10-mavzu: Ijtimoiy va iqtisodiy huquqlar Reja
Download 233 Kb.
|
Ijtimoiy iqtisodiy huquqlar.
Qonunchilikda kimlar, qayerda, qancha ishlashi, qancha muddatdagi ta’tilga chiqishi, unga qancha haq to‘lanishi qonunlarda belgilangan. Ayrim toifadagi xodimlarga umumiy belgilangan ish vaqtidan boshqacharoq vaqt miqdorlari belgilangan. 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga haftasiga 36 soatdan, I va II guruh nogironlari bo‘lgan xodimlarga ham haftasiga 36 soatdan oshmagan ish haftasi belgilanadi. Zararli ish joylarida ishlovchi hamda 3 yoshgacha farzandi bo‘lgan xodimlarning ham ish vaqti qisqartirilgan holda belgilanadi. Pedagog xodimlarning ham ish haftasi qisqartirilgandir.
Mehnat ta’tillari ham turli toifadagi va yoshdagi xodimlar uchun turlicha belgilangan bo‘lib, ular 24 kundan 48 kungacha bo‘lishi mumkin. Mamlakatimizda turli sanalar, voqealar bilan bog‘liq kunlar bayram deb e’lon qilinib, dam olish kuni hisoblangan. 1-yanvar — Yangi yil, 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni, 21-mart — «Navro‘z» bayrami, 9-may — Xotira va qadrlash kuni, 1-sentabr — Mustaqillik kuni, 1-oktabr — O‘qituvchilar va murabbiylar kuni, 8 dekabr — Konstitutsiya kuni va Ramazon hayitining birinchi kuni (Iyd al-Fitr), Qurbon hayitining birinchi kuni (Iyd al-Adha) dam olish kuni hisoblanadi. Bularning barchasi fuqarolarning dam olish huquqini ro‘yobga chiqarishdir.
Download 233 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling