10-Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari Reja Korruptsiya illatlariga qarshi kurashishning mexanizimlari
Download 29.91 Kb.
|
10-мавзу маруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bilan bog’liq huquqiy mexanizmlari.
10-Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari Reja 1. Korruptsiya illatlariga qarshi kurashishning mexanizimlari 2.O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari. 3. Korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy prinsiplari: 4. Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bilan bog’liq huquqiy mexanizmlari. Korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro miqyosdagi kabi respublikamizda ham dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki korrupsiya jinoyatchilik, ayniqsa uyushgan jinoyatchilik bilan bevosita bog’liqdir. “Bugungi kunda faqat iqtisodiyotga emas, balki, eng avvalo, respublikaning siyosiy va xalqaro nufuziga, jamiyatimizning ma’naviy-axloqiy nufuziga katta zarar yetkazayotgan eng xavfli illat - korrupsiyadir. U ayrim hollarda o’ta xavfli tusga kirmoqda”1. Korrupsiya va poraxo’rlik jinoyatning yopiq va eng qabih turi bo’lib, u boshqaruv apparatini izdan chiqaribgina qolmay, bozor asoslarini ham barbod qilishi mumkin. Mansabni suiiste’mol qilish orqali mulkni talon-toroj qilish yoki poraxo’rlik jinoyatlari korrupsiya jinoyatchiligining eng xavfli ko’rinishlari bo’lib hisoblanadi. Mansabdor shaxslarning g’ayriaxloqiy va g’ayriqonuniy odatlarini qonuniylashtirish, qarindosh-urug’chilik, oshna-og’aynigarchilik, davlat byudjeti hisobidan o’z ehtiyojlarini qondirish va boshqalar korrupsiyaning yashirin shakli hisoblanadi. Korrupsiya o’zida bir necha jinoyatlarni mujassamlashtiradi. «Korrupsiya – mansabdor shaxsning o’z mansabi bo’yicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadida bevosita suiiste’mol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham korrupsiya deyiladi»2, “Korrupsiya demokratik institutlar va qadriyatlar, etnik qadriyatlar va adolatga putur yetkazib hamda barqaror rivojlanish va huquq-tartibotga zarar keltirib, jamiyatning barqarorligi va xavfsizligi uchun vujudga keltiradigan muammo va tahdid”3,- degan ta’rif berilgan. Xo’sh, tarixiy ildiz deb nimaga aytiladi, degan savol tug’iladi?. Bu savolga professorlardan J.Ya.Yaxshilikov va N.E.Muhammadiyevlar: “Falsafiy jihatdan qaraganda «tarixiy ildiz» tushunchasini tor va keng ma’noda talqin qilish mumkin. «Tarixiy ildiz» tushunchasi keng ma’noda bugungi kunda mavjud bo’lgan barcha narsa va hodisalarning tarixiy makon va zamonda joy olgan barcha tomonlari, tor ma’noda esa muayyan subyektlar tomonidan bilish va o’zgartirishga qaratilgan narsa va hodisalarning tarixiy makon va zamonda egallagan o’rnini anglatadi”4,- degan ta’rifni berganlar. Arastu ilmning barcha sohalarida ijod etar ekan jinoyatchilik masalasini ham e’tibordan chetda qoldirmagan edi. U jinoyatchilikning sabablari qatoriga qashshoqlikni, jamiyatning ba’zi bir a’zolariga assosiz imtiyozlar berish va ba’zi kishilarning siyosiy huquqsizligini, Shuningdek milliy ziddiyatlarni (aholining turli qabilalarga-bo’linishini) kiritadi. U ko’p jinoyatlar ortiqcha boylikka intilishdan kelib chiqadi, birinchi ehtiyojlar uchun predmetlarning yetishmasligidan emas deydi. U tug’ma jinoyatchi to’g’risidagi nazariyani inkor etib, qadrli yoki axmoq bo’lish kishining o’ziga bog’liq deydi. Ko’rsatib o’tilgan sabablar jinoyatchilikning bir turi hisoblangan korrupsiyaviy jinoyatchilik uchun ham xos xususiyatlardir. Jamiyatda korrupsiyaga qarshi umumiy qoralash muhitini barpo etilmaganligi korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etilishiga, uning miqyosi yanada kengayib odatlarga aylanib borishiga, oqibatda esa milliy taraqqiyot va xavfsizlikka tahdid soluvchi real xavf manbaiga aylanishiga olib keladi. Hozirda davlat tomonidan ko’rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sohasida korrupsiyaning haddan tashqari ko’p uchrashi fuqarolarni qiyin bir ahvolda qoldirmoqda. Ayniqsa sog’liqni saqlash va ta’lim sohasida korrupsiyalashgan xodimlarning jazolanmasdan erkin o’z bilganlaricha ish tutishi, fuqarolardan bezbetlarcha pora so’rash hollari davlatni fuqaro nazarida obro’sini tushirmoqda. Birgina misol: O’zbekistan Respublikasi Bosh prokuraturasi keltirgan ma’lumotlarga ko’ra Andijon viloyati o’rta-maxsus kasb-hunar boshqarmasining mansabdorlari xizmat vazifasini suiiste’mol qilib, viloyatdagi bir qator kollejlarda bajarilgan qurilish ishlari hajmiga qo’shib yozish, soxta dalolatnomalar tuzish orqali 357,2 mln. so’mlik byudjet mablag’larining talon-toroj qilinishiga yo’l ochib berishgan. Korrupsiyaning mamlakatimiz xavfsziligiga solayotgan tahdidlari quyidagilardan iborat: Download 29.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling