10-mavzu. Ijod jarayonida ilmiy izlanishning ahamiyati reja


Download 388.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana08.01.2022
Hajmi388.58 Kb.
#237169
1   2   3   4
Bog'liq
10-mavzu

namoyon  bo’ladi.  Masalan,  qadimgi  astronavtlar,  qor  odam    kabilar  haqidagi  fikrlar  shular 

jumlasidandir.  

Noilmiy  bilimning  qat’iy  tizimi  va  tasnifi  bo’lmaganligi  uchun  bilish  fenomenlarining 

paranormal ilm,  psevdoilm  va  deviant ilm kabi  uch  turi  borligini  ham  e’tirof  qilish mumkin. 

Zotan,  ularning  ilmiy  faoliyat  bilan  mutanosibligi  yoki  «ilmiylik»  darajasi  o’sib  bormoqda. 

Ya’ni,  paranormal  bilimdan  yanada  ommaviylashgan  psevdoilm  sari,  undan  esa,  deviant  bilim 

sari  qandaydir  evolyusiya  e’tirof  qilinadi.  Bu,  o’z  navbatida,  noilmiy  bilim  rivojidan  dalolat 

beradi. 

1.  Paranormal  ilm  o’zida  kundalik  hodisalar  orqasiga  berkinadigan  tabiat  va  psixik 

kuchlar  sirlari,  munosabatlari  haqidagi  ta’limotni  mujassamlashtiradi.  Bu  tipdagi  bilimning 

yorqin namoyondalari mistisizm va spiritizmdir.  




2.  Psevdoilm  uchun  sir  va  topishmoqlarni  tan  olish,  shuningdek,  dalillarni  mohirona 

qayta ishlash, mavzularning shov-shuvligi xarakterlidir. Bu  sohadagi  faoliyatning  e’tirof  etilgan 

shartlariga mulohaza qilish orqali izlanish ham kiradi. Bunda aytilgan u yoki bu qarashlarga turli 

izoh, ishora kabilar jalb qilinadi va voqyea foydasiga xizmat qiladi. K.Popper psevdoilmni juda 

yuqori  baholaydi,  u  fanda  xatolarga  yo’l  qo’yilishi,  psevdoilmda  esa  «tasodifan  haqiqatga 

erishish mumkinligi»ni tan oladi. K.Popperning boshqa xulosasi ham bor: modomiki, qandaydir 

nazariya  noilmiy bo’lsa, u unchalik  muhim emas, degani  emas.  Shaklan psevdoilm-eng avvalo, 

ma’lum  hodisalar  haqidagi  tarixiy  hikoyadir.  Materialni  o’ziga  xos  tipik  tarzda  berilishi 

«ssenariy  orqali  tushuntirish»  deb  ataladi.  Boshqa  farqli  belgisi  esa  bexatoligidir

1

.  Psevdoilmiy 



qarashlarni  tuzatishga  urinishlar  foydasiz.  Chunki,  tanqidiy  faktlar  tarixiy  voqyea  mazmuniga 

hyech qanday ta’sir qilmaydi. 

3.  Deviant  va  anormal  ilmni  tahlil  qilganda  shuni  e’tirof  etish  joizki,  «Deviant» 


Download 388.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling