10-mavzu. Korxona faoliyatining moliyaviy natijalari. Reja


Korxonaning foydasi, uni taqsimlash


Download 91.12 Kb.
bet3/6
Sana15.03.2023
Hajmi91.12 Kb.
#1272198
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu Korxona faoliyatining moliyaviy natijalari

10.2. Korxonaning foydasi, uni taqsimlash
Sanoat va uning barcha bo‘g‘inlari ishini tavsiflovchi sifat ko‘rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foydaning asosiy vazifasi ishlab chiqarish faoliyatining natijasidan olingan iqtisodiy samarani tavsiflaydi, chunki u so‘nggi moliyaviy natijani ifodalaydi.
Foyda sanoat, tarmoq va korxonaning xamma, ishlab chiqarish, xo‘jalik faoliyati natijalarini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichdir. Balansdagi foyda yoki foydaning umumiy summasi - tovar maxsulotini sotishdan, ishlab chiqarishdan tashkari, bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan daromadlardan, korxona yordamchi xo‘jaliklarining maxsulotlarini sotishdan olingan daromadlardan tashkil topadi.
Maxsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YaF) - bu, sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan maxsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.



bu erda:
YaF – yalpi foyda;
SST – sotishdan tushgan sof tushum;
MT – maxsulotning tannarxi.
Sof foyda (SF) – bu solik to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida koladi,soliklar to‘langunga kadar olingan foydadan minus daromad soliklari va boshqa solik va to‘lovlar ayirmasi sifatida aniqlanadi.


bu erda:
SF – sof foyda;
DS – daromaddan to‘lanadigan soliq;
BS - boshqa soliq va to‘lovlar.
Foyda olishning asosiy manbalari:
"korxonani maxsulotning u yoki bu turini ishlab chiqishdagi monopoliya xolati yoki maxsulotning nodirligi xisobiga shakllanadi;
"ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq, bozor konyunkturasini bilish xamda ishlab chiqarishning rivojlanishini, doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi bozor konyunkturasiga moslashtirish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Foyda miqdori korxonaning maxsulot ishlab chiqarish bo‘yicha yo‘nalishini to‘g‘ri tanlash, maxsulotlarni sotish va xizmat ko‘rsatish uchun raqobatbardosh sharoitlarni yaratish, ishlab chiqarish xajmi, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bilan bog‘liq.
"korxonaning innovatsion faoliyatidan kelib chikib, texnologiyalarni takomillatirish, ishlab chikarilayotgan maxsulotlarni yangilash, raqobatbardoshliligini ta`minlash, sotish xajmi va foyda miqdorini oshirishni anglatadi.
Foydani taksimlash deganda uning bir qismini byudjetga jo‘natish tushuniladi.

Download 91.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling