10-Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari Reja Korruptsiya illatlariga qarshi kurashishning mexanizimlari
Download 29.91 Kb.
|
10-мавзу маруза матни
Yettinchidan, jahon xo’jalik aloqalariga faol integratsiyalaShuv, chet el investitsiyalari va tadbirkorlarini iqtisodiy o’zgarishlar jarayoniga tortish sohasidagi aniq maqsadga qaratilgan faoliyat bugun O’zbekiston uchun ustuvor vazifalar hisoblanadi. Bu maqsadlarni ro’yobga chiqarish sharoitida korrupsiyachilarning xatti – harakatlari nafaqat mamlakatimizning halol fuqarolarini tadbirkorlikdan chetlatadi, balki chet ellik sheriklarda ishonchsizlik uyg’otadi va ularni cho’chitib qo’yadi.
O’zbekistonda, Shubhasiz, jinoyatchilikning sabablarini aniqlash choralari ko’rilmoqda, fosh etilgan korrupsiyachilar qattiq jazolanmoqda. Mamlakat ichidagi jinoyatchilik doimo davlat tomonidan qattiq nazorat qilib boriladi. Jinoyatchilik keng avj olib ketishiga va korrupsiyachilar domiga ilingan amaldorlarning beboshligiga yo’l qo’ymaslik maqsadida bir qator uzoq muddatli chora – tadbirlar ishga solingan. Ular jinoyatchilikka qarshi kurash strategiyamizni belgilab beradi. Jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashning mantiqi iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish yo’lidan yanada izchil borishni, halol tadbirkorlik uchun chinakkam erkinlikni ta’minlash ba’zan uning yo’lida saqlaninb qolayotgna ko’plab byurokratik sansolarliklar va to’siqlarni bartaraf etishni talab qiladi. O’zbekistonda butun huquq va sud tizimini takomillashtirish dasturini mamlakat ichidagi jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kuchli chora deb hisoblamoq darkor. Bir tomondan, Qonunning mutlaq ustunligi va fuqarolarning huquqlarini kafolatli himoya qilinishi ushbu dasturning maqsadi bo’lishi lozim. Ikkinchi tomondan, mamlakat aholisini va ayniqsa yoshlarni huquqiy tarbiyalashni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish nihoyatda zarur. Nihoyat, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi murosasizlik va umumiy qoralash muhitini vujudga keltirish juda muhimdir. Jinoyatchilar, korrupsiya dunyosi hammadan ham o’z kirdikorlarining oshkor bo’lishidan qo’rqadi. Shu sababli biz o’z matbuotimiz va boshqa ommaviy axborot vositalarimiz o’zining erkinlashish jarayonida jinoyatchilikka qarshi kurash dasturiga yanada muhimroq hissa qo’shadi, deb kutishga haqlimiz. “Korrupsiyadek murakkab hodisani tahlil qilar ekanmiz, ushbu muammoning boshqa tomonini ham nazarda tutmog’imiz kerak. Bu muammoning mazmunini bitta jumla bilan ifodalash mumkin – korrupsiyachilar dunyosi chegara bilmaydi”. Shunday qilib, jinoyatchilik, korrupsiya bizning o’z xavfsizligimizga ham, xalqaro xavfsizlikka ham tahdid soluvchi real manbadir. Binobarin, mazkur hodisaga qarshi kurash masalalari birgina bizga taalluqli emas. Shuning uchun ham biz jinoyatchilik haqida butun jahon hamjamiyati qayg’urmog’i lozim, deb hisoblaymiz. Demokratik O’zbekiston xalqi va rahbariyati esa ular bilan faol hamkorlik qilishga tayyor va buni dunyoni poklash, uning xavfsizligini ta’minlash ishiga qo’shilgan hissa, deb biladi. Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari borasidagi yangiliklardan yana biri Shuki, O’zbekiston Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori asosida 2017-2018-yillarga mo’ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha davlat dasturi tasdiqlandi. Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha respublika idoralararo komissiyasi tuzildi. Davlat dasturida «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi» loyihasini ishlab chiqish belgilangan bo’lib, u orqali mamlakatda huquqiy ta’lim va ma’rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar tashviqotini tubdan yaxshilash ko’zda tutilgan. Xulosa sifatida aytish mumkinki, faqatgina korrupsiya uchun jazolarni og’irlashtirish yo’li bilan bu illatga qarshi kurashib bo’lmaydi. Fuqarolarning faolligi, ijtimoiy hodisalarga befarq emasligi hamda har bir davlat xizmatchisining o’z faoliyati jamoatchilik nazoratida ekanini chuqur his etishi korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim shartidir. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashning huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimi yaratildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bilan bog’liq huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, Byudjet, Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to’g’risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to’g’risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida»gi, «Tezkor-qidiruv faoliyati to’g’risida»gi, «Elektron hukumat to’g’risida»gi, «Ichki ishlar organlari to’g’risida»gi qonunlar qabul qilindi. Mazkur chora-tadbirlarning yangi va yanada samarali tizimini yaratish, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2016 yil 14 oktyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan va 24 noyabrda quyi palata tomonidan qabul qilingan hamda Oliy Majlis Senatining 8-sessiyasida ma’qullangan «Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi qonun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni to’liq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning har qanday ko’rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari hamda bu boradagi davlat siyosatining muhim yo’nalishlari mustahkamlab qo’yilgan. Qonun fuqarolar huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashning qo’shimcha huquqiy kafolatlarini yaratadi, xususiy mulk huquqiga g’ayriqonuniy tajovuzlarni, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga asossiz aralaShuvlarni cheklashga ko’maklashadi. Qonun 6 ta bob, 34 ta moddadan iborat bo’lib, unda korrupsiya; korrupsiyaga oid huquqbuzarlik; manfaatlar to’qnaShuvi atamalari asosiy tushunchalar sifatida berilgan. Qonunda «korrupsiya» tushunchasi «shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqyeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi Shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish» deya ta’riflangan. «Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik» deganda, «korrupsiya alomatlariga ega bo’lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish»ni tuShunish lozim. «Manfaatlar to’qnaShuvi» «shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko’rsatayotgan yoxud ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o’rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo’lgan vaziyat»dir. Davlat korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishi, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishi; davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishi; korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlashi, ularga chek qo’yishi, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishi, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashi kerak. Shuningdek, qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha respublika idoralararo komissiyasini tashkil etish ham nazarda tutilgan. Idoralararo komissiyani shakllantirish va uning faoliyati tartibi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. Qoraqalpog’iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha hududiy idoralararo komissiyalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi. Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari: - korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni tashkil etish; - korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qo’yishga, ularning oqibatlarini, Shuningdek, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni ko’rish; - korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish; - hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat. Ma’lumki, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligini ta’minlashda keng jamoatchilik ishtiroki ta’minlanmasa, undan kutilgan natijalarga erishib bo’lmaydi. Mazkur qonunning e’tiborli jihati Shundaki, unda fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning hamda ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi haqidagi qoida mustahkamlangan. Ular ushbu qonunga muvofiq, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda ishtirok etishi; korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi. Qonunga «Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish» deb nomlangan alohida bobning kiritilgani bejiz emas. Chunki aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirmasdan turib, unga qarshi kurashish samaradorligini ta’minlab bo’lmaydi. Qonunning 16-moddasiga asosan davlat organlari va boshqa tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo’yicha zarur chora-tadbirlarni ko’radi. Qonunda ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiyani olib borishga ham alohida urg’u berilgan. Kelgusida ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat ta’limni boshqarish organlari va ta’lim muassasalari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlarini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida huquqiy ta’lim va tarbiyaga, mutaxassislarni kasbiy tayyorlashning sifatini oshirishga, ta’lim dasturlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi. Qonunda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat etib belgilangan: - davlat organlari faoliyatining ochiqligini va ularning hisobdorligini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining mas’uliyatini kuchaytirish; korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlarining faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi hamda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da ushbu strategiyani amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, amaldagi qonunchilikni «Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi qonun normalariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi «O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini, Shuningdek, yangi qonun normalari ijro etilishining samarali mexanizmlari joriy etilishiga, respublika idoralararo komissiyasi ishini tashkil etishga hamda bu yo’nalishda aniq chora-tadbirlarni belgilab beruvchi tizimli dastur amalga oshirilishiga imkon beruvchi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish rejalashtirilmoqda. Albatta, ushbu qonun hujjatlarining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi yuqorida qayd etilgan qonun ijrosini samarali ta’minlash imkonini beradi. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, «Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi qonun ushbu jinoyatlarning oldini olish hamda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlarga to’siq bo’layotgan illatlarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Soliq imtiyozlari taqdim etilishining ko’p uchraydigan shartlaridan biri soliq solishdan bo’shagan mablag’lardan maqsadli foydalanish hisoblanadi. Shu tariqa davlat investisiyalarni kapitalga - inson va moddiy-texnik kapitalga rag’batlantiradi. Amaliyotda imtiyozlardan to’liq foydalana olmaslikning sababi Shundaki, bo’shagan mablag’lar imtiyozli davr mobaynida to’liq ishlatilishi kerak. Aks holda ular penya hisoblangan holda byudjetga undirib olinadi. Masalan, agar imtiyozli soliq davri 2016 yil 31 dekabrda tugasa, soliqlardan tejalgan summadan 2017 yilning 31 dekabrigacha ham foydalanish mumkin. Bu o’zgarishga qadar esa imtiyozli davrning so’nggi choragida imtiyozlar deyarli amal qilmasdi, chunki bo’shagan mablag’larni hisoblash va yil oxirigacha ulardan foydalanishning imkoni yo’q edi. Yangi qo’shimchalar ushbu holatga barham beradi. Soliq to’lovchilarga imtiyozli davr mobaynida foydalanilmagan bo’shagan mablag’larni imtiyozli davr tugaganidan keyin yana bir yil davomida belgilangan maqsadlarga yo’naltirish huquqi berildi. Agar ushbu davr tugaganidan keyin ham ulardan to’liq foydalanilmagan bo’lsa, foydalanilmagan mablag’lar qoldig’ini byudjetga qaytarishga to’g’ri keladi. 375-modda oltinchi qismiga kiritilgan o’zgartirishga muvofiq, «yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tilgan paytdan boshlab o’n ikki oy ichida faoliyat tugatilgan yoki faoliyat uch va undan ko’p oyga to’xtatilgan taqdirda, qat’iy belgilangan soliq faoliyat amalga oshirilgan butun davr uchun to’lanadi». Bu yerda faoliyatning uch va undan ko’p oyga to’xtatilishi ham ushbu moddada aks ettirilgan. Aytish joizki, xozirda dunyo mikyosidagi axolining usish sur’ati tobora yuk;orilab borayotganligini kuzatish mumkin. Bu esa ijtimoiy xayotga daxldor bulgan murakkab masalalarning paydo bulishiga olib kelmokda. Bular jumlasiga ekologik, texnikaviy va ijtimoiy soxdlarga oid muammolarni kiritishimiz mumkin. Mazkur masalani kutarib chikkan G.Byurjelem esa bu borada turli doiradagi taklif va tavsiyalar bilan chikadi. Uning fikricha, shaxarlardagi urbanizasiya jarayoniga yangicha yondashish asosan, uz- uzin i boshkarish xolatini tugri tashki l kilish bilan boglikdir. Ya’ni, x,ar bir shaxarda mazkur x,olatni oldini olish borasida xdmkorlikka va uz-uzini tashkillashtirishga asoslangan yangi chora- tadbirlar rejasini ishlab chikish yaxshi samara beradi Texnika rivojlanishi insoniyat tarixi bilan chambarchas boglik. Texnika uzining bugungi xщatiga kelgunga kadar kup vakt utdi. XVII-XVIII asrda KUL mexnati urnini (Yevropada) mashina bajaradigan davr boshlandi. Ustalar urnini injener (muxandis)lar egallay boshladi. 1 Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot – pirovard maqsadimiz: Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Birinchi sessiyasidagi ma’ruza. – T: O’zbekiston, 2000. – B.53. 2 Ўзбекистон миллий энциклопедияси.5-жилд.- Т.:.”Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти,2003.- ¬ Б.46. 3 . Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг коррупцияга қарши конвенцияси.Преамбула.// Ўзбекистон Республикаси халқаро шартномалари тўплами, 2008 й., 3-4-сон. https://lex.uz/docs/1461329. 4 Яхшиликов Ж.Я.,Муҳаммадиев Н.Э. Миллий ғоя: Ўзбекистонни ривожлантириш стратегияси. Дарслик. – Тошкент:Чўлпон НМИУ,2018 – Б.116. 510 O’zbekiston Respublikasining Qonuni. № O’RQ – 419. Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida. 2017 yil 3 yanvar.// Xalq so’zi, 2017 yil 04 yanvar. Download 29.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling