10-MAVZU. KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINI BANK, SOLIQ VA MOLIYA MUASSASALARIDAN RО‘YXATDAN О‘TKAZISH TARTIBI
Bankda hisob raqami ochish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- korxona rahbarining arizasi;
- hokimiyat tasdiqlagan ta’sis hujjatlari;
- notarius tasdiqlagan imzo namunalari;
- muhr va tamg‘a bilan tasdiqlangan kartochkalar;
- hokimiyatning mahalliy kengashi korxonani davlat rо‘yxatidan о‘tkazilganligi haqidagi qaroridan kо‘chirma yoki notarius tasdiqlagan ma’lumotnoma;
- soliq organidan rо‘yxatdan о‘tganligi haqidagi ma’lumotnoma.
Shundan sо‘ng bank muassasasi arizachiga hisob raqami ochadi, uning raqamini korxona Nizomining asl nusxasiga yozadi va bosh hisobchining imzosi qо‘yilib, bankning gerbli muhri bosiladi.
Davlat rо‘yxatidan о‘tgandan keyin barcha tabdirkorlik subyektlari soliq organiga rо‘yxat (identifikatsiya) raqami olish uchun davlat rо‘yxatidan о‘tgan vaqtdan e’tiboran 10 kun mobaynida murojaat qilishlari lozim.
Soliq tо‘lovchining identifikatsiya raqami soliq tо‘lovchilarga, yuridik shaxslarga soliq organi tomonidan xо‘jalik yurituvchi subyektlarni rо‘yxatdan о‘tish shaklini tо‘ldirgan ma’lumotlar asosida beriladi.
Davlat soliq inspeksiyasida tadbirkorlik subyektlarini rо‘yxatdan о‘tkazish bir marta amalga oshiriladi va tadbirkorlik faoliyatini tо‘xtashi munosabati bilangina bekor qilinadi.
Tadbirkorlik subyektlari о‘z identifikatsiya raqamini О‘zbekistan Respublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq qо‘llaniladigan barcha hujjatlarda kо‘rsatishi shart.
Yangi korxonani tashkil etishning yakunlovchi bosqichida ishtirokchilar о‘z omonatlarini tо‘laligicha kiritadi (rо‘yxatdan о‘tgandan keyin bir yildan kechikmaslik kerak), bankda doimiy hisob raqamini ochadi, korxona tuman soliq inspeksiyasida rо‘yxatga olinadi, о‘zining dumaloq muhri va burchakli shtampiga ega bо‘ladi. Shu vaqtdan boshlab korxona mustaqil yuridik shaxs sifatida faoliyat kо‘rsata boshlaydi.
Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalariga
Do'stlaringiz bilan baham: |