaror  va  xarakatlar  odatda  eng  yuqori  tavakkalchilik 

hisoblanadi.  Shuning  uchun  jasurlik  bilan  qilinadigan  tavakkalchilikning  asosiy  sharti 

muvaffaqiyat qozonishga bo’lgan katta ishonchdir. 

Tavakkalchilik  deganda  qaror  qabul  qilishda  yoki  biror  bir  ishni  bajarishdagi 

ishonchsizlikni,  ya’ni  bu  xodisa  yoki  voqyeani  (maqsadni)  ro’yobga  chiqish  yoki  chikmaslik 

ehtimoliga aytiladi.  

Olim ilmiy faoliyatga o’zining butun vujudi bilan berilishga qodir bo’lishi lozim. «Ehtiros 

eng  muhim  omil  –  ilhomning  dastlabki  shartidir.    Birgina  mo’ljal  bilan  hyech  narsaga  erishib 

bo’lmaydi.  Albatta,  mo’ljal  ham  dastlabki  shartlardan  biri  hisoblanadi.  Qo’qqisdan  paydo 

bo’lgan  faraz  mehnat  o’rnini  bosmaydi.  Boshqa  tomondan,  mehnat  bunday  farazning  o’rnini 

bosishga  yoki  majburiy  keltirib  chiqarishga  qodir  emas.  Ehtiros  ham  bunga  ojiz.  Ko’rsatilgan 

ikki omil va faqat birgalikda farazning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Biroq faraz u bizga kerak 

bo’lgan paytda emas,  o’zi  ma’qul ko’rgan  paytda paydo  bo’ladi. Ilmiy  xodim  har qanday ilmiy 

ishning  yo’ldoshi  bo’lgan  tavakkalchilikni  ham  bo’yniga  olishi  kerak.  Ilm  jabhasida  faqat  bir 

ishga xizmat qiluvchi odamgina shaxs hisoblanadi».  

Fanda  tavakkalchilik  hal  qilinishi  ehtimoli  uzoq  yoki  mumkin  bo’lmagan  muammoni 

qo’yishdan  iborat,  deb  hisoblash  mumkin.  Bunda  tadqiqotchi  bu  muammoni  hal  qilish  orqali 

fanda  paradigmal  o’zgarish  qilishiga  ishonadi.Tadqiqotchining  tavakkalchiligi  fan    uchun 

ma’lum  ma’noda  ahamiyatga  ega  deb  hisoblash  mumkin,  chunki  u  o’zining  erishgan  natijalari 

bilan,  shu  soha  izlanuvchilariga  bu  yo’lning  besamarligini  ko’rsatib  berish  orqali  ularga  katta 

amaliy  yordam  ko’rsatgan  bo’ladi.  Masalan,parallel  chiziqlarning  kesishmasligi  to’g’risidagi  

nazariyani inkor qilish uchun jiddiy ilmiy tadqiqotlar olib borilgan, ammo ular hanuzgacha natija 




bergan  emas.  Tilshunoslik  sohasini  olib  qaraydigan  bo’lsak,  kesimda  ba’zi  hollarda  ega  

xususiyatlari bo’lishi mumkin deb, isbotlashga intilish qanchalik haqiqatga mos kelishi mumkin.    

Virtualistika dunyo fanida yangicha bir yo’nalish, ta’limot va yondashuv sifatida XX asrning 

80-90  yillarida  vujudga  keldi  va  shakllandi.  Virtuallik  tushunchasi  lotinchadan  olingan  bo’lib, 

“virtus”  “faraziy”-,  “xayoliy”  degan  ma’noni  anglatadi.  G’arbiy  Rim  madaniyatida  “virtus”  

so’zi to’rt ma’noda tushunilgan: birinchidan, bu axloqiy qadriyat, yaxshilik(masalan ingliz tilida 

“virtus” –yaxshi fazilat degani); ikkinchidan, bu qandaydir aktual,  mavjud hamda ta’sir etuvchi 

voqyelik;  uchinchidan,  qandaydir  artefakt;  to’rtinchidan  virtuallik  ko’proq  hayoliy,  faraziy, 

noreallik kabilarga sinonim.     U kompyuter va internet olamining shiddat bilan rivojlanishiga, 

informasion axborot olamining kengayishiga, vertual obyektlar va modellar bilan ishlash, sun’iy 

obyektlar  yaratishda  hissasi  bor.  Bu  sohada  respublikamiz  olimlari  tomonidan  ayrim  fikrlar 

bildirilganiga  qaramasdan,  bu  masalaning  ishlanganlik  darajasi  hali  yetarli  emas.  Fan  va 

amaliyot obyektiv virtualliklarning dalolat beruvchi ma’lumotlarga ega. Shuni ta’kidlash joizki, 

biz yashab turgan dunyo faqat  subyektiv virtual emas, balki obyektiv tarzda bor bo’lgan vertual 

holatlarni  ham qamrab oladi. Obyektiv vertual borliq o’zi nima va u qanday xislatga  ega, degan  

masala  turibdi.  Obyektiv  virtual  borliq  ontologik  jihatdan  mustaqil  potensiallikka  ega  bo’lgan, 

qandaydir  aktual  ta’sir  etuvchi  holatni  anlatuvchi  mavjudlikdir.  Obyektiv  vertual  borliqqa 

fizikadagi  virtual  zarrachalarni  misol  qilib  ko’rsatish  mumkin.  Tabiat  va  jamiyatda  subyektga 

bog’liq  bo’lmagan,  hamda  tasavvur  etilsa-yu-etilmasa    mavjud  bo’ladigan  virtual  holatlar  ham 

mavjud.    S.S.Xorujiyning  fikricha,  virtual  reallik  hali  to’la  vujudga  kelmagan  voqyea,  to’la 

yaratilmagan  borliqdir.  Vertual  reallik  obyekti  doimo  aktual  va  realdir,  vertual  reallik  keyingi 

darajada boshqa virtual reallikni yaratishga qodir. 

Virtualistika  fani  asoschilaridan  biri  N.A.  Nosov  ikkita  metavirtuallik  tushunchalarni  – 

konstant  reallik  va  virtuallik  tushunchalarni  farqlaydi.  Konstant  reallik  tajribamizda  doimo 

uchraydigan,  odatiy  bo’lib  qolgan  hodisalar  realligidir.  Masalan,  oldimizda  turgan  kitob,qalam 

va boshqalar. Bu reallikning qarama-qarshisi virtuallik reallikdir. 

Virtual reallik   cheksiz  xil  va turlarda   mavjud. N.A.Nosov  har  qanday  virtual reallikka xos 

bo’lgan  4  ta  invariant  (o’zgarmas)  xislatni  ajratib  ko’rsatadi:  1)  yaratilganlik.  Virtual  reallik 

boshqa biror xil reallik tomonidan vujudga keltiriladi; 2) aktuallik. Virtual reallik aktual, “hozir 

va shu yerda” mavjud; 3) mustaqil bo’lish.Uning o’zini fazo va vaqti, mavjudlik qonunlari bor; 

4)  interaktivlik.Virtual  reallik  boshqa  barcha  realliklar  bilan  aloqa,  o’zaro  ta’sirda  bo’lishi 

mumkin. 


Ayni paytda, kompyuter texnologiyasi va internet tizimining taraqqiy etishi, parallel ravishda 

esa  psixologiya  va  virtual  psixologiya  yo’nalishida    tadqiqotlarni  har  tomonlama  olib  borilishi 

virtuallik olami to’g’risida boy materiallar to’plash imkoniyatini beradi. 

Ma’lumki, ilmiy  ijodiyot oldin ma’lum bo’lmagan obyektlar, xossalar va qonuniyatlarga oid 

yangi g’oyalar, kashfiyotlar hamda loyihalar, sun’iy tuzilmalar va modellarni yaratishdan iborat 

bo’lgan  murakkab  ruhiy  emosional  jarayondir.  Ijod  jarayonida  olim  va  ixtirochi  ko’p  qirrali, 

ko’p  qatlamli  virtual  fazo,holat  va  hodisalarga  duch  keladi,  virtuallik  xislatlariga  ega  bo’lgan 

tasavvurlar, g’oyalar  va loyihalarni ishlab chiqadi. Ijodiy faoliyatning muhim qonuniyatlaridan 

biri  siklik(davriylik)    qonuniyatidir.  Bu  qonuniyat    ijod  qilish  jarayoni    bosqichlarida    o’z 

ifodasini topadi. Ijodiyot bosqichlarida esa takroriy va betakror jarayonlar, faoliyat usullari o’rin 

almashib  turadi.  Takroriy  jarayonlar  va  unsurlar  konstant    reallikni  bildirib,  asosan    ilmiy 

tadqiqot    olib  borish  uchun  zarur  bo’lgan  ilmiy  tadqiqot  ishi  rejasi,  axborot  massivi, 

laboratoriya,  usullar  va  vositalar  majmuasidan  iboratdir.  Ilmiy  muammoning  qo’yilishi  esa 

bo’lajak  kashfiyot  yoki  yangi  g’oyaning  vertual  realligini  bildiradi.  Bu  yerda  ikkilamchi 

virtuallikni kuzatish mumkin: a) muammoning qo’yilishi tadqiqotning virtual modelini bildiradi; 

b)  bir  virtual  reallik  boshqa  virtuallikni  keltirib  chiqaradi.  Muammo  yangi  g’oyaning  “doni” 

yashiringan mavjudlikdir. 

Ilmiy tadqiqot obyekti o’z navbatida ikki turdagi reallik-konstant va  virtual reallik  borligini 

namoyon etadi. Tadqiqot dasturi doirasiga kirmagan, lekin o’rganilishi lozim bo’lgan narsa  yoki 

hodisa  konstant      reallikni  (subyektivlikdan  tashqarida,  mustaqil,  o’zicha  doimiy  mavjudlikni) 




bildiradi.  Tadqiqot  dasturi  doirasiga  kirgan  va  tavsiflangan  obyekt  ma’lum  darajada  virtuallik 

xislatiga ega bo’ladi.  

Ijodiyot  qismlarida  virtuallik  va  konstant  reallik  turli  nisbatda  berilgan  bo’ladi.  Bu  nisbatni 

quyidagicha izohlash mumkin: 

1.Biror  bir  g’oya  asosida  muammoni  qo’yish,  kutilayotgan  natijani  belgilash.  Bu  jarayonni 

virtual  holat,  deb  hisoblash.  Ayni  paytda  bu  holat  ijodiy  faoliyat  uchun  zarur  bo’lgan 

sharoit,axborot  bazasi,  tadqiqot  vositalarini  tayyorlash,  reja  tuzish  kabi  konstant  reallik 

makonida namoyon bo’ladi. 

2.Intensiv izlanish jarayonida yechimning tug’ilishi. Bu ijodiyotning inkubasion davri bo’lib, 

uning  ichida  vaqt-vaqti  bilan  mantiqiy  tahliliy  fikrlar  va  norasional  yorishish  chaqmoqlari 

(insayt)  o’rin  almashib  turadi.    Mantiqiy-tahliliy  fikrlar  mohiyatan  ongli  jarayon  bo’lsa, 

noonglilik  ong  osti  ruhiy-intuitiv  harakat  va  o’zgarishlar  “makoni”  bo’lib,  unda  tadqiqotchi 

anglamagan holda o’ziga xos sinergetik jaryonlar sodir bo’ladi.  Norasional fikrlash “makonida”  

xomaki  pishish  darajasiga  yetib  qolgan  g’oyalar,  tushunchalar  va  tasavvurlar,  ularning 

konbinativ  obrazlari  virtual  xaos  holatda    bo’ladi.    Paydo  bo’lgan  ijodiy  virtuallar  intuisiya 

mexanizmi  yordamida ong qatlamiga “qalqib” chiqadi.  

3.  Nogahon  yorishish  (topilma-virtuallar)    yechim  matrisasiga,  boshqacha  qilib  aytganda, 

yangi  g’oya,    kashfiyot  yoki  loyihaga  aylanadi.  Ong  osti    fikrlash    qatlamida  paydo  bo’lgan 

innovasion  yechim  mantiqiy,  rasional  tafakkur  jabhasiga  kiradi.      Mana  shu  daqiqa-jarayonni 

tadqiqotchi    “yechim  tayyor  g’oya  ko’rinishida  ongimda  qo’qqisdan  paydo  bo’ldi”  deb 

izohlaydi. 

4.Yangi  g’oyani,  yechimni  mantiqiy-normativ  qoidalar  va  talablar  asosida  tavsiflash, 

isbotlash  va  rasmiylashtirish  bosqichi.  Mazkur  aqliy-mantiqiy  fikrlash  bosqichida  yangi 

yechimga,  natijaga  nazariy  asos    va  shakl  beriladi,  xulosa  chiqariladi,  virtual  ilmiy  bashorat 

amalga oshiriladi. 

Ko’rinib  turibdiki,  ilmiy  tadqiqotda    virtuallik  va  konstant  reallik  uzviy  bog’langan  va  bir-

biriga o’tib turadi. 

 


Download 388.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling