10-mavzu. IshLab chiqarish nazariyasi 4-soat Ishlab chiqarish omillari


Ishlab chiqarish omilarini bir-biri bilan almashtirish


Download 202.95 Kb.
bet7/11
Sana03.12.2023
Hajmi202.95 Kb.
#1798794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
13-МАВЗУ. ИШЛАБ ЧИҚАРИШ НАЗАРИЯСИ

Ishlab chiqarish omilarini bir-biri bilan almashtirish. Ikki omilga bog‘liq ishlab chiqarish funksiyasini ko‘rib chiqamiz. Masalan, ishlab chiqarishda ikkita omildan - mehnat va kapitaldan foydalaniladi, deylik. U holda ishlab chiqarish funksiyasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

bu yerda - mahsulot hajmi; - kapital; - mehnat.
Faraz qilaylik, mehnat va kapital sarflab oziq-ovqat ishlab chiqarilmoqda.
Mahsulot ishlab chiqarishning quyidagi hajmlaridagi izokvantalar 3-rasmda keltirilgan,
3-rasm. Izokvantalar.
,
ya’ni,
Ma’lumki, izokvanta - bu egri chiziq bo‘lib, bir xil hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan omillar kombinatsiyalarini ifodalaydi. Shuning uchun ham 65 birlik mahsulot ko‘proq kapitaldan foydalangan holda ishlab chiqarish mumkin (A nuqta), yoki ko‘proq mehnat sarfidan foydalanib ishlab chiqarish mumkin (V nuqta). Ikkala chetki A va V nuqta oraliqlaridagi variantlar ham bo‘lishi mumkin. Rasmdan ko‘rish mumkinki, mahsulot ishlab chiqarishda mehnat omili (L) sarfining oshishi, kapital (K) omili sarfining kamayishi hisobidan to‘ldiriladi.
Chekli texnologik almashtirish normasi. Izokvantaning ma’lum nuqtasidagi burchak koeffitsienti bir ishlab chiqarish omili bilan (bu yerda kapital) boshqa bir omilni (mehnatni) texnik almashtirish qanday bo‘layotganligini ko‘rsatib beradi. Shuning uchun ham ushbu burchak koeffitsientining absolyut qiymati chekli texnologik almashtirish normasi deb yuritiladi va u ko‘rinishida belgilanadi.
o‘z mohiyatiga ko‘ra iste’mol nazariyasidagi chekli almashtirish normasi ga o‘xshashdir:

Bu yerda va lar bitta izokvantada bo‘lgani uchun mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmaydi ( ). 4-rasmdan ko‘rish mumkinki, ishlab chiqarish hajmi 85 birlik bo‘lib, o‘zgarmaganda mehnat sarfi birdan 2 ga o‘zgarganda . Mehnat sarfi 2 dan 3 ga o‘zgarganda ga teng, ya’ni u kamayib bormoqda.
Mehnat sarfi 3 birlikdan 4 ga o‘zgarganda va 4 birlikdan 5 ga o‘zgarganda mos ravishda va ga kamayib boradi. Demak, qancha ko‘p miqdordagi mehnat kapital bilan almashtirilsa, shuncha mehnat unumdorligi past bo‘ladi va kapitaldan foydalanish nisabatan samarali bo‘lib boradi (4-rasm).



4-rasm. Chekli texnologik almashtirish normasi.


Izokvanta chizig‘i botiq shakldagi ko‘rinishga ega, shuning uchun izokvanta chizig‘i bo‘yicha pastga harakat qilganimizda qisqarib boradi. Chekli texnologik almashtirish normasining kamayishi har qanday omildan foydalanish samaradorligi cheklanganligini ko‘rsatadi. Ishlab chiqarishda kapitalni ko‘proq mehnat bilan almashtirish mehnat unumdorligini pasayishiga olib kelsa, xuddi shunday mehnatni ko‘proq kapital bilan almashtirish kapital qaytimini (bir-birlik qo‘shimcha kapital hisobidan ishlab chiqariladigan qo‘shimcha mahsulot miqdorini) kamaytiradi. Ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun balanslashgan resurslar kombinatsiyalari talab qilinadi.


chekli kapital mahsuloti va chekli mehnat mahsuloti bilan bog‘liqdir. Bunday bog‘liqlikni ko‘rish uchun kapitalni mehnat bilan almashtirishda ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmaydi deylik, ya’ni almashtirish izokvanta chizig‘ida amalga oshiriladi, deb qaraymiz.
Mehnat sarfining oshishi natijasida olingan qo‘shimcha mahsulot quyidagiga teng:

bu yerda - qo‘shimcha bir birlik mehnat sarfi hisobidan olingan qo‘shimcha mahsulot;
- qo‘shimcha sarflangan mehnat.
Xuddi shunday qo‘shimcha mehnat sarfi hisobidan qisqartirilgan kapital ga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish hajmining qisqarishi quyidagicha hisoblanadi:
,
bu yerda - kapital sarfining qisqarishi hisobidan ishlab chiqarish hajmining qisqarishi;
- chekli kapital maxsuloti, qo‘shimcha bir birlik kapital sarfi natijasida olinadigan qo‘shimcha maxsulot miqdori;
- kapital sarfining qisqarishi.
bilan ni almashtirishda ishlab chiqarish hajmi izokvanta chizig‘ida o‘zgarmasligini hisobga olsak:
,
teng va ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi nolga teng bo‘ladi.
Shunday qilib,
.
Ushbu munosabatdan quyidagini olamiz:
.
Yuqoridagi munosabat shuni ko‘rsatadiki, alohida izokvanta uchun kapitalni mehnat bilan ishlab chiqarish jarayonida uzluksiz almashtirish chekli kapital mahsuldorligini oshirishga va chekli mehnat mahsuldorligini kamayishiga olib keladi. Ikkala omilning o‘zgarishi bunday chekli texnologik almashtirish normasining kamayishiga va izokvanta chizig‘ining to‘g‘rilanishiga olib keladi.

Download 202.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling