10-мавзу. Корхона устав, қўшилган ва заҳира капиталлари ҳаракати билан бо
Auditor ta’sis shartnomasi bilan tanishishda, unda quyidagi shartlar keltirilgankigini aniqlaydi
Download 360.81 Kb.
|
16 мавзу Корхона устав, қўшилган ва заҳира капиталлари ҳаракати
Auditor ta’sis shartnomasi bilan tanishishda, unda quyidagi shartlar keltirilgankigini aniqlaydi
Mulklarni ulush sifatida qo’shish (topshirish) Faoliyatda ishtirok etish: Foyda va zararlarni ta’sischilar o‘rtasida taqsimlash; Korxona faoliyatini boshqarish va unda ta’sischilarning ishtiroki; Ta’sischilarning korxonadan chiqishi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) ta’sis shartnomasida yu-qorida sanab o‘tilgan ma’lumotlardan tashqari quyidagi shartlar ham bo‘lishi lozim: Har bir ta’sischi ulushining hajmi va uni o‘zgartirish tartibi; Ta’sischilar ulushlarining tarkibi, hajmi va topshirish muddatlari; Ulushlarni qo‘shishga doir majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik; Ta’sischilar tomonidan qo‘shiladigan ulushlarning jami summasi. Auditor korxona ustavi bilan tanishish chog‘ida unda quyidagilar ko‘rsatilganliini aniqlaydi: – korxonaning o‘ziga xos xususiyatlari va tashkiliy-huquqiy shaklini ifodalaydigan nomi; – korxonaning davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan, joylashgan o‘rni; – ustav kapitalining ko‘lami va uning barcha ta’sischilar o‘rtasida ulushlarga taqsimlanishi; korxonaning maqsadi va faoliyat turlari; – ijro organlarini saylash yoki tayinlash tartibi; – korxona boshqaruv organining tarkibi va vakolatlari hamda ular tomonidan qaror qabul qilish tartibi; – dividendlar taqsimlash tartibi; – amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgani hamda ta’sischilar bilan kelishilgan, lekin qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa zarur masalalar. Shuningdek, ta’sis hujjatlarini tekshirishda korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini e’tiborga olish zarur. Ishtirokchilar tarkibini tahlil qilishda, aksiyadorlik jamiyati va mas’u-liyati cheklangan jamiyat yagona ishtirokchisi sifatida, bitta shaxsdan iborat xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘la olmasligiga e’tibor berishi kerak. Aksiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda ham yuridik shaxslar, ham jismoniy shaxslar ta’sischi sifatida ishtirok etishlari mumkin. Qo‘shma korxona ustav kapitaliga o‘zbekistonlik ishtirokchi tomoni-dan qo‘shiladigan hissa xorijiy ishtirokchilar bilan kelishuvga ko‘ra milliy valutada qanday baholansa, kelishilgan baholar bo‘yicha chet el valutasida ham jahon bozoridagi bahoni hisobga olgan holda shunday baholanadi. Xorijiy ishtirokchining hissasi ham shu tartibda qo‘shma korxonani tashkil etish haqidagi shartnoma imzolangan kundagi yoki uning ishtirok-chilari kelishgan boshqa sanaga amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining rasmiy valuta kursi bo‘yicha so‘mga hisoblab o‘tka-zish yo‘li bilan baholanadi. Jahon bozori bahosi bo‘lmaganda qo‘shilayotgan mulklar qiymati ish-tirokchilarning kelishuviga muvofiq aniqlanadi. Ta’sis hujjatlarini tekshirishda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq har bir tashkiliy-huquqiy shakldagi xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun turli mas’uliyatlar belgilanishini inobatga olish zarur. Download 360.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling