10-mavzu. IshLab chiqarish nazariyasi 4-soat Ishlab chiqarish omillari


Download 202.95 Kb.
bet4/11
Sana03.12.2023
Hajmi202.95 Kb.
#1798794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
13-МАВЗУ. ИШЛАБ ЧИҚАРИШ НАЗАРИЯСИ

Izokvanta - bu bir xil hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarishni ta’minlaydigan ishlab chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziqdir. Demak, 1-rasmda uchta izokvanta tasvirlangan , va . Grafikning gorizontal o‘qi bo‘yicha mehnat sarfi, vertikal o‘q bo‘yicha kapital sarfi ko‘rsatilgan. Masalan, izokvantaning har bir nuqtasi koordinatalari 60 dona stul ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mehnat va kapital sarflarini ko‘rsatadi. A nuqtada 60 dona stul ishlab chiqarish uchun uch birlik kapital va bir birlik mehnat sarflangan bo‘lsa, B nuqtada ushbu 60 dona stul ishlab chiqarish uchun bir birlik kapital va uch birlik mehnat sarflanadi.
izokvanta nuqtalari 80 dona stulni mehnat va kapital sarflarining har xil kombinatsiyalarida ishlab chiqarish mumkinligini ifodalaydi. Rasmda izokvantaning va nuqtalarida mehnat va kapital sarflarining har xil kombinatsiyalarida 80 dona stul ishlab chiqariladi. Xuddiy shunday izokvantaning va nuqtalari ham har xil ishlab chiqarish omillari sarfida 100 ta stul ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
1-rasmdan ko‘rinib turibdiki izokvanta izokvantadan o‘ngroq va yuqoriroqda joylashgani uchun unga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish hajmi nikidan ko‘proq. izokvanta esa ga nisbatan o‘ngroq va yuqoriroqda joylashgani uchun unga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish hajmi nikidan ko‘proq.
Demak, izokvantalar chapdan o‘ngga va yuqoriga qarab joylashib borsa, ularga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish hajmi ham mos holda oshib boradi. 1-rasmdagi izokvantalar uchun deb yozishimiz mumkin.
Izokvantalarni bunday tartibda joylashishini ikkita omildan, ya’ni mehnat va kapital sarflariga bog‘liq ishlab chiqarish funksiyasi yordamida ko‘rib chiqamiz.
Quyidagi ishlab chiqarish funksiyasi berilgan bo‘lsin:


(1)
(1)-funksiyaning uch o‘lchovli fazodagi grafigi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi (2-rasm).

2-rasm. Ishlab chiqarish funksiyasi grafigi va uning


, va darajadagi chiziqlari.

Rasmda (1) ishlab chiqarish funksiyasi grafigi berilgan, u yarmi kesilgan qozonni eslatadi. lar funksiyaning ma’lum qiymatlari bo‘lib, ular funksiyaning daraja chiziqlari deyiladi. Bu yerda funksiyaning daraja chiziqlariga to‘g‘ri keluvchi mahsulot ishlab chiqarish hajmlari quyidagi tengsizlikni qanoatlantiradi:


.
Funksiyaning daraja chiziqlarining tekisligiga proeksiyasi , va izokvantalar hisoblanadi. Ishlab chiqarish funksiyasining yuqori daraja chizig‘iga to‘g‘ri keluvchi izokvantaga yuqori mahsulot ishlab chiqarish hajmi to‘g‘ri keladi. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, izokvantalar bir-biri bilan kesishmaydi.

Download 202.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling