10-мавзу. Корхона устав, қўшилган ва заҳира капиталлари ҳаракати билан бо


Қўшилган капитал шаклланиши қонунийлигини текшириш


Download 360.81 Kb.
bet7/9
Sana02.01.2023
Hajmi360.81 Kb.
#1074835
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
16 мавзу Корхона устав, қўшилган ва заҳира капиталлари ҳаракати

10.3. Қўшилган капитал шаклланиши қонунийлигини текшириш
№21 BHMS ga muvofiq 8400-«Qo‘shilgan kapitalni hisobga oladigan
schyotlar»da oddiy va imtiyozli aksiyalarni nominal qiymatidan yuqori
bahoda dastlabki sotishdan olingan emission daromadlar (8410) va ustav
kapitalini shakllantirishda hosil bo‘lgan kurs tafovutlari (8420) aks ettiriladi.
Auditor ushbu kapital tarkibining to‘g‘ri shakllanishi va o‘zga-rishlarini tegishli
asos bo‘luvchi hujjatlarga muvofiq tekshirib, natijalarini o‘zining ishchi
hujjatlarida qayd qilib borishi zarur. Jumladan, aksiyalarni sotishdan olingan
mablag‘lar kirimi, nominal va birja (bozor) bahosi o‘rta-sidagi farqni aniqlash
hamda hususiy kapital tarkibida qo‘shilgan capital-ning shakllanishini to‘g‘ri
aks ettirish va h. k. Bunda asosan quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi:
1). Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng ishtirokchilar (ta’-sischilar) qo‘shadigan ulushlar (obuna bo‘lingan aksiyalar) summasi ustav kapitalida aks ettirilganda:
Debet 4610–«Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning qarz-lari»(agar aksiyaga obuna bo‘linsa-obunachilar bo‘yicha ochilgan analitik schyotlar);
Kredit 8310-«Ustav kapitalini hisobga oladigan schyotlar»(8310, 8320, 8330-schyotlardan tegishlisi, agar aksiyaga obuna bo‘linsa, uning nominal qiymatiga Kt-8310, 8320-schyotlar )
Kredit 8520-schyot – aksiya nominal qiymatidan birja bahosining oshgan qismiga (emission daromad)
2). Ta’sischilar (ishtirokchilar) tomonidan ta’sis shartnomasiga muvo-fiq ulushlar (moddiy, nomoddiy, pul mablag‘lari va h. k ko‘rinishida) te-gishli dastlabki hujjatlar (qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, naklad-noylar, kassa kirim orderlari, bank ko‘chirmalari)ga asosan, topshirilgan-da
Debet 0110-0199, 0440-0490, 0710, 0720, 0810, 1010-1090, 1110, 1120, 2810, 2820, 2910, 5010, 5110, 5210 –schyotlardan tegishlilari.
Kredit 4610-schyot (ta’sischilar bo‘yicha ochilgan tegishli analitik schyotlar)
Auditor 8410-«Emission daromadlar» va 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar» schyotlari bo‘yicha analitik hisobning tashkil etilishi va yuritilishining to‘g‘riligini tekshirishi lozim. Bunda qo‘-shimcha to‘langan kapitalning hisobi oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha alohida yuritilayotganligiga e’tibor berish zarur. Shuningdek, hisobdan chiqarilgan va sotilgan aksiyalarning turlari, ular egalarining schyotlari yoki ta’sischilar va hissadorlarning shaxsiy schyotlari bo‘yicha axborot-larni yetkazib berish imkoniyatlariga ham jiddiy e’tibor berishi kerak.

Download 360.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling