10-mavzu. Ijod jarayonida ilmiy izlanishning ahamiyati reja
Download 388,58 Kb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psevdoilmiy bilim an’anaviy nazariyalarni targ’ib qiluvchi intellektual faollikda
10-MAVZU. IJOD JARAYONIDA ILMIY IZLANISHNING AHAMIYATI Reja: 1.”Ilmiy izlanish” tushunchasi. 2.Ilmiy izlanishda ilmiy va noilmiy bilimning o’zaro munosabati. 3.Ilmiy izlanish va tavakkalchilik. 4.Virtual va konstant haqiqat. Ularning izlanishdagi ahamiyati.
uyg’otish), I. Lakatos, “qat’iy yadro” uchinchisi istisno qonuni, noilmiy bilim, shaxsiy bilim, parailmiy bilim, psevdoilmiy bilim, deviant ilm, astrologiya, anaxronizm, tavakkalchilik, virtualistika, konstant reallik.
Ilmiy tadqiqot jiddiy ijodiy xususiyatga ega, zotan, u hamisha sirli, yangi va noma’lum sohaga yunaltirilgan. Ijod esa har qanday sohada odamlar hayotida yangi, ilgari ko’rilmagan narsalarni yaratishni nazarda tutadi. Ilmiy tadqiqot ijod sifatida izlash xususiyatiga ega bo’lib, yangi bilim olish va uni anglab yetishga yo’naltirilgandir. Ijodiy faollik, bilimga chanqoqlik, haqiqatga, yangi, obyektiv bilimga intilish faol hayot pozisiyasiga ega bo’lgan yaratuvchi- olimning mohiyat-mazmunini tashkil etadi. Qobiliyati, xotirasi va ilgari olgan bilimlarini chinakam olim ilmiy izlanish, ijodga ongli ravishda yunaltiradi. Ilmiy izlanish talqiqotchining ilm darajasi, ijodiy jasurligi, qat’iyat bilan intilishiga bog’liqdir. Tadqiqotchi o’z zamonasining ilg’or g’oyasi bilan qurollangan, mustaqil fikrlaydigan, yangilikni his qiladigan bo’lgandagina, izlanish samarali va foydali bo’lishi mumkin. Qadimgi yunon falsafasining yirik vakili Aristotel ilmiy ishlarida faoliyat nazariyasini ishlab chiqishning asosiy bosqichlarini bayon etgan. Mutafakkir har qanday olimning ish mazmuni to’rt bosqichdan iborat bo’lishi kerakligini ko’rsatdi: 1.O’rganilayotgan masalaning tarixi, uning tanqidiy tahlili; 2.Shu asosda o’rganilayotgan masalani aniq qo’ya bilish; 3.O’z mulohaza, o’z taxminlari-gipotezalarini bera bilish; 4.Qo’yilgan masalani mantiqiy asoslab, faktlarga suyanib, o’z kuzatishlari asosida yangi ilmiy qarashlarning ilgarigi qarashlardan ustun ekanligini ko’rsatib berish.
Bu juda oddiydek ko’rinishi mumkin. Biroq hozirgacha ilmiy-tadqiqot ishlari yuqoridagi sxema asosida yoziladi. Ilmiy izlanish narsa va hodisalar mohiyati, ichki qonuniyatini aniqlash maqsadida olib boriladi. Bu esa o’z navbatida narsa va hodisalarning sifat muayyanligi, narsalar orasidagi barqaror munosabatlarni barqaror fikrlar (tushuncha, muhokama) orqali ifodalashni taqazo etadi. Qonuniyatlar bir narsa, bir obyektga emas, balki umumga (narsalar turkumlariga), bir qator obyektlarga taalluqli bo’ladi, hamda ulardagi umumiylik, o’xshashlik, aynanlik tomonlarini o’rganish orqali ochiladi. Ilmiy izlanish tadqiqotning o’ziga xos ko’rinishi bo’lib, yangilikni topishga qaratilgan faoliyat, yangi natijalar olishda davom etish, yangi bilim hosil qilishdir. Ilmiy izlanish fan oldidagi ilmni ma’lum bir ijtimoiy maqsad sari rivojlantirishga doir yangi vazifa va masalalarni qo’yadi. Ilmiy ijod ilmiy bilish metodlari, vositalari va shakllarining to’liq majmuiga asoslangan bo’lib, tizimli, kasbiy xususiyatga ega. Yakka iste’dodlar davri o’tdi - kompyuter inqilobi davrida ilmiy ijod bilan olimlar, mutaxassislar, fanning u yoki bu sohasi ekspertlarining ko’p sonli jamoalari malakali shug’ullanadi. Olimning tanqidiy tafakkuri, ilmiy izlanishda tor pragmatik yondashuv, dogmatizm va relyativizmning mavjud emasligi ilmiy ijodning muhim komponenti, metodologik mo’ljalidir. Tanqidiy fikrlash ilmiy ijodning zarur elementi sifatida ilmiy g’oyalar, gipotezalar, faktlarni har xil nuqtai nazardan, ilmiy tadqiqotning ichki mantig’i kontekstida va o’rganilayotgan ilmiy muammoga nisbatan barcha muqobil yondashuvlarga qiyosan faol ko’rib chiqish jarayoni demakdir. Ijodkor ilmiy xodim o’z ilmiy ishida tanqidiy fikrlash elementlaridan ongli ravishda foydalanib, u yoki bu g’oyalar, metodlar va yondashuvlar bilan tanishadi, ularni tanqidiy taqqoslaydi va ularni amalga oshirishning real oqibatlarini prognoz qiladi. Bunday yondashuv fanda ilmiy izlanish va kashfiyotning maqbul va eng samarali strategiyasini ishlab chiqishga ko’maklashadi. Dekartning deduktiv usuli ilmiy izlashish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu usul quyidagi talablarni qo’yadi: 1.Har qanday qiziqqonlik, shoshqaloqlikdan xoli bo’lgan bilish aniq, shubhaga o’rin qoldirmaydigan bo’lishi kerak. 2.Tekshirilayotgan muammolarni imkoni boricha qismlarga bo’lib o’rganish lozim. 3.Fikr yuritganda, oldin oddiy narsadan boshlab, so’ng murakkabga-bosqichma bosqich o’tish kerak. 4.Bilish jarayonida tadqiqotni aniq reja asosida to’la olib borish, hyech narsani unutib qoldirmaganiga ishonch hosil qilishi lozim. Dekart ilgari surgan dastlabki qoidadan ko’rinib turibdiki, uning bilishni o’rganishdagi uslubi skeptik(shubha uyg’otish) g’oyasi bilan sug’orilgan. Shu bilan birga, u o’z navbatida, gnoseologik xususiyatga ham ega edi. Hamma narsaning haqiqiyligiga shubha bilan qarash, bilish jarayonida uning aniqligi, mavjudligiga to’la va va atroflicha ishonch hosil qilish Dekartning asosiy talabi edi. Tanqidiy fikrlash g’oyalarni va to’plangan bilimni integrasiya va sintez qilish hamda qayta tushunib yetish, yangi bilimni rivojlantirish bilan bog’lash murakkab ijodiy-kreativ jarayondir. Yangi ilmiy qarashlar va faktlarni baholashda ham tanqidiy fikrlash nuqtai nazaridan kelib chiqish kerak: fanda ishonchga o’rin yo’q, ilmiy bilim dalil-isbotga tayanadi. Karl Raymund Popper, ayniqsa, ilmiy ijod sohasida tanqidiy fikrlashning zarur elementi sifatida falsifikasiya prosedurasi yoki fallibilizmni kiritdi. Falsifikasiya qilish (fallibilizm) prinsipini Popper fanni soxta fandan, aniq bilim va haqiqatni subyektning fikri yoki istagidan ajratish, demarkasiya qilish mezoni sifatida taklif qildi. Masalan, fallibilizm nuqtai nazaridan Yevklid geometriyasi ilmiy nazariyadir, zotan, Lobachevskiy, Bolyan, Gauss va Riman tomonidan yaratilgan noyevklid geometriyalarining ko’p sonli variantlari Yevklid geometriyasini inkor etdi. Hozirgi zamon epistemologiyasi fallibilizm bilan bir qatorda, fanda tanqidiy va ijodiy fikrlashning qudratli vositasi - verifikasiyaga ham ega. Verifikasiya deganda ilmiy qarashlarni sinovdan o’tkazish natijasida ularning haqqoniyligini aniqlash jarayoni tushuniladi. To’g’ri verifikasiya-kuzatish va eksperimentlarning ma’lumotlarini ta’riflovchi ilmiy qarashlarni bevosita tekshirish. Egri verifikasiya - ilmiy qarashlar, gipotezalar va nazariyalar o’rtasida formal-mantiqiy munosabatlar o’rnatish. Hozirgi zamon epistemologiyasi nuqtai nazaridan, verifikasiya ilmiy nazariyalarning raqobati va o’zaro ta’siri natijasidir. Masalan, hozirgi zamon kvant nazariyasi Lui de Broyl va Ervin Shredingerning to’lqinli mexanikasi, Verner Geyzenbergning matrisali mexanikasi va Richard Feynmanning trayektoriyalardagi integrallar nazariyasining sintezi bo’lgani uchun ham uni verifikasiya qilish mumkin. Falsifikasiya va verifikasiya bir-birini to’ldirib, olimning tanqidiy tafakkuriga, ilmiy ijod metodologiyasinnng negiziga kirib boradi. U ilmiy izlanishda qapop qabul qilish va ilmiy bilish yo’llarini tanlashda mustaqil bo’lishga, avtoritetlar va dogmalarga e’tibor bermaslikka, ilmiy muammoni hal qilishga nisbatan o’z pozisiyasi va yondashuvini ishlab chiqishga, o’z g’oyalari, fikrlari va qarashlarini ta’riflashga, ularni asosli dalillash va isbotlashga o’rgatadi. Tanqidiy ta- fakkur ilmiy ijod jarayoniga ishonchli, aqlga muvofiq dalillarni kiritadi. Tanqidiy fikrlash olimlar o’rtasida ijodiy axborot almashishga ko’maklashadi, chunki unumli fikr almashish, ijodiy munozara qilish, bag’ikenglik, boshqaning fikrini eshitish, o’z ilmiy natijalarini tanqidiy baholashga o’rgatadi. Tanqidiy fikrlaydigan olim o’zi o’rganayotgan ilmiy muammoga nisbatan uning shaxsiy yondashuvidan tashqari, mazkur muammoning boshqa yechimlari ham bo’lishi mumkinligini yaxshi tushunadi. Angliyalik faylasuf I.Lakatos (1922-1974) ilmiy izlanishning dasturi metodologiyasini maydonga tashladi. Popper ta’limotiga ko’ra eski nazariya o’rniga yangisi kelib, eskisini butunlay inkor etadi, deyilsa, Lakatos eski nazariya bilan yangi nazariyalarni solishtirish muhim ahamiyatga ega deb ko’rsatadi. Har bir ilmiy tekshirishning dasturi bir nechta nazariyalarni o’z ichiga oladi. Dasturning “qat’iy yadrosi” bir nazariyadan boshqasiga o’tadi va keyingi dasturga o’tib, o’zining yordamchi gipotezalari orqali himoya chizig’ini tashkil etadi. Shuningdek, yordamchi gipotezalardan tashkil topgan qisman yemirilishi mumkin. Nyuton ilmiy izlanishi dasturining “qat’iy yadrosi” mexanik uchala qonuni va “tortish” qonunidir. Mana shu asosda bir necha qonunlar rivojlandi, vujudga keldi. Dasturning “qat’iy yadrosi” buzilgandan so’ng, eski ilmiy tekshirish dasturdan yangisiga o’tish zaruriyatini tug’diradi. Yangi ilmiy tekshirish dasturi turg’unroq, qat’iyroq empirik mazmunga ega bo’lishi kerak. Lakatos bilimlarning vorisligi, ilmiy tekshirish dasturining bir- biriga bog’liqligi masalasiga e’tibor berdi. Ilmiy tekshirish dasturi eski dastur bilan uzviy bog’liqligi ko’rsatib berildi. Ilmiy tekshirishda fanni o’rganish faqat uning tarixi bilan chegaralanib qolmaydi. Aks holda dogmatizmga olib keladi. Ilmiy muammoni to’g’ri qo’yish, tadqiqot vazifasi va maqsadini hamda mo’ljallanayotgan natijani aniq va kat’iy ta’riflash ilmiy ijodning negizi va harakatlantiruvchi kuchidir. Muammosiz, to’g’ri qo’yilgan, aniq ta’riflangan va tanqidiy tushunib yetilgan vazifasiz ilmiy ijod, ilmiy izlanish va ilmiy bilimning o’sishi mumkin emas. Bilim bilan obyektning noma’lum qismi o’rtasidagi anglab yetilgan ziddiyat, olimning ijodi hal qilish uchun yo’naltirilgan ixtilof muammo deb ataladi. Ilmiy muammoni qo’yish fanda izlanishning boshlanishidir. Ilmiy kashfiyot sodir bo’lgan va ilmiy tadqiqot jarayonida avval egallangan bilim asosida tushunib, talqin qilib va tushuntirib bo’lmaydigan bilim olingan hollarda fanda muammoli vaziyat yuzaga keladi; shuning uchun ham yangi bilimga ehtiyoj tug’iladi, ya’ni bilimning o’zi fanda muammolar va muammoli vaziyatlarni vujudga keltiradi. Bunday hollarda tanqidiy fikrlashning barcha usullari va vositalaridan ijodiy foydalanish, yangicha tushuntirish, tavsiflash yoki gipoteza taklif qilish, yangi nazariya yaratish, mavjud bi- limning chegaralarini kengaytirish va chuqurlashtirishga harakat qilish zarur. Ilmiy muammoda yangi bilim olish masalasi, talabi o’z ifodasini topadi. Ilmiy muammo- bu bilimsizlikdan bilimga, gipotezadan nazariyaga, ilmiy faraz yoki prognozdan haqqoniy bilimga dialektik o’tish demakdir. Ilmiy muammolarni ijodiy ko’yish va ularni mahorat bilan tanqidiy hal qilish haqiqiy olimga xos bo’lgan xususiyatdir. Boshlovchi, yosh ilmiy xodim, magistr, doktorant o’z ilmiy faoliyatining boshidan o’zida yuqorida zikr etilgan sifatlarni tarbiyalab borishi kerak. Ular fanda har bir haqiqiy olimning ilmiy fikrlash tarzi, o’ziga xos «uslubi» negizida yotadi. Mana shu o’ziga xos, betakror uslubga qarab bir olimni boshqa olimdan, bir ilmiy maktabni boshqa ilmiy maktabdan ajratish mumkin. Ilmiy muammoni qo’yish va uni hal qilishni tanqidiy fikrlash nuqtai nazaridan quyidagi algoritm ko’rinishida ifodalash mumkin: muammoning da’vati- muammo mazmunining olim tomonidan anglab yetilishi-muammo ustida mushohada yuritish va uning yechimini topish. Ilmiy muammoni ijodiy hal qilish negizida olimning tizimli, analiziy (tanqidiy) fikrlash madaniyati, dunyoqarashi, qadriyatlari olami, etikasi, axloqi, tarbiyasi va umumiy madaniyati, uning iste’dodli va o’ziga xos shaxs sifatidagi mentaliteti yotadi. Shuning uchun ham boshlovchi yosh tadqiqotchi fanda ishga kirishayotib o’zi tanlagan fan sohasida yuksak darajada kasbiy malakasini oshirishgagina emas,balki o’zining umumiy madaniyati va bilimini muttasil oshirib borishga, teran, har tomonlama rivojlangan shaxsga aylanishga ham harakat qilishi kerak. Sivilizasiyaning uchinchi to’lqiniga mansub postmodernistik axborot jamiyati davrining hozirgi zamon postnoklassik fanida yuksak ma’naviyat, ijtimoiy mas’uliyat va insonparvarlikni shakllantirish ijod jarayonining zarur tarkibiy qismidir. Ilmiy muammoni ijodiy o’rganishga kirishar ekan, olim uni hal qilish, bilish, ya’ni tushuntirish mumkinligiga ishonchi komil bo’ladi. Bunday tushuntirish mukammal, mantiqiy va shu bilan birga mazkur fan sohasi mutaxassislariga aniq, tushunarli bo’lishi kerak. Faqat shundagina ilmiy xamjamiyat ilmiy ijod natijasini tanqidiy o’zlashtirishi va u o’sib borayotgan ilmiy bilim tizimidan o’rin olishi mumkin. Sintetik, dialektik xususiyatga, yaqqol ko’zga tashlanadigan amaliy yo’nalishga egalik, oshib borayotgan ijtimoiy talablar va ehtiyojlarga bog’liqlik hozirgi zamon postindustrial davrining ilmiy fikrlash uslubiga xosdir. Mamlakatimizdagi hayot, ijtimoiy islohotlar, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllantirilishi, ilmiy bilimni o’stirishgagina emas, fan yutuqlarini kundalik hayot va ijtimoiy ishlab chiqarishga tatbiq etishga ham e’tiborni qaratish hozirgi zamon ilmiy xodimlarining ilmiy fikrlash uslubi va ilmiy ijodini bir- biriga bog’laydi. Ilmiy fikrlash uslubiiing ijodiy xususiyati uning quyidagi tarkibiy elementlarida o’z ifodasini topadi:
tushuntirish tamoyili yangi ilmiy bilim, axborot, faktlar va hodisalar majmuini ijodiy o’zlashtirish va tushunib yetish imkonini beradi; soddalik tamoyili yordamida olimning ijodiy tafakkuri o’rganilayotgan obyektning ikkinchi darajali omillari, ahamiyatsiz aloqalarini mavhumlashtiradi, o’rganilayotgan hodisa yoki faktning soddalashtirilgan modeli, ideal obrazi yaratiladi; saqlash tamoyili ilmiy bilish va ijodning turli bosqichlarining vorisiyligini ifoda etadi, bunda tadqiqot predmeti, obyekta, uning mavjudlik qonuniyatlari va atrof-muhit sharoitlari bilan o’zaro ta’sirlari, shuningdek, bilish vositalari, metodlari va usullari, uning tili saqlab qolinadi; yangi bilim bilan ilgari olingan ma’lumotlar, qonunlar va nazariyalar o’rtasidagi muvofiqlashtirish tamoyili yangi bilimdan eski bilimga o’tish algoritmini ko’rsatadi; kuzatish prinsipi o’rganilayotgan hodisalar va jarayonlarning qiyofasini yaratish imkonini beradi. Bu yerda til muhim rol o’ynaydi. Olim til yordamida yangi ilmiy faktlarni ilmiy hamjamiyat tomonidan to’g’ri tushuniladigan va obyektiv baho beri ladigan qilib bayon etadi. Ilmiy fikrlash uslubining mazkur tamoyillari ilmiy ijodda o’ziga xos metodologik mo’ljal bo’lib xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqotning barcha bosqichlarida; boshidan-o’rganish obyektiga yondashuv strategiyasini ishlab chiqishdan, oxirigacha - maqola, monografiya, dissertasiya yozishgacha yuqorida ko’rsatilgan tamoyillarga rioya qilish kerak. Yosh, boshlovchi olimlarga bunday metodologik mo’ljallar, masalan, magisgrlik dissertasiyasi yoki ilmiy maqola yozishda, ayniqsa, qo’l keladi. Ilmiy muammoni topish, ilmiy tadqiqot obyekti(mavzusi)ni tanlash, tadqiqotning maqsad va vazifalarini ta’riflash, tadqiqot metodologiyasini va tadqiqot vositalari (asbob-uskunalar, apparatura va hokazo)ni tanlash qobiliyati hal qilinayotgan vazifaga butun e’tiborni qaratish, o’rganilayotgan obyektga «shung’ish»ga yordam beradi. Shundan so’ng ilmiy ijodga samaradorlik - obyektning noaniq aloqalari va jihatlarini aniqlash, mobillik – tadqiqotlarning qo’shni sohalariga o’tish qobiliyati, simultanlik - obyektni o’z tadqiqoti bilan to’liq qamrab olish qobiliyati, prediktorlik - obyektning bo’lg’usi holatini oldindan aniqlash ko’maklashadi. Fanlarda ishlab chiqarilgan atamalar, kategoriyalar tafakkurning ayniyat qonuniga bo’ysunadi. Ilmiy izlanish odatda narsa va hodisalarga xos bo’lgan muhim tomonlarni, ichki qonuniyatlarni ochishga qaratilgan bo’ladi. Tadqiqotchi shu narsani unutmasligi lozimki, har bir narsa qanchalik o’zgarishga uchramasin, ma’lum vaqt mobaynida o’zining asosiy xususiyatlarini, ichki aloqa va munosabatlarini saqlab qoladi. Aynan shu barqaror tomonlar, xususiyatlar, aloqa va munosabatlar o’rganilayotgan obyektning aynanligi, o’xshashligini ifodalaydi va unga xos bo’lgan ichki qonuniyatlarni ochish imkoniyatini beradi. Narsa va hodisalarni o’rganish jarayonida ularga xos bo’lgan barqaror, ichki, muhim, ular mohiyatidan kelib chiqadigan xususiyatlarni aniklashdan ichki mohiyatli tomonlarni bilishga qarab boriladi. Bunda obyektni o’rganish shartlaridan biri - uni boshqa narsa va hodisalardan ajratib olib o’rganish bo’lib hisoblanadi. Ko’rinib turibdiki, tafakkurda narsalardagi o’zgarishlargina emas, balki ulardagi sifat muayyanligi, doimiylik, barqarorlik ham aks etadi. Ayrim hollarda ilmiy izlanishlarda ayniyat qonunining buzilishi natijasida kuzatiladigan fikrdagi noaniqlik, chalkashlik, g’alizlik tadqiqot obyektini yaxshi bilmaslikdan, yetarli o’rganmaslikdan kelib chiqadi. Ilmiy izlanishlarni olib borishda uchinchisi istisno qonunining o’ziga xos o’rni bor. U nazariy tadqiqotlar jarayonida fikrdagi noaniqlikni, chalkashlikni bartaraf etishning muhim vositasi bo’lib hisoblanadi. Uning yordamida inson bilimi narsa va hodisalarning mohiyatiga qadar chuqurlashib boradi va ta’kidlash joizki, zidlikning tomonlaridan biri ayrim hollarda noaniq bo’lib qolaveradi. Bu hol uchinchisi istisno qonunining dixotomiyaga xos tomonlarini hisobga olishni talab qiladi. Uchinchisi istisno qonuni tadqiqotchidan o’z fikrlarini aniq, ravshan, zidliksiz bayon etishni, raqibining fikrlarini inkor etishning asoslarini topishni, o’z nuqtai- nazariga ega bo’lishini talab qiladi. Ilmiy tadqiqotda undan foydalanish uchun biron-bir fikrni inkor etishning o’zi kifoya qilmaydi. Tadqiqotchi muayyan mavzudagi o’z nuqtai-nazarini bayon qilishning mantiqiy usullaridan foydalana bilishga, dalillar asosida o’z fikrini asoslay olishga erishishi lozim. Ilmiy ijod va amaliyotning tub maqsadi chin, obyektiv mazmunga ega bo’lgan bilimlarni hosil qilish hisoblanadi. Chin bilim insondan mantiq qonunlarini bilish bilan bir qatorda isbotlash va rad etish mantiqiy usullaridan unumli foydalanishni taqozo etadi. Ilmiy bilishning eng umumiy xususiyati shundan iboratki, ilmiy izlanish natijasida qo’lga kiritilgan bilim fan sohasidagi yutuq deb hisoblanishi va fan mazmuniga kiritilmog’i uchun mantiqiy isbotlash talablariga javob bermog’i lozim. Isbot va r a d etish mantiqning yetarli asos qonunidan kelib chiqadigan mantiqiy usullardir. Bugungi kunda olimning ilmiy izlanish erkinligi va mas’uliyati, fanni tartibga solish imkoniyatlari va chegaralari, ilmiy ixtirolar oqibatlarining xususiyati masalalari ham o’ta dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ilmiy izlanish erkinligi to’g’risida so’z yuritar ekan, Vernadskiy hokimiyat ilmiy tafakkur erkinligini rivojlanishiga har tomonlama imkoniyat yaratishi, davlat hokimiyati va fan o’rtasida murosaga kelinishi kerakligiga masalasiga e’tiborni qaratadi. Umuman olganda, ilmiy tafakkur, davlat o’z ishini to’g’ri olib borgan taqdirda, uning kuchi bilan to’qnash kelmasligi kerak, chunki fan xalq boyligining asosiy manbai, davlat qudratining negizi hisoblanadi.
Hozirgi sharoitda ilmiy izlanish, zamonaviy fan rivojlanishining asosiy shakli sifatida maydonga chiqmoqda. Fanning taraqqiyot darajasi, ahamiyati jamiyatdagi o’rni kabi xususiyatlaridan ilmiy izlanishning mohiyati namoyon bo’ladi. Hozirgi zamon fanida ilmiy izlanishning o’ziga xos tomonlari, xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1.Hozirgi zamon fanining tadqiqot obyektida o’zgarish sodir bo’lmoqda. Fanda murakkab tizimlar, chiziqli bo’lmagan jarayonlar va o’z-o’zidan tashkil bo’lish hodisalari keng o’rganilmoqda. 2.Fanning ushbu obyektlari xususida murakkab tashkil etilgan va o’z-o’zidan rivojlanuvchi tizimlar haqidagi tasavvurlar ishlab chiqilmoqda. Yangi obyektlar haqida nazariy konsepsiyalar, qonunlarning yangi sinfiy ko’rinishi ishlab chiqilmoqda va bular asosida murakkab obyektlarning chuqur xossalari o’rganilmoqda. 3.Ilmiy tushuncha, qonun va nazariyalarning bilish jarayonidagi o’rni masalasi, ular haqidagi tasavvurlarning o’zgarishi, ilmiy bilishning tabiati xususidagi masalalar tadqiq qilinmoqda. Buning natijasida bilishning empirik va nazariy bosqichlari, uning yangi xususiyalari, tuzilishi to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar olish imkoniyati tug’ilmoqda. 4.Jarayon va hodisalarning mohiyatini ifodalovchi yangi tushunchalar tengsizlik, beqarorlik, bifurkasiya va hokazolarni tadqiq qilish, o’rganish olamning ilmiy manzarasi to’g’risida yangi ma’lumotlar olish imkonini beradi. 5.Ilmiy izlanishning ilmiy uslub va shakllari boyib bormoqda. Yangi uslublar, tamoyillar kashf etilmoqda. 6.EHM ilmiy izlanishning takomillashgan yo’nalishi hisoblanadi. 7.Ilmiy izlanish inson hayotiy faoliyatining muhim unsuri, tarkibiy qismi, ma’naviy hayotning muhim unsuri tarzida namoyon bo’lmoqda. Bilish faqat fan bilan chegaralanmaydi, balki ma’lum darajada fandan tashqarida ham mavjud bo’ladi. Ilmiy bilishning paydo bo’lishi bilimning boshqa shakllarining yo’qolib ketishiga olib kelmaydi. Zero, fanni noilmiy bilim shakllaridan to’liq ajratish yo’lidagi turli harakatlar hozircha hyech qanday natijaga olib kelmadi. Ilmiy bilish narsa va hodisalarni izohlash, tushuntirish va bashorat qilish kabi vazifalarni bajaradi. Ilmiy bilish taraqqiyoti nazariya va tamoyillar almashinuviga olib keluvchi ilmiy inqilob deb
atalmish inqilobiy davrlari, bilimlarni chuqurlashtiruvchi hamda
mukammallashtiruvchi normal fan taraqqiyoti davrlari bilan almashinadi. Ilmiy bilimlar obyektivligi, asoslanganligi bilan xarakterlanib, universallikka da’vo qiladi. Oqilonalikka asoslangan ilmiy bilimni noilmiy bilimdan farqlaganda, eng avvalo, noilmiy bilim kimningdir uydirmasi yoki yolg’on emasligini anglash zarur. Chunki u (oqilonalikdan farq qiluvchi) o’zining normalari, etalonlari, bilish vositalari va manbalariga ega bo’lgan aniq intellektual asoslarda shakllanadi. Albatta, hozirgi kunda ilmiy bilishning boshlangan nuqtasi hisoblangan noilmiy bilimning ba’zi shakllari ilmiy bilimdan ham ilgariroq paydo bo’lgan. Masalan, astrologiya astronomiyadan, alkimyo kimyodan qadimiyroqdir. Madaniyat tarixidagi bilimning xilma-xil shakllari klassik bilim standartlaridan farq qilib, noilmiy bilimlar guruhi sifatida ezoterizm umumiy tushunchasida mujassamlashtirilgan. Insoniyat tarixining dastlabki davrlaridayoq tabiat va olam haqidagi eng oddiy ma’lumotlar beruvchi kundalik amaliy bilimlarning asosi kundalik turmush tajribalari bo’lib, unga oddiy ma’lumotlar yig’indisi sifatidagi tarqoqlik va notizimlilik xarakterlidir. Bunday bilimning xususiyati shundaki, odatda, u inson tomonidan ongsiz qo’llaniladi va bu jarayonda qandaydir dalillar tizimini talab qilmaydi. Ba’zida kundalik tajribaviy bilim artikulyasiya (oddiy instinkt) darajasidan sakrab, shunchaki subyekt harakatlarini boshqaradi. Uning yana bir xususiyati mutlaqo yozish mumkin emasligidadir. Masalan, har bir etnik birlik, folklorda shakllangan maqollarni u faqat dalil (fakt) sifatida e’tirof etadi, xolos. Lekin ular hyech qachon kundalik bilim nazariyasi sifatida yozib qoldirilmaydi. Shuni ham aytish kerakki, olim xususiy ilmiy tushunchalar va nazariyalar zahiralarini voqyelikning aniq sohasida qo’llar ekan, doimo kundalik tajribaning umuminsoniy xarakterga ega bo’lgan noxususiy sohasida ham ishtirok qiladi. Chunki, olim olim bo’lsa-da, doim shunchaki inson sifatida qolaveradi. Noilmiy bilimning alohida shakllaridan biri konkret shaxsning boyligi hisoblangan shaxsiy bilimdir. Shaxsiy bilim ma’lum subyektning qobiliyati va intellektual bilish faoliyatining xususiyatlariga bog’liq. Jamoa bilimi umum ahamiyatga ega yoki shaxsdan ustundir, barcha tizimlarni tuzish uchun zarur hamda umumiy bo’lgan tushuncha, usul, qoidalarning mavjud bo’lishini belgilaydi. Insonning individual ijodiy qobiliyatlarini namoyon qiladigan shaxsiy bilim bilishning zarur va real komponenti sifatida tan olingan. U fanni, insonni va san’atni yoki bilish faoliyatini faqat darslik bilan o’rganish mumkin emasligini, u faqat olimning yoki shaxsning ijod jarayonida egallanishini e’tirof qiladi. Bugungi kunda, noilmiy bilimning quyidagi shakllari ham e’tirof etiladi: 1. Noilmiy bilim tarqoq, notizimli bilim sifatida tushunilib, u qonunlar bilan izohlanmaydi va formallashtirilmaydi, mavjud dunyoning ilmiy manzarasiga qarama -qarshi turadi. 2. Fangacha bo’lgan ilm, ilmiy bilimning prototipi, uni keltirib chiqaruvchi bazasi omili va asosi. 3. Parailmiy bilim mavjud standartlarga mos kelmaslikdir. Parailmiy («para» yunoncha – yonida) bilim o’ziga tarixiy fenomenlar haqidagi ta’limotlar va mulohazalarni ilmiylik mezonlari nuqtai nazaridan asosli tushuntira olmaydigan bilimni ifodalaydi. 4. Psevdoilmiy bilim an’anaviy nazariyalarni targ’ib qiluvchi intellektual faollikda
Download 388,58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling